|
I. Yoruglikning sochilishi
|
bet | 4/20 | Sana | 04.02.2023 | Hajmi | 407.5 Kb. | | #41027 |
Bog'liq YORUGʻLIKNING SOCHILISHI sardor, navruz, MAPLE maqola Magistr, LOYIHA METODI ASOSIDA O, resources-1, Kuchaytirgich - Vikipediya Kozga korinadigan yoruglik tolqinining uzunligiga nisbatan kichik bolgan zarralarda yoruglikning sochilishini laboratoriya sharoitida birinchi bolib Tindal kuzatgan (1869 yil). Turli burchaklar hosil qilib sochilgan yoruglik dastlabki oq yoruglikdan kok bolishi bilan farq qilishini toshayotgan yoruglik yonalishiga nisbatan burchak hosil qilib sochilgan yoruglik toliq yoki deyarli toliq chiziqli qutblanishini ham Tindal payqagan. Tindal osmonning zangori bolib korinishiga Quyosh yorugligining er atmosferasida chang zarralarida sochilishi sabab bolsa kerak, deb taxmin qilgan. Kop hollarda tabiiy ravishda paydo bolgan optik bir jinslimasliklar tufayli yoruglik intensiv ravishda sochiladi. Optik bir jinslimasligi oshkor bolgan muhitlar xirа muhitlаr deyiladi. Xira muhitlar jumlasiga tutun (gazdagi qattiq zarralar) yoki tuman (havodagi suyuqlik tomchilari, masalan, suv tomchilari) kiradi. Bu hollarning hammasida xira muhit yorug‘likni birmuncha ko‘p sochib yuboradi, bu hodisa odatda Tindal hodisasi deyiladi. Zarralarining olchami tolqin uzunligiga nisbatan kichik bolgan xira muhitlarda yoruglikning sochilishini organish natijasida Tindal va undan keyingi tadqiqotchilar tajribada kashf etgan va nazariy jihatdan Reley asoslab bergan bazi umumiy qonuniyatlar topildi. Bu qonuniyatlar togrisida quyidagi tajribada tasavvur hosil qilish mumkin. Togri burchakli kyuveta tola suvga bir necha tomchi sut tomizib suv xiralashtiriladida, unga intensiv yoruglik dastasi yuboriladi. Suvda yoruglik dastasining izi aniq ko‘rinib turadi. Yon tomonidan turib A yo‘nalishda kuzatganda sochilgan yorug‘lik S manbadan kelayotgan yorug‘likka qaraganda zangoriroq bo‘ladi, qalinligi etarlicha bo‘lgan kyuveta orqali В yo‘nalishda o‘tib uzun to‘lqinli nurlarga boyigan yoruglik qizgish boladi. Sochilgan yoruglikni dastlabki dastaga nisbatan 90 burchak ostida N qutblovchi orqali kuzatganda S dan kelayotgan dastlabki yoruglik tabiiy yoruglik bolsa ham sochilgan yoruglik chiziqli qutblangan ekanligi korinadi. Turli yonalishlar boylab sochilgan yoruglikning intensivligi taqsimotini korsatuvchi grafik sochilish indikatrisasi deyiladi. Tushayotgan yoruglik tabiiy yoruglik bolganda sochilish indikatrisasi 2-rasmda korsatilgandek bolib,
|
| |