85
Qayta tiklanadigan energiya oqimining zichligi ma’lum darajada
yil mavsumi, kunlar va iqlim sharoitlariga bog‘liqligi tufayli ushbu
energetika texnologiyalaridan foydalanishda ularni kafolatlangan
energiya manbai sifatida ko‘rib chiqmaslik
lozimligini esdan
chiqarmaslik kerak. Masalan, fotoelektr stansiyalar kechasi ishlay
olmaydi, shamol qurilmalari shamol esmasa yoki uning tezligi past
bo‘lsa, elektr energiya ishlab chiqarmaydi va hokazo. Shu sababli ular,
odatda zaxira energiya manbaini talab qiladi va asosan an’anaviy
energiya manbalarini to‘ldiruvchi hisoblanadi [75].
Yuqorida qayd etilganidek, quyosh
energiyasining texnik
salohiyati O‘zbekistonda qazilma yoqilg‘ilarni yillik ishlab chiqarishdan
ancha oshadi va quyosh suv isitgichlar hamda fotoelektr tizimlaridan
foydalanish borasida resurslar bo‘yicha hech qanday cheklovlar yo‘q.
Bunday tizimlarning qiymati va aholining ko‘rsatilayotgan
xizmatlar bo‘yicha to‘lov layoqati bu boradagi eng jiddiy to‘siqlar
hisoblanadi.
Zamonaviy quyosh suv isitgich tizimlari quyidagi joylarda
qo‘llanishi mumkin:
• gaz bilan ta’minlangan tumanlarda tabiiy gazning bir qismini
tejash maqsadida. Buning sabablari: gaz bilan ishonchli ta’minlashni
oshirish (gaz yetishmasligi yoki boshqa texnik sabablarga ko‘ra gaz
ta’minotida doimiy uzilishlar bo‘lib turadigan tumanlarda), atrof-muhit
masalasi, iqtisodiy masalalarni hal etish;
• gaz bilan ta’minlanmagan olis tumanlarda xususan yog‘och
yoqilg‘isi o‘rnida ishlatish uchun. Buning sabablari:
energiya bilan
bekamu ko‘st va ishonchli ta’minlash darajasini oshirish;
• yirik markazlashtirilgan qozonxona issiqlik ta’minotida. Buning
sabablari: tabiiy gazni tejash, bug‘xona gazlari chiqindilarini
kamaytirish.
Quyosh suv isitgich tizimlaridan foydalanishning ushbu
yo‘nalishini rivojlantirish borasidagi qo‘shimcha
imkoniyatlar
Respublikada sifati jihatidan xorijda ishlab chiqarilgan ana shunday
moslamalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgani bilan bog‘liq.
Tajriba tadqiqotlari Jizzax politexnika instituti Elektroenergetika
kafedrasining uzluksiz energiya bilan ta’minlash laboratoriyasining
quyosh energiya ta’minoti manbalari asosida amalga oshirilgan bo‘lib,
energiya manbalarining umumiy quvvati 10 kVt ni tashkil etadi.
86
Signal o‘zgartirishda birlamchi toklarini signalga o‘zgartirish
jarayonini monitoringi va boshqarishning
asosiy vositasi sifatida
birlamchi signal o‘zgartirish qurilmalari qaraladi [60; 73; 74].
Energiya ta’minoti boshqaruvi qurilmalarining jarayonlarini toklari
monitoringii qurilmasining tuzilishi 4.2 rasmda keltirilgan. Qurilmada
hisoblash va infokommunikatsiya majmualari energiya ta’minoti
jarayonlarini maosfadan monitoring qilishda xar bir manba uchun
aloxida ulanish vositasi biriktirilgan. Manba xolatini nazorat qilish va
boshqarishda dasturiy majmuadan kelyotgan
buyruqlarni qayta ishlash
va kerakli enegrgiya ta’minoti manbalarini ulab uzish jarayonlarini
amalga oshiradi.