7
bo’yicha zamonaviy mutaxassis vaqt sayin oshib borayotgan axborot oqimida
bemalol yo’l topa olishi uchun u kompyuterlar, telekommunikatsiya va boshqa aloqa
vositalari yordamida
tegishli axborot ola bilishi, qayta ishlashi hamda ulardan
foydalana olishi kerak. Axborot texnologiyalari
hozirgi kunda insonlar ish
faoliyatining samaradorligi va ish unumini oshiruvchi vosita sifatida qaralmoqda.
Davlatmizda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida
boshqaruv tizimini
yanada takomillashtirish, elektron davlat xizmatlari va
telekommunikatsiya
xizmalari
spektrini
kengaytirish,
telekommunikatsiya
infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi 1-Prezidenti I.A.
Karimovning
―O’zbekiston
Respublikasi
Axborot
texnologiyalari
va
kommunikatsiyalarini
rivojlantirish
vazirligining
faoliyatini
tashkil
etish
to’g’risida‖gi qarori 2015 yil 4
fevralda, ―Axborot tizimlari sohasini qayta tashkil
etish va boshqarishni takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to’g’risida‖gi farmoni va
―O’zbekistonlik dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilarni rag’batlantirishni
yanada
kuchaytirish chora-tadbirlari to’g’risida‖gi qarori ham qabul qilindi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ―Axborot
texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to’g’risida‖ gi farmoni va ―Hududlarda
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalrini joriy etish va rivojlantirishni tubdan takomillashtirish to’g’risida‖ gi
qarori 2018 yil 20 fevralda qabul qilindi. Bu farmon va qarorlarga muvofiq
mamalakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini
davlat boshqaruvi,
iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va kundalik hayotga izchil joriy etish bo’yicha
keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. 2018 yilda televideniya qamrov 88 foizdan
100 foizgacha yetkazildi. Mobil aloqadan foydalanuvchilar soni 7 foizga oshib, 22,8
millionga yetdi. 2017 yilda axborot texnologiyalari sohasida 7,7 trillion so’mlik yoki
2016 yilga nisbatan 26 foizga ko’p xizmat ko’rsatildi.