76
va malum davrda to‘plangan malumotlar
asosida qaror qabul qilish
tizimini xam joriy etishdir. Bundan tashqari foydalanuvchi uchun
qurilmalar ish xolati xaqida va energiya isrofi xaqida doimiy statistik
malumotlarni to‘plashni taminlab beradi. Modelni qurishda “aloqa”
mavjud obyektni, jarayonni yoki hodisani, abstraksiyasi sifatida keladi.
Atribut
manba turidan kelib chiqib, maxsus nom bilan belgilandi,
qiymatlar to‘plamidan mumkin bo‘lgan qiymatlar qabul qilinadi.
“Mohiyat – aloqa” modelidagi bog‘lanishlarga, ikki mohiyat o‘rtasidagi
har bir bog‘lanish turiga tegishli munosabatlar kiritildi. Loyiha haqidagi
axborot diagramma ko‘rinishida rasmiylashtirildi,
buning uchun
quyidagi belgilar kiritiladi: mohiyat turlari – to‘rtburchak bilan
tasvirlandi va ular mos mohiyatlar bilan yo‘nalishsiz qirralar bilan
bog‘lanadi. Malumotlar bazasini loyixalashda
yanada ishonchlilikni va
malumotlar aniqliligi oshirish maqsadida moxiyat aloqa diagrammasi
ishlab chiqildi (3.11-rasm).