18
1.4.
O’rgatuvchi trenajer dasturiy ilovalar haqida tushuncha, turlari va
ularning vazifalari
O’rgatuvchi
trenajerlari -
operatorlarni o’qitishga mo’ljallangan o’quv
laboratoriya jihozlari hisoblanadi. O’rgatuvchi trenajer dasturiy ilovalari quyidagi
turlarga bo’linadi:
Manipulyatsion trenajerlar
-
barcha tashqi ta’sirlar va nazorat omillariga javob
tariqasida fizik holatlardagi koordinatsiya va aktivatsiyalar;
Diagnostik trenajerlar - qurilmalardagi kamchiliklarni aniqlash ko’nikmasi;
Monitoring trenajeri - barcha ko’rilayotgan texnologik jarayonlardagi o’zgarish
va
reaksiyalar;
Rivojlanish tartibiga ko’ra trenajerlar tabiiy, yarimtabiiy va modelli bo’ladi.
Tabiiy trenajerlar
-
real ob’ektlar asosida bajariladi. Manipulyatsion turdagi
tabiiy trenajerlarga misol tariqasida haydovchilarni avtomobil haydashga o’rgatishni
keltirish mumkin. Bunday trenajerlar hech qanday kompyuter modellarining o’rnini
bosolmaydi.
Yarimtabiiy trenajerlar
- operator va kompyuter modellari bilan bevosita
aloqada bo’lgan real uskunalarning kombinatsiyalarini ifodalashga mo’ljallangan.
Manipulyatsion turdagi yarimtabiiy trenajerlarga misol qilib uchuvchilarni tayyorlash
trenajerlarini olish mumkin. Real samolyot kabinasi,
boshqarish qurilmalari
kompyuter modellari orqali ifodalanib, kompyuter ekranida mahalliy xaritalarni aks
ettirib uchuvchilarni o’qitishga tayyorlaydi.
Modelli trenajerlar - umumiy holatda kompyuter modellarini rivojlanishidir.
Monitoring trenajeri tarkibiga kiruvchi modelli trenajerlarga dispecher personallarini
o’qitish misol bo’ladi.
Ma’lumki, inson ko’rganlarini 20%, ham ko’rib ham eshitganlarini 40% va
ko’rib, eshitib, bajarganlarini 70% eslab qoladi. Bu esa o’z
navbatida bilimlarini
doimy oshirib borishda uzluksiz mashq qilib turishlarini taqozo etadi. Texnologik
jarayonlarni avtomatlashtirish tizimlarida kompyuter tizimlarida boshqarishni joriy
qilish keng tus olgan. Kompyuter trenajerlari orqali nafaqat yangi o’lchov
asboblari
19
bilan tanishish, balki, ularni kompyuterli boshqarish tizimlarida amaliy qo’llashlarni
o’rgatadi.
Aniqlanishicha, neft kimyo va neftni qayta ishlash jarayonlarida ko’p avariya
va operator xatoliklari kuzatilar ekan. Shunday operator xatoliklari sababli 1.1
mln.dollar zarar yetkazilishi mumkin bo’lar ekan.
Shu sababdan ham ishlab chiqarishdagi operator,
texnolog va yana bir qator
ishchilar ish boshlashdan avval turli o’quv treninglari va kompyuter trenajer
imtihonlaridan o’tishga majburdirlar. Shundan so’nggina ishlash jarayonida
xatoliklarsiz ish rejimini olib borishadi. Bunday trenajerlardan
foydalanish ishlash
jarayonidagi amaliy salohiyatini oshiradi va ishlab chiqarishga yetuk malakali
mutaxassislarni tayyorlaydi. Shu sababli ham bunday trenajerlardan ishlab chiqarish
jarayonlarini avtomatlashtirishda foydalanish taklif etiladi.
Hozirgi kunda o’quv trenajrlari ta’lim tizimiga keng jabhalarda kirib kelmoqda.
Bu esa o’quvchilarni mustaqil ta’lim olishida katta yordam bermoqda.
O’rgatuvchi trenajerining ishlash tartibi quyidagicha:
1.Namoyish qilish (boshqarishdagi o’rnatishlar haqida nazriy bilimlar olish);
2.O’rganish (alohida jarayonlarni boshqarishdagi bilimlar);
3.Imtihon (o’z-o’zini tekshirishlarda imtihon turlarini tanlash).
Namoyishli jarayonda trenajer o’quv-ma’lumot tizimlari kabi ishlaydi:
ma’lumotli materiallarni ko’rsatish;
qurilmalardagi modellashtirish ishlarini ko’rsatish;
qurilma va interfeys bilan interaktiv ishlashni o’rganish.
O’rgatuvchi trenajerining vazifasi:
Mustaqil ta’limni shakllantirish;
Noan’anaviy ta’limni hosil qilish;
Ta’limning izchilligi va samaradorligini oshirish;
Foydalanuvchilarda malaka va ko’nikmalarni hosil qilish;
Vaqt taqsimotining muammo bo’lmasligini ta’minlash;
Darslarni interfaol va qiziqarli tarzda tashkil etish;
Kamxarjlikni tashkil qilish;
Foydalanilayotgan ma’lumotlarni izchilligini ta’minlash;