|
TALABGORGA QO‘YILADIGAN MALAKA TALABLARI
|
bet | 18/19 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 83,93 Kb. | | #153096 |
Bog'liq Barotali asli docxTALABGORGA QO‘YILADIGAN MALAKA TALABLARI
Tanlov savdolarida qatnashish uchun talabgorga quyidagi malaka talablari qo‘yiladi:
tanlov savdolari predmeti qiymatining kamida 20 foizi miqdoridagi aylanma mablag‘larning yoki ko‘rsatib o‘tilgan mablag‘larni berishga bank kafolatnomasi, ishlar (xizmatlar)ni bajarish uchun zarur bo‘lgan mehnat resurslari va mutaxassislarning mavjudligi; (O‘zR VM 28.11.2008 y. 261-son Qarori tahriridagi xatboshi)
shartnomalar tuzish yuzasidan fuqarolik-muomala huquqiy layoqat va vakolatlar;
ustav sarmoyasining miqdori;
tanlov ob’ektiga o‘xshash ob’ektlarda ishlash tajribasining mavjudligi;
o‘z kuchlari bilan ilgari bajarilgan ish hajmlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
tanlov ob’ektida o‘z kuchlari bilan bajariladigan ishlarning mo‘ljallanayotgan hajmi (foizlarda).
Tanlov savdolarida qatnishish talabgoriga buyurtmachi tomonidan belgilanadigan boshqa talablar ham qo‘yilishi mumkin. Agar tanlov savdolari predmeti hisoblanadigan ishlar (xizmatlar)ni bajarish bilan bog‘liq faoliyat qonun hujjatlariga muvofiq lisenziyalanishi kerak bo‘lsa belgilangan tartibda berilgan tegishli lisenziyaga ega bo‘lgan talabgorlar tanlov savdolarida qatnashishga qo‘yiladi. Tanlov komissiyasi talabgor (oferent)dan uning malaka ma’lumotlariga muvofiqligini tasdiqlovchi dalillarni hujjatli shaklda taqdim etishni talab qilishga haqlidir. Talabgorlarga tanlov savdolarida qatnashishga malaka talablari tanlov hujjatlari tarkibida ko‘rsatib o‘tiladi. Malaka talablariga muvofiq talabgorlar tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotlarni baholash tanlov hujjatlarida belgilangan tartibda tanlov komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Tanlov komissiyasi:
talabgorlarning o‘z intellektual mulkini yoki tijorat sirini muhofaza qilish huquqini buzishga;
talabgorlar (oferentlar)ning tanlov hujjatlarida nazarda tutilmagan malaka ma’lumotlariga nisbatan mezonlar va talablarni belgilashga haqli emas.
Quyidagilarning:
ta’sis hujjatlari, moliyaviy qatnashish, xolding shaklida va boshqa shakllarda ifodalangan bir-biri bilan bevosita tashkiliy-huquqiy yoki moliyaviy bog‘liq bo‘lgan qurilish tashkilotlarining;
markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar hisobiga moliyalashtiriladigan ob’ektlarda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun Qurilish-pudrat tashkilotlari reestriga kiritilmagan qurilish tashkilotlarining tanlov savdolarida qatnashishi taqiqlanadi.
Buyurtmachining tor ixtisoslashgan pudratchi tashkilotlari ochiq tanlov savdolarida umumiy asoslarda qatnashadilar, yopiq tanlov savdolarida esa tanlov savdolari tashkilotchisi kamida ikkita chet qatnashchini taklif qilishi shart.
Malaka ma’lumotlari to‘g‘risida noto‘g‘ri axborot aniqlangan taqdirda tanlov komissiyasi qarori bilan talabgor (oferent) bundan keyin tanlov savdolari tartibotida qatnashishdan chetlatiladi.
Xulosa:
Men yo’l xo’jaligi iqtisodiyoti fanidan kurs ishimda “Yo’l xo’jaligida kreditning o’rni va ahamyati” mavzusida kurs ishimni bajardim va bunda shu
mavzu bo’yicha tushunchaga ega bo’ldim.
Shuningdek, men kurs ishimning davomi sifatida quyidagi smeta xarajatlarini
hisoblab chiqdim va quyidagi natijalarni o’rgandim.
• Umumiy jami xarajat
1.Ishchi kuchlari, 8 756 916 so’m
2.Qurilish mashinalari va mexanizmlari umumiy harajati.58 333 966 so’m
3.Qurilish materiallari, buyumlari va ehtiyot qismlari . 601 947 958 so’m
4. Qurilish materiallari, buyumlari va ehtiyot qismlarini tashish harajatlari 174 962 525 so’m
Umumiy jami xarajat. 844 001 365 so’m
• Lokal smeta hisobi.
Jami smeta qiymati 1 126 204 293 so’m
|
| |