|
Fizik sath quyidagilarni o„z ichiga oladi
|
bet | 2/9 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 0,69 Mb. | | #149790 |
Bog'liq Axborot infratuzulmasini fizik hemoyasini ta’minlash. Fizik sath quyidagilarni o„z ichiga oladi:
Fizik xavfsizlik buzilishiga ta‘sir qiluvchi faktorlarni ikki guruhga ajratish mumkin:tabiiy/ muhit tahdidlari va inson tomonidan (sun‘iy) amalga oshiriluvchi tahdidlar.
Tabiiy tahdidlar:
Toshqinlar. Toshqinlar odatda kuchli yomg’ir va muzlarning erishi natijasida yuzaga keladi. Toshqinlar natijasida tashkilotning elektr quvvatiga va server xonalariga zarar etishi mumkin. Odatda tashkilotda server xonalari tashkilot binosining podvalida joylashganligi sababli, toshqin yanada ko’proq zarar etkazishi mumkin.
Yong„inlar. Yong’inlar odatda qisqa tutashuvlar va eski bino materiallari sababli yuzaga keladi. Yong’in natijasida tashkilotning kompyuter xonalari va ishchi binolariga zarar etkazilishi mumkin. Yong’in qurilmalar, kabellar va boshqa muhim tashkil etuvchilarga to’liq zarar yetkazishi mumkin.
Zilzila. Zilzila Yer qobig’ida seysmik terbanishni yaratuvchi kuchli energiya natijasida to’satdan yuzaga keladi. U tashkiloning fizik infratuzilmasiga ta‘sir qiladi. Zilzila natijasida tashkilot ichidagi xavfsiz muhitda saqlangan kompyuter qurilmalari, boshqa qurilmalar va hujjatlarga jiddiy ziyon yetadi.
Chaqmoq va momaqaldiroq. Chaqmoq va momaqaldiroq muhitning o’zgarishi natijasida yuzaga keladi. Buning natijasida barcha tashqi faoliyat to’xtatiladi. Chaqmoq va momaqaldiroq natijida elektr quvvati o’zgaradi va bu ish faoliyatiga tasir qiladi. Bu esa, o’z navbatida tashkilotdagi qurilmalarning xotira qismlariga tasir qiladi. Bundan tashqari, chaqmoq va momaqaldiroq natijasida kabellarda va boshqa ulanish tizimlarda qisqa tutashuvlar yuzaga kelishi mumkin.
Harorat va namlik. Hisoblash qurilmalari ishlashi uchun ularni ma‘lum haroratli muhitda bo’lishi talab etiladi. Kompyuter vositalari yuqori haroratga ishlashga mo’ljallanmagan. Kompyuterlarda sovutish tizimlari mavjud bo’lsada, tashqi harorat ularning ish faoliyatiga salbiy ta‘sir ko’rsatadi. Tashkilotdagi elektr va elektron jixozlar namlikni o’zgarishiga ta‘sir ko’rsatadi. Yuqori namlik o’z
navbatida karroziyaga, qisqa tutashuvlarga sababchi bo’ladi yoki magnetik va optiq saqlovchilarga jiddiy ta‘sir qiladi.
|
| |