91
qurilamalaridan kelayotgan signallarni qabul qiladi va kerakli vazifalarni
bajaradi. Yuqorida keltirilgan 4.5-rasmda qurilmalar o‘rnatilgan
xududlar va ularda mavjud bo‘lgan energiya ta’minoti qurilmalari
xaqida malumotlar keltirilan. Tizimga xududlar
kesimida axborotlar
qachonki qurilma bilan tizim o‘rtasida signal mavjud bo‘lgan
xolatdagina ko‘rinadi va shundagina masofadan berilgan buyruqlar va
boshqaruv jarayonlarini amalga oshirish imkoni mavjud bo‘ladi [3; 4; 6;
7].
4.7-rasm.
Rwcontrol.uz tizimining energiya ta’minoti monitoringi
mavjud stansiya ishlamay turgan vaqtdagi malumotlari.
Ushbu xududda yani suniy intellekt institutining energiya ta’minoti
obektidagi qayta tiklanadigan elektr
energiya ishlab chiqarishga
mo‘ljallangan energiya ta’minoti vositlari va ularning parametrlarini
asoslab ko‘rsatuvchi saxifaning ko‘rinishi keltirilgan.
Agarda texnik
xolatga ko‘ra malum muddat energiya ta’minoti boshqaruvi va
monitoringi qurilmasi signal yubora olamagan
xolatda yoki signal
uzatish vositasi mablag‘iga bog‘liq bo‘lgan xolatlarda saxifada qizil
belgi yani “qurilma ishlamayapti” ko‘rinishida yozuv payda bo‘ladi. Bu
jarayonning yana samarali
tomoni deb shuni aytish joizki, inson
faktoriga bog‘liq xolat yuzaga keladi, yani malum xududda joylashgan
stansiya masulining mobil qurilmasiga
sms xabar boradi va texnik
nosozlik xolatiga aniqlik kiritish maqsadida bartaraf etish ishlari olib
boriladi. Bundan tashqari qurilmaning to‘g‘ri
ishlayotganligi xaqidagi
kunlik malumotlarni xam uzluksiz ravishda serverga uzatib turadi. Xar
bir o‘rnatilgan energiya ta’minoti manbasi ishlab chiqarayotgan elektr
92
energiyasining quvvati va uning o‘zgarishiga qarab statistik malumotlar
vaqt kesimida qayta ishlashga va monitoring qilish uchun Rwcontrol.uz
tizimiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yuboriladi [4;61;62;63].