30
«Richmedia» kompaniyasi tayyorlangan taqdimotdan flash-rolik shakllantirish
imkoniyatini beradigan dasturni taklif etmoqda. Mahsulot iSpring deb nomlanadi va
iSpring Free, iSpring PRO va iSpring Presenter kabi variantlarga ega. Mustaqil
ekspertlarning fikriga ko’ra, bugungi kunda mazkur mahsulot tezligi, konversiyalash
sifati va opsiyalar soniga ko’ra Flashdagi, PowerPoint
formatidagi konverterlar
orasida eng yaxshilaridan biri hisoblanadi. iSpring PRO va iSpring Presenter
o’rtasidagi farq shundaki, ularning ikkinchisi nafaqat
flash-taqdimotlarni yaratishga,
balki ta’lim jarayonida qo’llanilishi mumkin bo’lgan roliklar tayyorlashda, xususan,
ularga turli shakldagi so’rovlarni kiritgan holda o’zaro interaktiv bog’lanish
imkoniyatini ham beradi.
Pro versiyasi bilan solishtirganda Presenter versiyasida quyidagi imkoniyatlar
mavjud:
Taqdimot kontentini muhofaza qilish: parol yordamida ko’ra olish, taqdimotga
«himoya belgi»si qo’yish, taqdimotning faqat ruxsat
etilgan domenlardagina
«aylantirilishi» (mazkur funksiyalar Publish dialogining Protection versiyasida
mavjud);
Video qo’shish va uni animatsiyalar bilan sinxronlashtirish;
So’roq (nazorat)lar natijalarini elektron pochtaga yoki masofaviy o’qitish
tizimiga uzatib berish imkoniyatini beradigan interaktiv matnlar yaratish uchun
vosita o’rnatilgan (iSpring instrumentlar panelidagi Quiz tugmachasi);
masofaviy o’qitish tizimida foydalanish uchun SCORM/AICC-mos keluvchi
kurslarini yaratish;
taqdimotning dastur darajasida aylantirish uchun ActionScript API.
Xulosa
qilib aytganda, ta’lim jarayonida, zamonaviy axborot texnologiyalaridan
samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida mualliflik dasturiy ta’minotlari keng
qo’llanilmoqda. O’tilayotgan fanlar bo’yicha Oliy ta’lim
muassasalarida shunday
dasturlardan foydalanib, multimediali ma’ruzalar kiritilishi bilan talabalarning
o’zlashtirish ko’rsatkichlari oshirilishiga erishish mumkin.