• Ishlab chiqaruvchi firmalarning tashxis dasturlari
  • Umummaqsadli tashxis dasturlari
  • Keng tarqalgan tashxis dasturlari
  • Savol va topshiriqlar
  • Operatsion sistemaning tashxis dasturlari




    Download 182,05 Kb.
    bet12/83
    Sana01.06.2024
    Hajmi182,05 Kb.
    #258938
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   83
    Bog'liq
    Қарши давлат университети

    Operatsion sistemaning tashxis dasturlari
    Ko‘plab OSlar tarkibida kompyuterning turli komponentlarini tekshirishga mo‘ljallangan maxsus utilitalar mavjud bo‘lib, ular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
    1) keraksiz fayllardan diskni tozalash utilitasi;
    2) diskni xatolikka nisbatan tekshiruvchi utilita;
    3) fayllarni defragmentatsiya qilish utilitasi;
    4) ma’lumotlarni arxivlash utilitasi;
    5) fayl sistemani konvertatsiya qilish utilitasi.


    Ishlab chiqaruvchi firmalarning tashxis dasturlari
    Ma’lumki har bir firma muayyan bir qurilmani ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Aynan shu qurilma ishini avtomatik nazorat qilish va tashxis qo‘yish dasturlari ham shu firma tomonidan ishlab chiqariladi va ulardan ba’zilari tegishli qurilma bilan bir komplekt tarzida iste’molga chiqariladi.
    Xususan, IBM, Compaq, Hewlett-Packard, Del firmalari tomonidan kompyuterning barcha komponentlarini sinchiklab tekshirish uchun maxsus tashxis dasturlari ishlab chiqilgan. Masalan, kompyuterlar uchun SCSI-adapterlarini ishlab chiqaruvchi Adaptec firmasini bunga misol qilib ko‘rsatish mumkin.


    Umummaqsadli tashxis dasturlari
    Ko‘plab test dasturlarini paket rejimida ishga tushirish mumkin. Bunday dasturlar operator aralashuvisiz o‘z maqsadini amalga oshirishi bilan xarakterlanadi. Bu dasturlar barcha tipdagi tizim xotiralarini, ya’ni masalan: asosiy (base), kengaytirilgan (expanded) va qo‘shimcha (extended) xotiralarni tekshirish imkoniga ega va zarur bo‘lsa, har bir mikrosxemagacha birma-bir tekshirib, xatolik yuzaga kelgan joylarni to‘liq aniqlab berishi mumkin.


    Keng tarqalgan tashxis dasturlari
    Endi eng ko‘p foydalaniladigan tashxis dasturlaridan ba’zilarini misol tariqasida keltiramiz: SIW; BIOS Agent; CPU-Z; CheckIt; Fix-It Utilites; Process Monitor; Hard Disk Sentinel; Norton Utilities; SiSoftware Sandra; 3DMark; CrystalMark 2004.


    Savol va topshiriqlar:

    1.

    Kompyuterda yuzaga keladigan nosozlik manbalari?

    2.

    Avtomatik nazorat va tashxis tushunchalariga izoh bering.

    3.

    Tashxis dasturlari qanday guruhlarga ajratiladi?

    4.

    POST-BIOS dasturi haqida ma’lumot bering.

    5.

    OS tashxis dasturlari haqida ma’lumot bering.



    Download 182,05 Kb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   83




    Download 182,05 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Operatsion sistemaning tashxis dasturlari

    Download 182,05 Kb.