• 2.3-rasm. Qopqon
  • 2.4-rasm. Ogohlantiruvchi belgilar
  • Fizik xavfsizlikni nazoratlash: qopqon




    Download 0,69 Mb.
    bet7/9
    Sana01.02.2024
    Hajmi0,69 Mb.
    #149790
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Axborot infratuzulmasini fizik hemoyasini ta’minlash.

    Fizik xavfsizlikni nazoratlash: qopqon


    Qopqon chegarani buzib o’tuvchini tutuvchi va fizik xavfsizlikni nazoratlash vositasi hisoblanadi. Ushbu vosita odatda xavfsiz hududni xavfsiz bo’lmagan hududdan ajratadi. Qopqon mexanik qulflashga asoslangan kichik soha bo’lib, ikkita kirish eshigi mavjud. Ikkinchi eshik ochilishidan oldin birinchi eshik yopilgan holatda bo’ladi. Shaxsni autentifikatsiyalash smart karta, PIN kod yoki biometrik usullar asosida amalga oshirilishi mumkin.

    2.3-rasm. Qopqon


    Fizik xavfsizlikni nazoratlash: xavfsizlik yorliqlari va ogohlantiruvchi signallar
    Xavfsizlik yorliqlari yuqori va past xavfsizlik sohasida axborotga bo’lgan murajaatni cheklash uchun foydalaniladi. Ushbu yorliqlar foydalanuvchilar tomonidan oson tushuniladi va ular ma‘lumotdan foydalana olishlari mumkin yoki mumkin emasligini bilishadi. Buning uchun tashkilotdagi ma‘lumotlar dastlab xavfsizlik yorliqlari bilan ta‘minlanadi.
    Odatda quyidagi turdagi xavfsizlik yorliqlari mavjud:

      • ochiq ma‘lumotlar (unclassified);

      • cheklangan ma‘lumotlar (restricted);

      • konfidensial ma‘lumotlar (confidential);

      • maxfiy ma‘lumotlar (secret);

      • o’ta maxfiy ma‘lumotlar (top secret).

    Axborotga murojaat qilishdan oldin uning yorlig’iga qarab, ruxsat bor yoki yo’qligini aniqlash va ruxsat bo’lsa undan foydalanish amalga oshiriladi.
    Ogohlantiruvchi signallar odatda tashkilotda ruxsat etilmagan harakatlarni amalga oshirni kamaytirish uchun foydalaniladi. Ushbu signallar tashkilotda katta hajmli hodimlarni cheklash uchun katta amaliy yordam beradi. Odatda ogohlantiruvchi signallar sifatida ―TAQIQLANGAN HUDUD‖ (RESTRICTED AREA), ―OGOHLANTIRISH‖ (WARNING),―XAVFLI‖ (DANGER)
    iboralardan foydalaniladi.


    2.4-rasm. Ogohlantiruvchi belgilar


    Fizik xavfsizlikni nazoratlash: video kuzatuv vositalari
    Video kuzatuv tashkilotning fizik xavfsizligini ta‘minlashda muhim komponent hisoblanadi. Ushbu tizimlar tashkilot aktivlarini bosqinchilardan, o’g’rilardan himoyalashda muhim ahamiyatga ega. Video kuzatuv moslamalari odatda tashkilotning kirish eshiklarida, zallarda va ishchi sohalarida o’rnatiladi. Ushbu vositalar tashkilotga kirishdagi va chiqishdagi harakatlarni kuzatishda yordam beradi. Hozirgi kundagi video kuzatuv vositalari nafaqat harakatlarni qayd etishda balki, bo’layotgan harakatlarni aniqlash imkonini beradi. Masalan, taqiqlangan jixoz olib kirayotgan yoki chiqayotgan holatni aniqlaydi va ogohlantirish signalini yuboradi yoki janjal bo’layotgan holatni aniqlab, zarur signalni yuboradi. Video kuzatuv vositalari sifatida odatda, quyidagi kameralar
    amalda foydalanib kelinmoqda:

    Download 0,69 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 0,69 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fizik xavfsizlikni nazoratlash: qopqon

    Download 0,69 Mb.