Ii-bob. O’rgatuvchi trenajer dasturiy ilova yaratishda foydalaniladigan manbalarini shakllantirish




Download 5,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/28
Sana23.09.2024
Hajmi5,42 Mb.
#272027
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   28
Bog'liq
MS Visio

Lectora. 
Lectora dasturi Ogayo shtatida joylashgan Trivantis Corporation 
kompaniyasida 1999-yilda Timoti D. Loudermilk tomonidan yaratilgan. Hozirgi 
vaqtga kelib, dasturdan 64dan ortiq davlatlarda foydalanib kelinmoqda. Lectora 


28 
dasturi masofali ta’lim jarayonida elektron o’quv kontenti yaratish uchun va elektron 
o’quv majmualarini yaratish imkoniyatini beruvchi dastur hisoblanadi. 
Dastur asosan: 

masofali ta’lim kurslarini yaratishda; 

taqdimot fayllarini yaratishda; 

nazorat testlarini yaratishda; 

ppt formatidagi fayllarini boshqa ta’lim formatlariga (SCORM yoki AICC) 
o’tkazishda; 

intellektual o’qitish kurslarini yaratishda keng foydalaniladi. 
Lectora dasturida yaratilgan kurslarni elektron ta’lim standartlari bo’lgan 
SCORM va AICCda nashr etish mumkin. Shuningdek, Lectora dasturi hozirda 
mavjud bo’lgan LMS tizimlar talablari bilan mos keladi. 
Lectora dasturida yaratilgan o’quv kurslarini bir tugmani bosish orqali ularni 
dinamik veb-sayt ko’rinishida, HTML, CD disklarda ishlaydigan, bitta faylga 
yig’ilgan .exe ko’rinishda, SCORM va AICC standartlarida hech qanday dasturlash 
tillarini bilmay turib ham o’tkazish mumkin. 
Shuningdek, Lectora dasturi orqali nazorat ishlarining elektron ko’rinishini 
tashkillashtirish mumkin, xususan, 7 xil (yolg’on/rost, bitta to’g’ri javobli, bir necha 
to’g’ri javobli, moslikni topish, esse, qisqa javob kiritishli, hot point) shaklidagi 
elektron testlar, so’rovnomalarni yaratish mumkin. Elektron nazorat yakunida 
Lectora dasturi elektron pochta orqali va tashqi CGI skript, XML, SCORM, AICC 
standartlariga asosan natijalarni olish/yuborish mumkin. 
Lectora dasturi dasturchilar uchun yaratilmagan bo’lsada, oxirgi versiyalarida 
dasturlash tilidan xabardor bo’lgan foydalanuvchilar uchun kengaytirilgan ilovalari 
bilan boyitildi. Bu esa o’z navbatida, dasturlash tilidan xabardor bo’lgan 
foydalanuvchilar uchun katta imkoniyatdir. 
Lectora — universal muhit bo’lib, imkoniyatlari keng, ko’rgazmali grafika 
amaliy dasturlari sirasiga kiradi va matn, rasm, chizma, grafiklar, animatsiya 
effektlari, ovoz, videorolik, Java, Flash va boshqalardan tashkil topgan slaydlarni 
yaratish imkonini beradi (2.2.4-rasm). Lectora — bu Internet tizimida, masofaviy 
ta’lim tizimlarida, kompakt disk yoki boshqa har qanday saqlash qurilmalarida 


29 
ishlatish uchun mo’ljallangan interaktiv ta’lim materiallari (elektron darsliklar) 
tayyorlash uchun mo’ljallangan kuchli va ishlatish oson bo’lgan dasturiy vositadir. 
Hozirda jahondagi oltmishdan ortiq davlatlarda elektron ta’lim yo’nalishida Lectora 
dasturidan keng foydalanilib kelinmoqda. 
2.2.4-rasm. Lectora dasturi interfeysi.

Download 5,42 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   28




Download 5,42 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ii-bob. O’rgatuvchi trenajer dasturiy ilova yaratishda foydalaniladigan manbalarini shakllantirish

Download 5,42 Mb.
Pdf ko'rish