8
trenajerlar kabilari izchil nazariy hamda amaliy tadbirlar bajarilishini taqozo
etmoqda.
Bugungi jamiyat taraqqiyoti jahon andozasiga mos
yetuk va yuqori darajada
fikrlaydigan yosh kadrlar tayyorlashni taqozo etadi. Bu esa, o’qitishni ham mazmun,
ham uslub jihatdan yuqori pog’onaga ko’tarilishini talab etadi. Shu munosabat bilan
ta’lim sifatini yaxshilash, jumladan kompyuter texnologiyalarini ta’lim tizimida
foydalanishga
oid yangi turdagi dasturlar, darsliklar va o’rgatuvchi trenajer dasturiy
ilovalarining yangi avlodini yaratish, kompyuter texnologiyalaridan
foydalangan
holda dars mashg’ulotlarini tashkillashtirish zaruriyati tug’iladi.
Ma’lumki, ta’lim muassasalarida fanlarni o’qitishda ko’pgina muammolarga
duch kelinadi. Bu muammolar qatoriga dars mashg’ulotlarini o’tkazish uchun kerak
bo’ladigan texnik jihozlar va dasturiy mahsulotlarning,
kompyuter, videoproektor,
interaktiv doska, virtual laboratoriya stendlari, o’rgatuvchi
trenajer ilovalari va
hokazolarning yetarli emasligi, ularning qimmat narxda ekanligi va boshqa sabablarni
o’z ichiga oladi.
Bitiruv malakaviy ish ob`ekti:
MS Visio dasturi bilan ishlashni o’rgatuvchi
trenajer dasturiy ilovani ta’lim tizimida, ya’ni o’qituvchilar, talabalar, o’quvchilar va
mustaqil o’rganuvchilar foydalanishlarini ko’zda tutdim.
Ushbu trenajerdan foydalanuvchi talaba,
tadqiqotchi, doktorant va boshqa
soha egalari bo’lishi mumkin. Ular nafaqat visio dasturi va uni kutubxonasi haqidagi
bilimga ega bo’ladilar, balki talab etilgan loyihalash sohasi haqidagi bilimlarni ham
o’zlashtirib
mukammal, barkamol, zamon talabidagi mutaxasis bo’lishlariga asos
bo’ladi.