16
Ko’pgina o’qituvchilar o’rgatuvchi trenajer dasturiy ilovalardan foydalanish
orqali ta’lim jarayonini jadallashtirishni maqsad qilishadi:
diqqat markazida bo’lish;
motivatsiyani oshirish;
ta’lim mazmunining informatsion salohiyatini oshirish;
talabalarning ta’lim-tarbiyaviy faoliyatini jadallashtirish;
o’quv mashg’ulotining tezlashtirish.
O’rgatuvchi trenajer dasturiy ilova qachon samarali bo’ladi?
Interaktiv aloqa mavjud bo’lsa;
Kerakli ma’lumotlarni tezda qidirish mumkin bo’lsa;
Modellari va namunalari mavjud bo’lsa( namoyish qiladi, izohlaydi);
Nazorat (trening, o’z-o’rini tekshirish, test) mavjud bo’lsa.
O’rgatuvchi trenajer dasturiy ilovalaridan oddiy foydalanuvchilar quyidagi
maqsadlarda foydalanadilar:
O’qitish dasturlarida – bunda o’qitish jarayonida
turli rasmli animatsiyalar,
elektron darslik, elektron kitob va elektron o’quv qo’llanmalar bo’lishi mumkin.
Entsiklopediyalar – bu biror–bir atamani yoki ilovani tushuntirishda turli
multimedia ilovalarini qo’llash.
Ma’lumotnomalar – berilayotgan ma’lumotni turli shaklda keltirish va tushinishni
osonlashtirish.
Grafik paketlar – turli grafik ilovalar ustida ishlash imkoniyatini beruvchi
dasturlar.
Musiqa tahrirlovchilar – musiqa fayllari ustida turli amallar bajarish.
Biznes
sohasida,
masalan,
firmalar
uy-joy
sotuvida
multimedia
texnologiyalaridan keng foydalanadilar. Bu yo’nalishda sotiladigan uylarning
kataloglari
yaratiladi, haridor ekranda uyni xar hil tomonlaridan ko’rishi, undagi
hamma xonalari bo’ylab interfaol sayr qilishi, reja va chizmalari bilan tanishishi
mumkin.
O’rgatuvchi trenajer dasturiy ilovalaridan turli kasb ustalari quyidagi maqsadlarda
foydalanadilar:
17
Kompyuter grafikasi vositalari – bunda turli dasturlar
va texnik tahminotlar
orqali ishlash.
Animatsiyalar – Adobe Flash va 3D Max dasturlari yordamida turli
animatsiyalar yaratish.
Videofilmlarni ishlab chiqish — hozirda multimedia texnologiyalari
televideniya va kinostudiyalarda filmlarni yaratish jarayonida keng ko’lamda
qo’llanilmoqda.
Kino industriyasida o’rganuvchilar uchun trenajer dasturiy zaruriy ish vositaga
aylanmoqda. U turli xil videoeffektlarni yarata olishi va tasvirlarni o’zgartirish hamda
qo’shish, oldindan tayyorlangan tovush lavhalarini kadrga joylashtirish va tasvirni
tovush bilan sinxronlashtirish ishlarini o’rgatuvchi trenajer dasturiy ilova yordamida
qisqa vaqt ichida o’rganish imkonini bermoqda.
O’rgatuvchi trenajer dasturiy ilovalarni tibbiyotda qo’llashning keng
imkoniyatlari mavjud va u dolzarbdir. Avvalam bor bu ma`lumotlar
va bilimlar
omboriga asoslangan tibbiyot ekspert tizimlarini yaratish, jarroxlik ishlarini olib
borish davrida video va audio qurilmalar orqali yoritish usullarini ishlab chiqish,
mutaxassislarni zamonaviy jarroxlik va davolash usullariga o’qitib
malakasini
oshirishda qo’llash. O’rgatuvchi trenajer dasturiy ilovalarш tibbiyot o’rta ta’lim
talabalarini o’quv jarayonilarida (rangli tasvirda va animatsiya holatida qon
aylanish tizimi, mushak va nafas olish tizimlari) qo’llash katta samara berishi
mumkin.