• 2.3. Yoshlar tarbiyasida elektron darsliklarning o’rni.
  • Elektron darslik yaratish harajatlarini aniqlash texnologiyalari




    Download 77,7 Kb.
    bet11/13
    Sana27.06.2024
    Hajmi77,7 Kb.
    #265974
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
    Bog'liq
    ELEKTRON DARSLIKLAR VA ULARGA QO’YILADIGAN TALABLAR.

    Elektron darslik yaratish harajatlarini aniqlash texnologiyalari. Zamonaviy axborot texnologiyalarining tez surhatlar bilan rivojlanishi va hayotga kirib borishi, elektron darsliklar, ya’ni o’qituvchisiz o’qitish texnologiyasini joriy etish va ishlab chiqish bilan bog’liq bo’lgan faoliyat sohasini rivojlantirmoqda. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning qabul qilinishi ta’limni halqaro darajaga olib chiqish, uni jahon andozalariga mos qilib, tubdan isloh qilish eng ustivor vazifalardan biri ekanligini belgilab berdi.
    Elektron darslik yaratish vositalarini quyidagicha tasniflash mumkin:
     dasturlash algoritmik tillari;
     ommaviy qo’llanishga mo’ljallangan instrumental vositalar
    multimedia vositalari;
     gipermatn va gipermedia vositalari;
    Dasturlash algoritmik tillarida tuzilgan elektron darsliklarning xususiyatlari:
    - interfeysning xilma xilligi (rang palitrasi, interfeys, ED strukturasi,
    materialning taqdim etilishi va h.k.);
    - yangilash va nazorat qilib borishning murakkabligi;
    - ko’p vaqt va mehnat sarfi;
    - mashina imkoniyatlariga mos ED yaratish imkonyati.
    Ommaviy qo’llanishga mo’ljallangan instrumental vositalar malakali dasturchi bo’lmagan foydalanuvchilar uchun ED yaratishga xizmat qiladi. Bunday vositalar yordamida EDlarni loyihalash quyidagi imkoniyatlarni beradi:
    2.3. Yoshlar tarbiyasida elektron darsliklarning o’rni.
    Hozirgi kunda elektron qurilmalar o’quvchilarning kundalik hayotiga jadal suratlar bilan kirib bormoqda. Mobil telefon, noutbuk, internetdan foydalanish oddiy xolga aylandi.Mutaxassislarning fikricha insonning eshitish a’zolariga nisbatan ko’rish a’zolari yordamida besh marotaba ko’p ma’lumotlarni eslab qolish mumkin. Sababi eshitish a’zolariga qaraganda ko’rish a’zolaridan olinayotgan ma’lumotlar qayta kodlashtirilmay to’g’ridan to’g’ri inson xotirasiga o’tadi va saqlanadi.
    Elektron darslikning sifati o’qituvchining shaxsiy bilim saviyasi, ushbu fan uchun mualliflik uslubi, pedagogik, psixologik va metodik yondoshuviga bog’liq. Elektron darsliklar bilim oluvchilarning tasavvurini kengaytirishga, dastlabki bilimlarini rivojlantirishga va chuqurlashtirishga, qo’shimcha ma’lumotlar bilan ta’minlashga mo’ljallangan bo’lib, bilim oluvchilarga mustaqil va erkin fikrlash, olingan bilimlarini bosqichma — bosqich boyitish, mukamallashtirib borish, mustaqil ta’lim olish, yangi bilimlarni o’quv adabiyotlardan izlab topish ko’nikmalarini hosil qilishni ta’minlaydi.
    Hozirgi kunga kelib yuqorida ko’tarilgan muammolarning ko’pgina qismi o’z echimini topmoqda. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 10 avgustdagi 242-sonli “O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining malakaasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to’g’risida” gi va 2012 yil 26 sentyabrdagi, “Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida“gi 278-sonli qarorlariga asosan oliy va o’rta maxsus ta’lim tizimidagi pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bugungi kunda tizimli ravishda yo’lga qo’yilgan bo’lib, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar barkamol avlod tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

    Download 77,7 Kb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Download 77,7 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elektron darslik yaratish harajatlarini aniqlash texnologiyalari

    Download 77,7 Kb.