|
Mavzu №2.
KOMPYUTERLARGA TEXNIK XIZMAT KO‘RSATISHNI TASHKIL ETISH
|
bet | 7/83 | Sana | 01.06.2024 | Hajmi | 182,05 Kb. | | #258938 |
Bog'liq Қарши давлат университетиMavzu №2.
KOMPYUTERLARGA TEXNIK XIZMAT KO‘RSATISHNI TASHKIL ETISH
Reja:
1. Texnik xizmat ko‘rsatish tushunchasi.
2. Obyektning texnik holati turlari.
3. Texnik xizmat ko‘rsatishni tashkil etish usullari.
Tayanch tushunchalar: texnik xizmat ko‘rsatish, sozlash, profilaktika, ta’mirlash, tashxis, servis.
1. Texnik xizmat ko‘rsatish tushunchasi.
Bugungi kunda texnik xizmat ko‘rsatish nafaqat kompyuterlarga balki umuman, barcha elektron hisoblash tizimlariga birdek zarur bo‘lgan amallardan biri sanaladi.
Kompyuterga texnik xizmat ko‘rsatish deganda, kompyuterning texnik qismlarini tuzatish va uning ish qobiliyatini bir meyorda saqlab turish uchun qo‘llaniladigan chora-tadbirlar majmui tushuniladi.
Kompyuterga texnik xizmat ko‘rsatishdan ko‘zda tutilgan maqsad va asosiy vazifa – bu kompyuter texnik vositalarining ishlash faoliyati jarayonidagi ishonchliligini ta’minlashdan iborat.
Kompyuterga texnik xizmat ko‘rsatish asosan quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etiladi:
1) kompyuter qurilmalarining ish qobiliyatini tiklash;
2) OS va amaliy dasturlarning ish qobiliyatini tiklash;
3) hujjatlar to‘plamini himoyali saqlashni tashkil etish va yaxlitligini ta’minlash;
4) kompyuterning periferiya qurilmalari, shuningdek, tarmoq va kommunikatsiya qurilmalarining ishga layoqatini ta’minlash.
Shunday qilib, kompyuterga texnik xizmat ko‘rsatish deganda, amaliy jihatdan quyidagi 5 ta amalni tushunamiz:
Shu bilan birga shaxsiy kompyuterlarga xizmat ko‘rsatish tushunchasi quyidagi amallar bilan ham chambarchas bog‘liq:
kompyuterni yig‘ish va tarqatish;
BIOS bilan ishlash;
OSlar, drayverlar va amaliy dasturlarni o‘rnatish hamda sozlash;
kompyuter apparat tarkibini yangilash va almashtirish;
qattiq disklarga xizmat ko‘rsatish;
OS hamda fayllarni qayta tiklash;
tarmoq administratsiyasini shakllantirish.
Ta’kidlash joizki, kompyuterlarga texnik xizmat ko‘rsatish mumkin bo‘lgan holatlar bor va mumkin bo‘lmagan holatlar ham bor.
Agar texnik xizmat ko‘rsatilgan taqdirda kompyuter u yoki bu jihatdan davlat standarti bo‘yicha o‘rnatilgan talab va me’yorlarga javob bermaydigan bo‘lsa, uni foydalanuvchiga ishlatish uchun taqdim etish noxush holatlarga sabab bo‘lishi mumkin.
|
| |