|
I ma’ruza mavzulari
|
bet | 4/83 | Sana | 01.06.2024 | Hajmi | 182,05 Kb. | | #258938 |
Bog'liq Қарши давлат университетиKo‘p blokli kompyuterlar. Bunday kompyuterlar odatda “statsionar kompyuterlar” yoki “stol kompyuterlari” deb ham ataladi va ko‘rinishi jihatidan quyidagi bloklarni o‘zida mujassamlashtiradi:
1) klaviatura;
2) sichqon manipulyatori;
3) monitor;
4) tizimli blok.
Monoblok kompyuterlar. bunday kompyuterlar xuddi bitta monitor kabi tuzilmalashtirilgan bo‘lib, uning barcha qismlari shu monitor tarkibida joylashtirilgan. Lekin unga qo‘shimcha ravishda klaviatura hamda sichqoncha yoki boshqa kerakli qurilmalarni USB-port orqali ulash mumkin.
Portativ kompyuterlar. Portativ (ko‘chma) kompyuterlar noutbuk, ultrabuk, netbuk, planshet, transformer-planshet, smartfon va boshqa ko‘rinishlarda bo‘ladi.
2. Axborotni kiritish/chiqarish qurilmalari.
Ma’lumki, kompyuterga axborotni kiritish klaviatura, sichqoncha, skaner kabi turli qurilmalar yordamida amalga oshiriladi. Ammo zamonaviy kompyuterlar uchun sensorli ekranlar axborotni chiqarish bilan bir vaqtda axborotni kiritish funksiyasini bajaruvchi muhit bo‘lib ham hisoblanadi. Shu bois ularni umumlashtirib, axborotni kiritish/chiqarish qurilmalari deb atash maqsadga muvofiq sanaladi.
Klaviatura haqida. Klaviatura bu – klavishlar to‘plami bo‘lib, bu qurilma orqali asosan matn ko‘rinishidagi ma’lumotlar hamda buyruqlar kiritiladi.
Klaviatura deganda, kompyuterga faqat matn ko‘rinishidagi ma’lumotlarni kirituvchi va buyruq tugmalarni boshqaruvchi maxsus klavishlar to‘plamidan iborat elektromexanik qurilma tushuniladi.
Klaviatura ikki xil bo‘ladi: fizik va mantiqiy (virtual). Mantiqiy klaviaturani yana “ekran klaviaturasi (Screen keyboard)” deb ham atashadi.
Klaviaturadagi klavishlar o‘zlari bajaradigan funksiyaga qarab guruhlarga ajratilgan. Masalan:
1) alifbo-raqamli klavishlar guruhi;
2) funksional klavishlar guruhi;
3) kursorni boshqaradigan klavishlar guruhi;
4) yordamchi raqamli klavishlar guruhi;
5) multimediaviy klavishlar guruhi;
6) alternativ (maxsus) klavishlar.
Har bir klavish o‘z nomi va maxsus kodiga ega bo‘lib, dasturlashda asasan shu ikki kattalik bilan bilan tavsiflanadi.
Esc (Escape) – berilgan oxirgi buyruqni bekor qilish va biror amaliy dasturdan chiqib ketish.
Tab (Tabulation) – 1) Windows muloqot oynalarida buyruq tugmadan buyruq tugmaga ko‘chishni ta’minlaydi (yo o‘ngga qarab yoki pastga qarab); 2) matn muharrirlarida hujjatga abzats qo‘yishni ta’minlaydi; 3) ro‘yxat tuzishda ichma-ich bandlarni hosil qilish uchun ishlatiladi.
CapsLk (Caps Lock) – faqat yuqori registr belgilarini yozish uchun xizmat qiladi.
Ctrl (Control) – boshqa klavishlar bilan birikib, funksional vazifalarni bajaradi.
Alt (Alternative) – 1) muayyan klavishning o‘ziga tegishli funksiyasini o‘zgartiradi; 2) [Ctrl] kabi boshqa klavishlar bilan birikib, funksional vazifalarni bajaradi; 3) kursorni menyu satriga ko‘chiradi.
WinKey – Windows bosh menyusini ekranga chaqiradi.
Probel (Space) – o‘ng tomondan bo‘sh joy ajratadi.
Context menu (Application) – belgilangan obyektning kontekst menyusini hosil qiladi.
Enter – 1) belgilangan buyruq tugmasini faollashtiradi; 2) matn muharriri hujjatlarida esa kursorni bir satr pastga tushiradi.
Bsp (Backspace) – kursordan chapda turgan simvollarni o‘chiradi.
Del (Delete) – kursordan o‘ngda turgan simvollarni o‘chiradi.
Home – kursorni satr boshiga ko‘chiradi.
End – kursorni satr oxiriga ko‘chiradi.
PgUp (Page Up) – kursorni bir sahifa yuqoriga ko‘chiradi.
PgDn (Page Down) – kursorni bir sahifa quyiga ko‘chiradi.
PrtScr (Print Screen) – ekrandagi mavjud tasvirni Windows buferiga nusxalab oladi.
ScrLk (Scroll Lock) – MS Excel da belgilab olingan sohani ekran bo‘ylab aylantirish uchun xizmat qiladi.
Ins (Insert) – bu tugma faollashtirilsa, kursordan o‘ngda turgan belgi boshqa yozilayotgan belgi bilan almashtiriladi (hatto bo‘sh joy bilan ham).
NumLock (Number Lock) – raqamli klaviaturani ishga qo‘shadi.
F1-F12 – funksional klavishlar bo‘lib, asosan BIOS boshqaruvida hamda OS boshqaruvida faoliyat ko‘rsatadi.
Fn (Function) – asosan portativ kompyuterlarda uchraydi va funksional klavishlarga alternativ vazifani bajaradi.
Klaviaturalar standart (101 klavishli), kengaytirilgan va mediali turlarga bo‘linadi. Portativ kompyuterlarning deyarli barchasiga mediali klaviatura o‘rnatilgan.
|
| |