32
qismida Home, Insert, Design, Animations, View, Help buyruqlar guruhi panellari
mavjud (2.3.1-rasm).
2.3.1-rasm. Articulate Storyline dasturi FILE menyusi.
Uning otida sahnalar aro o’tishga yordam beruvchi bo’limlar qatori joylashgan
(2.3.2-rasm).
2.3.2-rasm. Articulate Storyline dasturi loyihalarni ko’rish oynasi.
Asosiy maydonni navbatdagi slayd egallaydi.
Uning pastida timeline vaqt
buyicha shkala, chapdan slaydlar lentasi, o’ngdan-ikkita qo’shimcha panellar:
trigerlar va sathlar joylashadi (2.3.3-rasm). Loyihaning tuzilishini ko’rish uchun va
usta (master) yordamida slaydni tayyorlash uchun ishchi sohani o’chirib yoqishning
bir necha variantlari bor. Slayd oynasida markazni ko’rsatuvchi jazzbarni, setka va
chiziqlarni qotirib qo’yish mumkin bularning barchasi slaydda ob’ektlarni
tuzib
berishga yordam beradi.
2.3.3-rasm.
Articulate Storyline dasturi interfeysi.
33
Articulate Storylineda kursni loyihalashtirish slaydlarga asoslangan. Bu
komponentada dastur boshqa tahrirlvchilardan farq qilmaydi. Kursning boshqa
tuzilishda ham tasavvur etish qiyin. Hamma narsa ancha oson tayyorlangan material,
(matn, rasmlar, ovoz, video) slaydlarda joylashadi, ularning o’zaro ta’siri va
hronologiyasi triggerlar yordamida amalga oshiriladi. Lekin, slaydlarning
realizatsiyasi bo’yicha, Articulate,
dasturining, alohida tomoni bor. Eng avval
Articulate Storylineda «sahna» kabi jarayon mavjud. Sahna- bu slaydlarning
to’plami, yani bitta kursning mantiqiy shohiga nisbatan slaydlar to’plamidir. Bu
sahna unda biror bobning nomi bo’lib, qandaydir kitobning mundarijasiga o’xshash.
Kursni bitta saha bo’yicha yoki bir necha sahnalarga bo’lib, amalga oshirish mumkin.
Sahnalar
o’rtasida
o’tish
esa
foydalanuvchining
aniq
amallariga
programmalashtirilishi mumkin. Story View bo’limi sahnalar bo’yicha loyiha
sxemasini akslantiradi, bu
yerdan ixtiyoriy sahnani ochib, unda sahnaning alohida
bo’limda ishlash mumkin (2.3.4-rasm).
2.3.4-rasm.
Articulate Storyline dasturida loyiha ierarxiyasi.