|
Ict stb g10-11 pre p00i-0viii nt r6 2023. indd Pdf ko'rish
|
bet | 39/510 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 14,88 Mb. | | #245028 |
Bog'liq 10-11-sinf Informatika va AT @E BAZA ISHREJAna-matritsali rint r
Lazerli va purkovchi printerlardan oldin matritsali
printerlar keng tarqalgan Tasmaga ignalar toʻplami
qoqiladi, shunda tasma oʻzidagi siyohni qogʻozga
oʻtkazadi Matritsali printerlarning asosiy afzalligi
shundaki, ular zarb sababli nusxani ikki-uchta qogʻozga
(varaqlar orasiga surma qogʻoz qoʻyish orqali) bosib
chiqarishi mumkin Ular juda mustahkam printerlar
boʻlib, uzoq vaqt xizmat qiladi
Eski kompyuterning ichki qismini koʻzdan kechirib
chiqing Asosiy platada koʻrish mumkin boʻlgan
asosiy komponentlarning har birini, unga ulangan
qurilmalarni va mavjud ulanish portlarini aniqlang
Tashqi qurilmalar
Monitor
Monitor barcha kompyuter tizimining ajralmas
qismi boʻlmasa-da, foydalanuvchiga maʼlumotlarni
koʻrish imkonini berishi sababli aksariyat kompyuter
tizimlarining muhim qismi sanaladi U grafi k
adapterdagi portlardan biri yordamida kompyuterga
ulanadi Monitor oʻlchamlari diagonalda oʻlchanadi
va ancha ilgari chiqqan eski monitorlardan tashqari,
ularning ekranlari yupqa, bu esa stoldagi ish joyi
hajmini minimallashtiradi Bunday monitorlar ancha
yengil boʻlgani uchun ularni kronshteyn yordamida
devorga, stolga yoki tokchaga oʻrnatish mumkin
Monitor tasvir oʻlchami bilan cheklangan boʻladi
Oʻlcham bu monitor koʻrsatishi mumkin boʻlgan
piksellar soni va u gorizontal hamda vertikal
ravishda oʻlchanadi Masalan, yuqori aniqlikdagi (HD)
monitor 1920 x 1080 pikselni koʻrsatishi mumkin
Baʼzi monitorlarda sensorli interfeys ham mavjud
(sensorli ekran), yaʼni foydalanuvchi ekrandagi
displeyga toʻgʻridan toʻgʻri taʼsir oʻtkazish orqali
elementlarni tanlashi mumkin Bunday interfeyslar
koʻpincha planshet kompyuterlar va mobil telefonlarga
oʻrnatiladi
laviatura
2.06-rasm. itoy tili klaviaturasi.
Klaviatura bir nechta tugmalardan iborat boʻlib,
bu tugmalar matn kiritish yoki interfeys qismlarini
boshqarish uchun ishlatiladi Uning asosiy cheklovi
ICT_STB_G10-11_c02_p023-053_NT_R6_2023.indd 27
31.10.2023 9:51:20
|
| |