|
tanlov buyurtmanomasi aksepti
|
bet | 14/19 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 83,93 Kb. | | #153096 |
Bog'liq Barotali asli docxtanlov buyurtmanomasi aksepti - uning yutgan ofertasi e’tirof etilgan holda oferentga yuboriladigan va shartnoma tuzishga taklif hisoblanadigan buyurtmachining yozma bildirishnomasi;
tanlov komissiyasi - Nizomning 12-bandida sanab o‘tilgan funksiyalarni bajarish uchun buyurtmachi tomonidan tashkil etiladigan doimiy yoki vaqtinchalik organ;
tanlov savdolari - tanlov hujjatlarida nazarda tutilgan mezonlar va shartlarga muvofiq tovarning maqbul yetkazib beruvchisini, ishlarni bajaruvchini va xizmatlar ko‘rsatuvchini tanlash usuli;
tanlov savdolari predmeti - tovarlar, ishlar va xizmatlar;
tanlov savdolari tashkilotchisi - buyurtmachi yoki tanlov savdolarini tashkil etish va o‘tkazish uchun buyurtmachi tomonidan jalb etiladigan yuridik shaxs;
tanlov hujjatlari - tanlov savdolarining texnik, moliyaviy, tijorat, tashkiliy tavsiflari va boshqa tavsiflari to‘g‘risidagi hamda tanlov savdolarini tashkil etish va o‘tkazish shartlari, tartib-qoidalari to‘g‘risidagi dastlabki axborot mavjud bo‘lgan hujjatlar turkumi;
tovar - xom ashyo, buyum, konstruksiya, asbob-uskunalarga butlovchi buyumlar, qattiq, suyuq yoki gazsimon holatdagi predmetlar, energiyaning barcha turlari, shuningdek yetkazib beriladigan tovarga qo‘shimcha ravishda ko‘rsatiladigan xizmatlar, agar ularning qiymati tovar qiymatining o‘zidan ortiq bo‘lmasa;
oferent - malaka tanlovidan o‘tgan va ofertasi tanlov savdolari tashkilotchisi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan talabgor;
oferta - tanlov hujjatlarida belgilangan shartlarga muvofiq taqdim etilgan tanlov savdolari predmetiga nisbatan talabgorning taklifi;
shartnomaviy joriy narx - tanlov savdolari natijalari bo‘yicha belgilanadigan tanlov savdolari predmeti narxi;
shartnoma bajarilishini ta’minlash - buyurtmachining talabiga ko‘ra tanlov savdolari g‘olibi tomonidan ular bo‘yicha birlamchi majburiyatni bank o‘z zimmasiga oladigan bank kafolati, topshiriq, zaxira akkredetivlar, cheklar shaklidagi, naqd mablag‘lardagi depozitlar, yoxud boshqa shakllardagi depozitlar shaklidagi shartnomadagi mavjud majburiyatlar bajarilishining ta’minlanishi;
Qurilish-pudrat tashkilotlari reestri - qurilish-pudrat tashkilotlarining ixtisoslashuvga, tashkiliy tuzilmaga va bajariladigan qurilish-montaj ishlari xususiyatiga muvofiq doimiy ishlaydigan qurilish-ishlab chiqarish xodimlari bilan butlanganligi, ularda ishlab chiqarish fondlari (o‘z ishlab chiqarish bazasi, qurilish texnikasi, mashinalar va mexanizmlar, shuningdek kichik mexanizasiya vositalari) mavjudligi hisobga olingan holda ular to‘g‘risidagi har yili yangilanadigan yagona elektron ma’lumotlar bazasi. (O‘zR VM 30.04.2014 y. 108-son Qaroriga muvofiq kiritilgan xatboshi)
|
| |