• II BOB.NOMODDIY MADANIY MEROSNI TIKLASH VA RIVOJLANTIRISH
  • XULOSA…………………………………………………………………...27 ADABIYOTLAR…………………………………………………………..30 Internet saytlar………………………………………………..…31 KIRISH
  • Mavzuning dolzarbligi
  • Ii bob. Nomoddiy madaniy merosni tiklash va rivojlantirish




    Download 47.02 Kb.
    bet1/8
    Sana05.04.2023
    Hajmi47.02 Kb.
    #49023
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    2 5244686785367251465
    elektronnye tablitsy, Турсунова Махсудахон Жумаевна, CEFR WRITING TASK 1 - LETTERS @FunEnglishwithme 87816, Hujjat (5), statistika, Pardayev-M-S, oshx222, 8-sonli Institut kengashi tarqatma material (1), Глагол, prokovyev 1, Barakaeva Dilnoza, Masadbek dastulash, 1697819062, 2326


    Mundarija
    KIRISH………………………………………………………..……………..1

    • I BOB. NOMODDIY MADANIY MEROSNING KLASSIFIKATSIYASI

      1. Badiiy madaniy meros tasnifi…………………………..………………..5

    1.2 O‘zbek xalq og’zaki va yozma manbalari……………………………….9
    Bob bo’yicha xulosa………………………………………………………..14
    II BOB.NOMODDIY MADANIY MEROSNI TIKLASH VA RIVOJLANTIRISH
    2.1 An’ana urf-odat va marosimlar meros sifatida ………………………...16
    2.2 O’zbek milliy mentalitetiga xos an’anaviy madaniyati………………...20
    Bob bo’yicha xulosa…………………………………………………….….25
    XULOSA…………………………………………………………………...27
    ADABIYOTLAR…………………………………………………………..30
    Internet saytlar………………………………………………..…31

    KIRISH
    Mavzuning dolzarbligi. Eng qadimiy elatlardan biri sanalgan o’zbek xalqining ananalari qadimiy zaruriyat asosida paydo bo’lgan va zamon chig’iriqlaridan o’tgan asosiy madaniy qadriyat sifatida ravnaq topgan. Biroq ajdoddan avlodga o’tib kelayotgan xalq qadriyatlari sho’rolar davrida jiddiy to’siqlarga uchragan bo’lsa ham mamlakatimiz istiqlolga ershgandan so’ng, ularga ehtiyoj kuchayib qayta tiklandi.
    O‘zbekistonning o‘tmishi uzoq tarixga borib taqaladi. Bu davr ichida xalqning ham moddiy, ham ma'naviy madaniyati jahon sivilizatsiyasining nodir namunalariga aylanmoqda. Xususan, o‘zbek xalqining nomoddiy madaniy merosi asrlar osha ajdodlar tomonidan ziynatlanib,xalqning bahosiz mulki bo‘lish bilan bir qatorda demokratik rivojlanishlarni yanada kengaytirish va fuqorolik jamiyatini yuksaltirishning muhim obyekti sifatida belgilandi. Chunki, nomoddiy madaniy meros insonni tarbiyalaydi, ulug’laydi. Tabiat va hayot chiroyini tasvirlaydi. Unga mehr - muhabbat munosabatini ko’paytiradi.Shu bilan birga nomoddiy madaniy meros muhim aqliy jarayonni ato etadi . «Biz har qanday qobiliyatda yozilgan asarni», - deb yozadi Gyote - Ona xayotimizdagi faktlarni o’rganishga ko’maklashganligi uchun qadrlaymiz va ulug'laymiz".[8.48]
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. Mirziyoyev o‘zining bir qator asarlarida milliy ma'naviyatni har tomonlama rivojlantirish masalasini hal qilishda asosiy ish sifatida ma'naviyatni shakllantirishga ta’sir ko‘rsatadigan barcha omil va faktorlarni chuqur tahlil qilish, ulaming bu muhitdagi o‘rni va rolini yaxshi anglab yetish lozimligini alohida salmoqlab aytgan.Shu bilan bir qatorda har qanday xalq yoki elatni unga tegishli bo‘lgan ma'naviyat, tarix, o‘ziga xos urf-odat va an'analar, hayotiy qadriyatlardan ayri holda tasavvur etib bo‘lmasligi qayd etildi. Bu borada, aniqki,ma'naviy meros, madaniy boyliklar, ulug' tarixiy inshootlar eng muhim faktorlar bo‘lib rol o'ynaydi.

    Mustaqillik va Navro‘z tantanalarining yurtimizda davlat miqyosida
    keng nishonlanishi, ushbu bayramlarga atalgan asosiy tantanalarning
    toshkentda xorijlik mehmonlar, diplomatik shartnoma vakillari hamrohligida o‘tkazilishi, shu bilan birga, bu tadbirlarning telekanallar orqali dunyoning o‘nlab mamlakatlariga eksport qilinishi milliy nomoddiy madaniy merosimizni xalqaro miqyosda targ‘ib etishning muhim belgisidir.
    O’zbek xalqi umumjahon madaniyati taraqqiyotiga o’zining anchagina ulushini qo’shgan va ayni damda umumbashariy madaniyatdan quvvat olib rivojlangandir.Albatta buning tagida o‘zbek millatining nomoddiy madaniy merosi va uning nodir namunalari turgan.
    Qadimiy o‘tmishimizda ham ajdodlarimiz nomoddiy madaniy merosimizga o'zgacha zavq bilan qarashgan. Ijtimoiy rivojlanishning talab va ehtiyojlari sababli paydo bo'ladigan voqealar voqelikka aylanadi. Bu yangi narsa eskidan olinib, mukammalroq bo’ladi. Oqibat natijada, xalq ijodiyotining ajoyib namunalari har bir davrda rivojlanib yangilanib boradi. Xalq ijodi ayni vaqtda bu jarayon insoniyatning badiiy tajribasidagi an analarni o’zlashtirish bilan ham bog’liqdir.
    Ijtimoiy-madaniy faoliyat ta'lim yo‘nalishida talabalarga o‘qitilayotgan nomoddiy madaniy meros kursini o‘qitishdan maqsad shuki talabalaming o‘zbek xalqi nomoddiy madaniy merosidan foydalanish, uni tanqidiy o’zlashtirish, ayni vaqtda uni yanada rivojlantirish va boyitishdan iboratdir. Bu maqsadda erishishda mazkur ma'ruza matni dasturilamal bo‘lib xizmat qiladi.
    Nomoddiy madaniy meros tushinchasi - tarixiy, ilmiy, badiiy yoki o’zgacha madaniy qimmatga ega bo’lgan urf-odatlar, xalq ijodiyoti (so’z, raqs, musiqa, tomosha san’ati), o’ziga xoslikni ifodalash shaklllari, bilimlar va ko’nikmalami, shuningdek, ular bilan bog’liq jihozlar, predmetlar, artafektlar va madaniy makonlami aks ettiradi.
    Nomoddiy madaniy meros fanining maqsadi yoshlarning ongida o’zbek xalqining asrlar mobaynida sayqal topib o’zgacha ahamiyat kasb etib qadriyat darajasiga yetgan urf-odatlari, xalq ijodiyoti hamda ular bilan bog’liq bilim va ko’nikmalami shakllantirishdan iborat.


    Download 47.02 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 47.02 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ii bob. Nomoddiy madaniy merosni tiklash va rivojlantirish

    Download 47.02 Kb.