22
avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan dasturiy vosita hisoblanadi. Ular ta’lim
jarayoni samaradorligini oshirishning istiqbolli shakllaridan biri hisoblanib,
zamonaviy texnologiyalarning o’qitish vositasi sifatida qo’llaniladi.
Mualliflik
dasturiy ta’minotlar yordamida o’rgatuvchi trenajer dasturiy ilova yaratish juda
qulay. Elektron darsliklar, kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda eng
muhim tushuncha va qonuniyatlarni tushunish hamda yodda saqlashni maksimal
darajada yengillashtiradi. Quyida mualliflik dasturiy ta’minotlarining imkoniyatlari
haqida fikr yuritiladi.
Articulate Storyline.
Articulate Storyline kurslar yaratish uchun mo’ljallangan
eng mashhur dasturlardan biri bo’lib, u moslashuvchan, foydalanishda qulay va turli
maqsadli kurslar yaratish uchun ishlab chiqilgan. Articulate Storyline — uch utilitli
(Presenter,
Quizmaker, Engage) paket, o’rgatuvchi kurslarni, taqdimotlar, testlar va
kontentning boshqa shakllarini iPadda ko’rish va masofali ta’lim tizimlariga integ-
rallanishi mumkin bo’lgan Flash va HTML5 formatlarda yaratish imkoniyatini
beradi. Dastur murakkab interfaol ssenariylarni amalga oshirish uchun deyarli
cheksiz imkoniyatlarni taklif etadi. Endi o’quv kursining
murakkab interfaol
ssenariysini yaratish uchun dastur tuzishni yoki Flashni qo’llashni bilish shart
emas — Storyline buning uchun barcha vositalarni taklif etadi. Ushbu dasturning
xususiyati oson o’zlashtirilishida, shuningdek, yaratilayotgan loyihalarning yorqin
vizual uslubida: Articulate mahsulotlarida ishlangan roliklar boshqa e-learning
muharrirlaridan ko’ra yanada zamonaviyroq va dinamikroq ko’rinadi. Dastur
Microsoft Office 2007 ga o’xshash
interfeysga ega, ishlab chiquvchilar
foydalanuvchilar o’rganishlari oson bo’lishi maqsadida tashqi ko’rinishini
PowerPointga maksimal o’xshashligini ta’minlaganlar. Yuqorida buyruqlar
to’plamidan iborat klassik Ribbon-panel joylashgan.
Barcha turdagi multimediyali kontentlar: video, flash, ovoz, veb-ob’ektlarni
qo’yishni qo’llab-quvvatlaydi. Barcha ko’p tarqalgan video (flv, avi, wmv, mov,
mpeg, dv, 3g) va ovoz (mp3, wma, wav, m4a, aac, aiff, ogg) formatlari importlanadi,
bundan tashqari, Internetdagi rolikning HTML-kodini yoki veb-kameradan video-
yozish, ovozni esa mikrofondan yozib qo’yish mumkin. SWF — roliklari ham
muammosiz qabul qilinadi, bu esa boshqa multimediya
muharrirlarining loyihalari
23
bilan integratsiyalash bo’yicha cheksiz imkoniyatlarni ochadi. Veb-sahifalar
slaydlarda freymlar ko’rinishida aks etadi. Ulardan foydalanish mumkin va bu ham
roliklarni loyihalash imkoniyatlarini kengaytiradi (2.2.1-rasm).
2.2.1-rasm. Articulate Storyline dastur oynasi
Articulate Storyline asosiy xususiyatlari:
Foydalanuvchining intuitiv interfeysi. Oddiy interfeys foydalanuvchini
qo’shimcha o’qishini talab etmasdan kurslarni noldan boshlab yoki shablonlar
asosida yaratish imkonini beradi. Interfeysning mantiq va ko’rinishi Microsoft
PowerPoint bilan o’xshash.
Slaydlar shablonlari. No’ldan boshlab yoki shablonlar yordamida slaydlar
yaratish. Shablonlar o’lchovlari sozlovlari oddiy. Kurslarning qo’shimcha
shablonlarini va slaydlarini E-Learning Heroes saytidan yuklab olish
imkoniyati.
Personajlar. 47500 tagacha
chizilgan va fotopersonajlarni, yuz ifodalarni va
turish holatlarni slaydlarga qo’shish.
Interfaollik. Muayyan harakatlarni qachon ishga tushurishni aniqlash uchun
triggerlarni qo’llash. Slayddagi komponentlar o’rtasida bir necha o’zaro
ta’sirlar yaratish uchun slaydlar qatlamlari bilan ishlash.
Slaydlarda generatsiya, tahrirlash va ob’ektlarning o’zaro ta’sirini nazorat
qilish.
Holatlar va o’zgaruvchilar. Ishtirokchi harakatlariga javob berish uchun
ob’ektlarni sozlash imkoniyati. Misol uchun,
bosilganda tugmacha rangini
24
almashtirishi mumkin, personajlar — noto’g’ri harakatda yuz ifodasini
o’zgartirishlari va hokazo. Agar tinglovchi noto’g’ri javob bersa, unga
qo’shimcha savollardan yoki yanada soddaroq vazifalardan iborat slaydlar
ochilishi mumkin.
20 dan ortiq turli xil tipdagi savollar. Bundan tashqari, ixtiyoriy shakllar
slayddagi ixtiyoriy ob’ekt yordamida savollar yaratish imkoniyatini beradi.
Drag-and-dropni qo’llab-quvvatlaydi. Olib o’tish bilan slaydga ob’ektlar
qo’shish.
Ekran holatlarini yozib olish. Yozuv elektron kurs bilan qanday ishlashni
namoyish etadi.
Simulyasiya DT. Storyline ekranini bir marotaba yozib olingandan so’ng
avtomatik
ravishda, yozuvni bir necha qadamma-qadam yo’riqnomalarga
segmentlaydi. Yozuv osongina tahrirlanadi — hatolik bo’lganda, uni qayta
yaratish shart emas. Natijada tinglovchilar vazifalarning bajarilishini,
shuningdek, ularning test muhitidan o’tishini ko’rib chiqishlari mumkin.
HTML5 va Flash texnologiyalarining, shuningdek, mobil qurilmalarini qo’llab-
quvvatlashi. Kurslarni iPad, shaxsiy kompyuterlar, noutbuklar, Android, iPad
va hokazolarga moslashgan qurilmalar uchun turli formatlarda nashr etish.
Section 508, tilni o’ngdan chapga yozish, SCORM va AICC (hisobotlarda)
standartlarini qo’llab-quvvatlash.
Kurs (avtomatik tarzda generatsiyalanadigan) daraxtini ko’rish imkoniyati.
Namoyishlarni yaratish
vosita yetarlicha qulayligi, slayd tartibi bo’yicha
o’ynash va video roliklarni yaratish imkoniyati bilan.
Chiroyli personajlarni tanlash imkoniyati (ularni sozlash mexanizmi qulay).
Yetarlicha qulay va tushunarli interfeysi, barcha asosiy masalalar ish
maydonining o’zida yechiladi.
Qo’shimcha sozlovlarsiz foydalanish mumkin bo’lgan ko’pgina elementlar
dizaynining sifatli shablonlarning kiritilganligi.
Savollarning yagona bankini yaratish imkoniyati.