12
O’rgatuvchi trenajer dasturiy ilova yordamida shaxsga yo’naltirilgan ta’limni
amalga oshirish jarayoni zamonaviy, ko’p tarmoqli, predmetga yo’naltirilgan
o’rgatuvchi trenajer dasturiy ilovalarni ishlab chiqishni va foydalanishni
talab
etadi. Ular tarkibiga keng ma’lumotlar bazasi, ta’lim yo’nalishi bo’yicha
bilimlar bazasi, sun’iy intellekt tizimlari, ekspert-o’rgatuvchi tizimlar,
o’rganilayotgan jarayon va hodisalarning matematik modelini yaratish
imkoniyati bo’lgan laboratoriya amaliyotlari kiradi. Ta’lim oluvchilarning
individual xususiyatlarini hisobga olish va ularning manfaatdorligini
(motivasiyasini) oshirishga ko’maklashish imkoniyatlariga ko’ra,
shuningdek,
har xil turdagi o’rgatuvchi trenajer dasturiy ilova axborotlarining
uyg’unlashuvi, interfaollik, moslashuvchanlik sifatlariga ko’ra trenajer foydali va
mahsuldor ta’lim texnologiyasi hisoblanadi. Interfaollikning ta’minlanishi
axborotlarni taqdim etishning boshqa vositalari bilan taqqoslaganda raqamli
multimedianing muhim yutuqlaridan hisoblanadi.
Interfaollik ta’lim oluvchining extiyojlariga mos ravishda tegishli axborotlarni
taqdim etishni nazarda tutadi. Interfaollik ma’lum bir darajada axborotlarni
taqdim etishni boshqarish imkonini beradi: ta’lim oluvchilar dasturda
belgilangan sozlovlarni individual tarzda o’zgartirishi, natijalarini o’rganishi,
foydalanuvchining muayyan xohishi haqidagi dastur so’roviga javob berishi,
materiallarni taqdim etish tezligini hamda takrorlashlar sonini belgilashi
mumkin.
Lekin o’rgatuvchi trenajer dasturiy ilovalardan
foydalanishda bir qator
jihatlarni e’tiborga olish muhim. o’rgatuvchi trenajer dasturiy ilovalarda taqdim
etilayotgan o’quv materiallari tushunish uchun qulay bo’lishi, zamonaviy axborotlar
va qulay vositalar orqali taqdim etilishi talab qilinadi. O’rgatuvchi trenajer
dasturiy ilovalarining barcha imkoniyatlarini to’liq ochib berish va ulardan
samarali foydalanish uchun ta’lim oluvchilarga salohiyatli (kompetentli)
o’qituvchining ko’magi zarur bo’ladi. Darsliklardan foydalanilgandagi singari,
multimedia vositalarini qo’llashda ham ta’lim strategiyasi ta’lim jarayonida
o’qituvchi nafaqat axborotlarni taqdim etish, balki ta’lim oluvchilarga ko’maklashish,
qo’llab-quvvatlash va jarayonni boshqarib borish bilan shug’ullangandagina
13
mazmunan boyitilishi mumkin. Odatda, chiroyli tasvirlar yoki animasiyalar bilan
boyitilgan taqdimotlar oddiy ko’rinishdagi matnlarga qaraganda ancha jozibali
chiqadi va ular taqdim etilayotgan materiallarni to’ldirgan
holda zaruriy
emotsional darajani ta’minlab turishi mumkin.
O’rgatuvchi trenajer dasturiy ilovalar har xil ta’lim yo’nalishlari (stillari)
uyg’unligida qo’llanilishi va ta’lim olish hamda bilimlarni qabul qilishning turli
ruhiy va yoshga doir hususiyatlariga ega bo’lgan shaxslar tomonidan
foydalanilishi mumkin: ayrim ta’lim oluvchilar bevosita o’qish orqali,
ba’zilari esa eshitib idrok etish, boshqalari esa (videofilmlarni) ko’rish orqali ta’lim
olishni va bilimlarni o’zlashtirishni xush ko’radilar. Interfaol o’rgatuvchi trenajer
dasturiy ilovalari akademik ehtiyojga ega bo’lgan ta’lim oluvchiga noan’anaviy
qulaylik tug’diradi. Xususan, eshitish sezgisida defekti bor ta’lim oluvchilarda
fonologik malakalar va o’qish malakalari o’sishiga, shuningdek, ularning
axborotlarni vizual o’zlashtirishlarini ta’minlaydi.
Nutqi va jismoniy imkoniyati cheklanganlarda esa vositalardan ularning
individual ehtiyojlaridan kelib chiqib foydalanishga imkon beradi. O’rgatuvchi
trenajer dasturiy ilovalari ta’lim berishning samarali va istiqbolli quroli
(instrumentlari) bo’lib, u o’qituvchiga an’anaviy ma’lumotlar manbaidan ko’ra keng
ko’lamdagi ma’lumotlar massivini taqdim etish; ko’rgazmali va uyg’unlashgan holda
nafaqat matn,
grafiklar, sxemalar, balki ovoz, animasiyalar, video va boshqalardan
foydalanish; axborot turlarini ta’lim oluvchilarning qabul qilish (idrok etish) darajasi
va mantiqiy o’rganishiga mos ravishda ketma-ketlikda tanlab olish imkoniyatini
yaratadi.
O’rgatuvchi trenajer dasturiy ilovalarini ta’limda qo’llashning asosiy
muammolari va kamchiliklari. Ta’limda o’rgatuvchi trenajer dasturiy ilovalardan
foydalanishning umumiy bo’lgan birmuncha salbiy taraflari ham mavjud. Ular
jumlasiga diqqatning bo’linishi, materiallarni yaratishdagi murakkabliklar,
vaqtning ko’proq
talab etilishi, dasturiy ta’minot va texnika vositalarini
sozlash va foydalanishda vujudga keladigan muammolar, axborotlarni kompyuter
ekranidan o’qish jarayonidagi qiyinchiliklar va boshqa jihatlar kiradi.