|
I ma’ruza mavzulari
|
bet | 5/83 | Sana | 01.06.2024 | Hajmi | 182,05 Kb. | | #258938 |
Bog'liq Қарши давлат университетиSichqoncha haqida. Sichqoncha – bu kompyuterga matn va grafik ko‘rinishdagi axborotlarni kirituvchi hamda muloqot interfeysini1 qulay usulda amalga oshirishda yordam beruvchi, manipulyatorlar oilasiga tegishli bo‘lgan qo‘shimcha qurilmadir.
Sichqoncha yordamida bajariladigan harakatlar sichqoncha hodisalari deb ataladi va ular quyidagilardan iborat bo‘ladi:
1. Select – obyektni belgilab olish (ajratish);
2. Click – chap tugmasini bir marta chiqillatish;
3. Double Click – chap tugmasini qo‘shchiqillatish;
4. Right Click – o‘ng tugmani bir marta chiqillatish;
5. Drag and Drop – obyektni ilintirish va sudrash;
6. Mouse Down – chap tugmani bosib turish;
7. Mouse Up – bosib turilgan chap tugmani qo‘yib yuborish;
8. Scrolling – o‘rtadagi rolikni aylantirish.
Monitor haqida. Monitor – kompyuterdagi axborotni aks ettiruvchi qurilma bo‘lib, u kompyuterning asosiy qurilmalaridan biri sanaladi.
Monitor bir vaqtning o‘zida ham matniy, ham grafikaviy rejimda ishlay oladi. Buni amalda ham ko‘rish mumkin, ya’ni kompyuter ishga tushirilgan vaqtdan boshlab Windows OS yuklangunga qadar matnli rejimda, undan keyin esa grafik rejimga o‘tadi.
Monitorlar bir-biridan o‘lchami bilan farqlanadi va ular dyuymlarda2 o‘lchanadi (1 dyuym = 1 2,54 sm).
Misol: 15,6 15,6 2,54 39,62 sm.
Monitorlarni xarakterlaydigan kattaliklardan yana biri – bu tasvir sifatidir. Ko‘rinishi bo‘yicha to‘g‘ri to‘rtburchakli (keng formatli) va kvadratli monitorlar mavjud. Yon tomondan tasvir tunarib ko‘rinmasligi uchun kvadratli monitor xarid qilish maqsadga muvofiqdir.
Monitorlar bilan ishlashda uning ekran materiali ham inson ko‘zi uchun ahamiyatga ega, masalan, kimdir xiraroq (ing.: lustreless; rus.: матовый) tusda ishlangan ekranni ma’qul ko‘rsa, kimdir tiniq yaltiroq (ing.: glossy; rus.: глянцевый) ekranni ma’qul ko‘radi.
|
| |