|
Yo‘l qurilishda shartnoma munosobatlari va tender savdolari
|
bet | 13/19 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 83,93 Kb. | | #153096 |
Bog'liq Barotali asli docxYo‘l qurilishda shartnoma munosobatlari va tender savdolari.
Tanlov savdolari o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror buyurtmachi tomonidan faqat tanlov savdolari predmeti tegishli hujjatlar (kredit shartnomasi, bank ma’lumotnomasi, qurilishlarning aniq ro‘yxati, davlat boshqaruv organi qarori va boshqalar) bilan tasdiqlangan moliyaviy resurslar bilan ta’minlangan taqdirda qabul qilinadi.
Quyidagi tushunchalardan foydalanilgan:
boshlang‘ich narx - buyurtmachi tomonidan yoki uning buyurtmasi bo‘yicha jalb etilgan tashkilot tomonidan aniqlanadigan tanlov savdolari predmetining hisoblab chiqilgan qiymati;
baholovchi guruh - ofertani baholash uchun tanlov komissiyasi tomonidan tashkil etiladigan vaqtinchalik organ;
baholovchi komissiya - erkin savdoda xaridni amalga oshirishda buyurtmachi tomonidan tashkil etiladigan doimiy yoki vaqtinchalik organ;
baholash mezonlari - talabgorlarni tanlash hamda ofertani baholash va savdolar g‘olibini aniqlash uchun foydalaniladigan ko‘rsatkichlar;
buyurtmachi - investor yoki tovarlar, ishlar va xizmatlar xaridini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda investor tomonidan belgilangan yuridik shaxs;
talabgorning malakasini oldindan aniqlash - tanlov savdolarida qatnashishga qo‘yish uchun talabgorlarni tanlash;
investor - tovarlar, ishlar va xizmatlar xaridiga o‘z mablag‘larini yoki qarz olingan mablag‘larni (budjetdan moliyalashtirishda - nazarda tutilgan mablag‘larni) qo‘yuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
kapital qurilish - yangi qurilish, korxonalarni kengaytirish, rekonstruksiya qilish, zamonaviylashtirish va texnika bilan qayta jihozlash, ob’ektlar va asosiy vositalarni mukammal ta’mirlash, shu jumladan loyiha-qidiruv ishlarini bajarish;
tanlov savdolarida ishtirok etishga buyurtmanomalarni ta’minlash - oferent tomonidan buyurtmachining talabiga ko‘ra ular bo‘yicha dastlabki majburiyatni bank beradigan bank kafolati, topshiriq, zaxira akkreditivlar, cheklar shaklidagi tanlov savdolari shartlarida nazarda tutilgan istalgan majburiyatning, yoxud ta’minlashning boshqa turlarida ta’minlanishi;
talabgor - ofertasi savdo tashkilotchisi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgunga qadar taklif etilgan shartlarda tanlov savdolarida qatnashish niyatini bildirgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
|
| |