TANLOV SAVDOLARI SHAKLLARI




Download 83,93 Kb.
bet17/19
Sana08.02.2024
Hajmi83,93 Kb.
#153096
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Barotali asli docx

TANLOV SAVDOLARI SHAKLLARI
Tanlov savdolari quyidagilarga bo‘linadi:
ochiq tanlov savdolari - oferentlar soni cheklanmaydi;
yopiq tanlov savdolari - oferentlar soni cheklanadi.
Yopiq tanlov savdolari o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi.
Ochiq yoki yopiq tanlov savdolari talabgorning malakasi oldindan aniqlangan holda yoki aniqlanmasdan, yoxud ikki bosqichli bo‘lishi mumkin.
Talabgorning malakasini oldindan aniqlash tanlov savdolarining birinchi turi, tanlov savdolarining g‘olibini aniqlash - uning ikkinchi turi hisoblanadi.
Talabgorning malakasi oldindan aniqlanadigan ochiq yoki yopiq tanlov savdolari o‘tkazishda talabgorlarning umumiy ro‘yxati tuziladi, talabgorning malakasi oldindan aniqlanadi va malakasi oldindan aniqlangan talabgorlar o‘rtasida tanlov savdolari o‘tkaziladi.
Ikki bosqichli tanlov savdolari:
buyurtmachi tanlov savdolari predmetining aniq tavsifini va o‘ziga xosligini shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘lmagan;
shartnomada ishlarni ularning rentabelligini ta’minlash uchun yetarli bo‘lgan yoki tadqiq etish yoki ishlab chiqishga sarflangan xarajatlar qoplanishini ta’minlaydigan hajmlarda bajarish nazarda tutilgan hollardan tashqari, buyurtmachi ilmiy tadqiqotlar, eksperimentlar o‘tkazishga, qidiruvlar yoki ishlanmalar yuzasidan shartnoma tuzish niyatida bo‘lgan hollarda o‘tkaziladi.Ikki bosqichli tanlov savdolari quyidagi tartibda o‘tkaziladi:
birinchi bosqichda konseptual qaror va texnik, tijorat jihatidan aniqlanishi va tuzatilishi kerak bo‘lgan, tanlov hujjatlarida ko‘rsatilgan shartlar asosida ishlab chiqilgan oferta bahosi ko‘rsatilmagan holda taqdim etiladi. Tanlov savdolari predmeti parametrlari bo‘yicha oferent bilan muzoqaralar olib borilishiga yo‘l qo‘yiladi. Ofertalarning umumiy sonidan tanlov savdolarining ikkinchi bosqichida qatnashishga yo‘l qo‘yiladigan ofertalar tanlab olinadi;
ikkinchi bosqichda tanlov savdolari predmetining aniqlashtirilgan parametrlari hisobga olingan, bahosi majburiy tartibda ko‘rsatilgan holda ofertalari tanlov savdolarining ikkinchi bosqichiga o‘tgan qatnashchilarning takliflari va buyurtmanomalari berilgan holda tanlov hujjatlariga tuzatish kiritiladi.
Yopiq tanlov savdolari ishlar va xizmatlar yuqori darajada murakkabligi (yoki tor ixtisoslashuvi) bilan farqlanadigan va faqat pudratchilar (etkazib beruvchilar)ning cheklangan soni bilangina bajarilishi mumkin bo‘lgan hollarda tashkil etiladi.
Yopiq tanlov savdolarini o‘tkazishda tanlov savdolari tashkilotchisi pudratchilar (etkazib beruvchilar) umumiy sonidan oldindan yetarlicha malaka ma’lumotlariga ega bo‘lganlarni, biroq ularning kamida uchtasini tanlaydi va ularga tanlov savdolarida qatnashishga taklifnoma yuboradi.
Agar yopiq savdolarda qatnashishga rozilik bildirgan pudratchilar (etkazib beruvchilar) soni uchtadan kam bo‘lsa, u holda tanlov shartlari aniqlashtirilgan va/yoki unga tuzatishlar kiritilgan holda takroriy tanlov savdolari e’lon qilinadi. (O‘zR VM 01.04.2011 y. 100-son Qarori tahriridagi band) (Oldingi tahririga qarang)
Yopiq tanlov savdolarini tashkil etishda matbuotda e’lon berilmaydi, tanlov savdolari taklif etilgan talabgorlar o‘rtasida o‘tkaziladi.
Tanlov savdolari predmeti xaridining umumiy qiymati 50 ming AQSH dollariga teng summani tashkil etgan hollarda ular: (O‘zR VM 28.11.2008 y. 261-son Qarori tahriridagi xatboshi)
xarid qilinadigan tovar, ishlar va xizmatlarning tavsifi, miqdori, bajarish muddatlari va tovarni yetkazib berish punkti ko‘rsatilgan holdagi takliflarni talabgorlarga yuborish;
etkazib beruvchi yoki pudratchi tomonidan e’lon qilingan baho va tavsiflarni taqqoslash yo‘li bilan erkin savdoda amalga oshirilishi mumkin.
Ro‘yxati Davlat xaridlari bo‘yicha Hukumat komissiyasi tomonidan belgilanadigan markazlashtirilgan manbalar hisobiga moliyalashtiriladigan 500 mln so‘mgacha qiymatda bo‘lgan ob’ektlarni qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha ishlarni bajarish uchun pudrat tashkilotlarini tanlash faqat kichik biznes sub’ektlari o‘rtasida amalga oshiriladi. (O‘zR VM 01.04.2011 y. 100-son Qaroriga muvofiq kiritilgan band)
Erkin savdoda xarid qilishda takliflarning yetkazib beruvchi yoki pudratchi tomonidan aloqa kanallari orqali yozma shaklda taqdim etilishiga yo‘l qo‘yiladi.
Erkin savdoda xarid qilishda yetkazib beruvchi yoki pudratchini tanlash baholash komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Baholash komissiyasi buyurtmachi tomonidan kamida besh nafar vakolatli mutaxassisdan iborat tarkibda tayinlanadi. Baholash komissiyasining qarori protokol bilan rasmiylashtiriladi.
Quyidagi hollarda:
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori mavjud bo‘lganda;
xarid qilinadigan tovar (ish, xizmatlar) yagona yetkazib beruvchi (pudratchi) tomonidan ishlab chiqarilsa (realizasiya qilinsa);
import tovar Tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va savdo vazirligi bilan kelishgan holda xarid qilinganda shartnomaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuzilishiga yo‘l qo‘yiladi. (O‘zR VM 08.09.2005 y. 206-son Qarori tahriridagi xatboshi)
Agar tanlov savdolari predmetining boshlang‘ich qiymatiga nisbatan tanlov savdolarini tashkil etish va o‘tkazish xarajatlari iqtisodiy jihatdan foydali bo‘lmasa, bunday ishlar va ko‘rsatiladigan xizmatlar mustaqil lotlarga bo‘lingan holda bitta tanlov savdolariga birlashtiriladi, bunda g‘olib, qoidaga ko‘ra, har bir lot bo‘yicha aniqlanadi.
Buyurtmachining asoslangan qaroriga muvofiq tanlov savdolari predmetini lotlarga bo‘lgan holda tanlov savdolari o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yiladi (qurilish va montaj ishlari, asbob-uskunalarni xarid qilish va montaj qilish, yuklarni transportda tashish va hokazo). Bunda g‘olib, qoidaga ko‘ra, har bir lot bo‘yicha aniqlanadi, bosh pudratchi tashkilot funksiyasini buyurtmachi bajaradi va loyihada nazarda tutilgan ishlar va xizmatlarning butun kompleksi bajarilishi uchun javob beradi. Investor va/yoki buyurtmachi tovarlarni xarid qilishda tanlov savdolari predmeti bo‘linishi uchun javob beradi. Tanlov savdolarini keyinchalik tanlov savdolari predmeti uchun nazarda tutilmagan turlar bo‘yicha o‘tkazish imkonini beruvchi uning qiymatini pasaytirish maqsadida tanlov savdolari predmetini ongli ravishda bo‘lishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Download 83,93 Kb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Download 83,93 Kb.