FK
)
ФИО
Фойдаланувчи
_
номи
Парол
Фойдаланувчи
Varchar(100)
Varchar(100)
Varchar(100)
ID (
PK
) INT
ID (
PK
) INT
Фойдаланувчи
_ID (FK)
INT
ходиса
_ID (FK)
INT
Сана
Вақт
Remote_ID
Varchar(100)
Time
data
Авторизация
ID (
PK
) INT
Тури
Varchar(100)
Ҳодиса
3.12-rasm.
Energiya ta’minoti monitoringi IDEF1x modeli.
IDEF1x modeli asosida energiya ta’minoti manbalari ish o‘rinlari
orasidagi mantiqiy munosabatlar va ketma ketliklar keltirib o‘tildi.
IDEF1x energiya ta’minotida xar bir mo‘dullarni to‘plam sifatida
ifodalab ko‘rsatildi. Yani eng muhim funksiyasi yuqori chap burchakda,
qo‘shimcha ravishda qoidalari kirish o‘qi har doim faoliyatning chap
chetiga keladi.
78
IV BOB. INFOKOMMUNIKATSIYA OBYEKTLARINING
ENERGIYA TA’MINOTINI MASOFADAN MONITORING
APPARAT-DASTURIY MAJMUALARI TADBIQI
4.1-§. Energiya ta’minoti qurilmalarining masofadan monitoringi
apparat va dasturiy majmualari integratsiyasi
Infokommunikatsiya obyektlari energiya ta’minoti tizimlari
monitoringida yaratilgan apparat bilan dasturiy majmua o‘zaro bir biri
bilan bog‘liq xolda xizmat ko‘rsatadi. Tarmoq infratuzilmasi, bu o‘z
navbatida bir-biri bilan birlashtirilgan kichik kichik tizimlardan iborat.
Energiya ta’minoti qurilmalari, infokommunikatsiya uskunalari, server
uskunalari, ish stansiyalari va boshqalarni o‘z ichiga oladi. Shu bilan
birga, "tizim integratsiyasi" tushunchasining mohiyati, prinsipial
jihatdan, atamaning o‘zi - tizimlarning birlanishi, yani alohida tarkibiy
qismlarning bir biri bilan uzviy bog‘liqligidir.
Yagona tizimda paydo bo‘ladigan xususiyatlarni berish uchun
ushbu tarkibiy qismlarni bir-biriga bog‘lash - tizimlarning har birida
alohida mavjud bo‘lmagan quyi tizimlardan birgalikda foydalanish
natijasida olingan qo‘shimcha afzalliklardir. Vujudga kelishning eng
oddiy misoli - bu operatsion va energiya ta’minoti monitoringida
axborot tizimlari o‘rtasidagi malumot almashinuvi tufayli energiya
ta’minoti qurilmalari xaqida qiyoslash natijasida boshqarish
jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Energiya ta’minoti monitoringida biz
ishlab chiqqan masofadan boshqarishga mo‘ljallangan dasturiy majmua
va apparat vositalarni o‘zaro integratsiya qilishda quyidagi asosiy
vazifalar yechildi[4; 125-139-b]:
tarmoqlarni tizim mamuriyati va uskunalarni texnik qo‘llab-
quvvatlash;
uskunalarga xizmat ko‘rsatish va favqulotda tamirlash;
uskuna o‘rnatish, operatsion tizimlar va dasturlarini o‘rnatish
xamda sozlash, ishga tushirish;
hisobotlarni taqdim etish bilan ishlashni nazorat qilish;
texnik va foydalanuvchilarni qo‘llab-quvvatlash, maslahat berish;
autsorser masofadan turib ishlash imkoniyati.
|