|
Iboralar: Fizik xavfsizlik, fxborot fizik
|
bet | 4/9 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 0,69 Mb. | | #149790 |
Bog'liq Axborot infratuzulmasini fizik hemoyasini ta’minlash.Ma‟muriy nazorat. Ushbu nazorat turi xavfsizlikni nazoratlashda inson faktorini mujassamlashtiradi. Xodimlarning barcha darajalari ma‘muriy nazoratni qurishda inobatga olinishi kerak. Ma‘muriy nazorat har bir foydalanuvchi
boshqarishi mumkin bo’lgan resurslar va axborotga asoslanadi. Ma‘muriy nazorat boshqaruv cheklanishlarini, amaliy muolajalarni, qayd yozuvini amalga oshirish muolajalari va axborot tizimi uchun mos himoya darajasini o’z ichiga oladi. U asosan insonni boshqarish uchun shaxsga qaratilgan usullarni amalga oshiradi.
Fizik nazorat. Fizik nazorat tashkilotdagi fizik tizimlarga zarar yetishini oldini olish bilan shug’ullanadi. U o’z ichiga qurilmalarni, bino yoki biror maxfiy muhitni ruxsatsiz boshqarishdan himoyalashni qamrab olgan. Bundan tashqari, fizik xavfsizlikni nazoratlash fizik tahdidlar: qurilmaning yo’qolishi yoki o’g’irlanishi, tasodiy tufayli zararlanishi va yo’q qilinishi, yong’indan himoyalash yoki tabiiy ofatlardan himoyalash bilan shug’ullanadi.
Texnik nazorat. Texnik nazorat mantiqiy nazorat kabi qaraladi. Texnik nazorat tashkilotdagi fizik avtivlarga yoki binolarga ruxsatlarni nazoratlash uchun texnologiyalardan foydalanadi. U odatda taqiqlangan hududda ruxsatlarni nazoratlash uchun kompyuter qurilmalari, dasturlar, amallar va ilovalardan foydalanadi.
Tashkilotlar o’zlari uchun bino sotib olishdan yoki ijaraga olishdan oldin fizik xavfsizligiga ta‘sir qilishi mumkin bo’lgan ko’plab omillarni e‘tiborga olishi shart. Bu omillar o’z ichiga binoning joylashuvi, qo’shni binolar, elektr va suv manbalari, kanalizatsiya tizimi, kichik va katta yo’llarga yaqinligi, transport masalasi, tez yordam ko’rsatish holati, shifoxona,ayeroportga yaqinligi,
mazkur hududda mahalliy holatda jinoyatchilar ko’rsatkichi yoki turli xavfsizlik insidentlarini mavjudligi va h.k.larni oladi. Tanangan hudud tabiiy ofatlardan, masalan, toshqinlar, tarnadolar, yer silkinishi, dovul, yong’inlar va hak.lardan xoli bo’lishi kerak. Binoning joylashuvi haqida yetarlicha axborotga ega bo’lingandan so’ng, ichki tuzilma va arxitekturaniloyihalash va
rejalashtirishamalga oshiriladi. Joylashuv arxitekturasini loyihalash va rejalashtirish vaqtida, tashkilot tomondan binodagi barcha
aktivlarning ro’yxati tayyor bo’lishi lozim.
Tashkilot infratuzilma va arxitekturani loyihalash vaqtida quyidagi joxatlarga yetibor berishi lozim:
binoga kirish eshiklarining sonini, asosiy kirish, zinalar, lift, mashina stoyankasi, o’tish yo’laklari va qabul qilish hududini o’z ichiga olgan holda, aniqlashtirish;
joylashgan hududingizga yaqin qo’shni binolarni topish va ular uchun ichki va tashqi arxitekturani tekshirish. Atrofdagi narsalar haqida qo’shimcha ma‘lumot olish uchun binolarning egasi va menedjerlari bilan suhbatlashish.
katastropik buzilishlar va tashqi tomondan aktivlarni ko’rinishi orqali zarar
etuvchi aktivlarni tahlil qilish;
agar bino boshqa tashkilotlar bilan sheriklikda foydalanilsa, ularni sizning shaxsiy ma‘lumotlaringizga va muhim aktivlaringizga ta‘siri haqida o’ylang;
fizik xavfsizlikni, maxfiy ma‘lumotni saqlash va tashkilot ishlarini samarali amalga oshirish yo’lga qo’yishni boshqarish uchun talab etilgan muhim infratuzilmani aniqlashtirish.
Fizik xavfsizlikni nazoratlash: yong’inga qarshi tizimlar
Yong’inga qarshi tizimlar fizik xavfsizlikni ta‘minlashda muhim omil hisoblanadi. Yong’in yuzaga kelganini avtomatlashgan yoki avtomatlashmagan shakllarda aniqlash mumkin.
|
| |