Obyektning texnik holati turlari




Download 182,05 Kb.
bet8/83
Sana01.06.2024
Hajmi182,05 Kb.
#258938
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   83
Bog'liq
Қарши давлат университети

2. Obyektning texnik holati turlari.
Kompyuter va uning qurilmalari, umuman, elektron hisoblash tizimlari (keyin­gi o‘rinlarda obyekt deb yuritamiz) uchun ularning texnik holati bo‘yicha quyidagi besh xil tavsif qayd etilgan:
  • Ishga yaroqli holat.


  • Ishga yaroqsiz holat.


  • Ishlash qobiliyati mavjud bo‘lgan holat.


  • Ishlash qobiliyati mavjud bo‘lmagan holat.


  • Chegaraviy holat.


Obektning ishga yaroqliligi deganda, uning uchun ishlab chiqilgan texnik-me’yoriy talablar hamda loyihaviy hujjatlarda keltirilgan ko‘rsatkichlarga obyektning barcha parametrlari to‘liq javob berishi tushuniladi.


Obyektning ishga yaroqsizligi deganda, uning uchun ishlab chiqilgan texnik-me’yoriy talablar hamda loyihaviy hujjatlarda keltirilgan ko‘rsatkichlarning hech bo‘lmaganda bittasiga to‘liq javob bera olmaydigan holati tushuniladi.
Agar obyekt o‘ziga biriktirilgan funksiyalarni bajara olish qobiliyati bo‘yicha texnik-me’yoriy talablar hamda loyihaviy hujjatlarda keltirilgan ko‘rsatkichlarga javob bera oladigan barcha parametrlarga ega bo‘lsa, u holda bu obyekt ishlash qobiliyati mavjud bo‘lgan obyekt deb hisoblanadi.
Agar obyektning hech bo‘lmaganda bitta parametri o‘ziga biriktirilgan funksiyalarni bajara olish qobiliyati bo‘yicha texnik-me’yoriy talablar hamda loyihaviy hujjatlarda keltirilgan ko‘rsat­kichlarga javob bera olmasa, u holda bu obyekt ishlash qobiliyati mavjud bo‘lmagan obyekt deb hisoblanadi.
Ishchanlik qobiliyatini tiklash imkoni bo‘lmagan yoki tiklagan taqdirda ham kelgusida ishlatish maqsadga muvofiq bo‘lmagan obyektlar chegaraviy holatdagi obyektlar deb qaraladi.
Umuman, obyekt texnik holatining sifat jihatdan yomonlashuvi bor-yo‘g‘i quyidagi uchta tushuncha bilan talqin qilinadi:
  • Obyektning ishlamay qolishi (buzilishi).


  • Obyektning shikastlanishi.


  • Obyektda nuqson (defekt) mavjudligi.


Obyektning ishlamay qolishi (buzilishi) uning ishchanlik qobiliyatining buzilgan, ya’ni mavjud bo‘lmagan holati bilan izohlanadi (yuqorida qayd etilgan obyekt holati turi bo‘yicha 4-tavsif).


Obyektning shikastlanishi uning ishga yaroqsiz holatga kelganligini anglatadi (yuqorida qayd etilgan obyekt holati turi bo‘yicha 2-tavsif).
Obyektning nuqsonliligi uning alohida olingan bir qismi yoki butun qismi o‘r­natilgan talab va me’yorlarga mos kelmasligini anglatadi.
Shunday qilib, obyektga texnik xizmat ko‘rsatish joiz yoki joizmasligi uning yuqorida tavsif etilgan holat turlariga qarab aniqlanadi.



Download 182,05 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   83




Download 182,05 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Obyektning texnik holati turlari

Download 182,05 Kb.