|
TANLOV SAVDOLARI QATNASHCHILARI
|
bet | 15/19 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 83,93 Kb. | | #153096 |
Bog'liq Barotali asli docxTANLOV SAVDOLARI QATNASHCHILARI
Investor, buyurtmachi, tanlov savdolari tashkilotchisi, tanlov komissiyasi va oferentlar tanlov savdolarining asosiy qatnashchilari hisoblanadi.
Buyurtmachi quyidagi huquqlarga ega:
talabgorning malakasini oldindan aniqlash yoki buningsiz tanlov savdolari o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
rasmiy farmoyish beruvchi hujjat chiqargan holda tanlov savdolarini o‘tkazish shakli, turi va sanasini belgilash;
tanlov savdolari tashkilotchisi funksiyasini amalga oshirish (ushbu funksiyalarni jalb etiladigan tashkilotga berishi mumkin);
mustaqil ravishda yoki ixtisoslashtirilgan tashkilotni jalb etgan holda tanlov savdolari predmetining boshlang‘ich qiymatini belgilash.
Buyurtmachi quyidagi funksiyalarni bajaradi:
tanlov komissiyasi tarkibini va ish tartibini shakllantiradi va tasdiqlaydi, uning ishida qatnashadi;
miqdori tanlov hujjatlarida qayd etiladigan aniq tanlov shartlariga bog‘liq bo‘ladigan tanlov savdolarida qatnashishga buyurtmanomalarni ta’minlash shaklini belgilaydi;
tanlov savdolarining tashkilotchisi bo‘ladi (ushbu funksiyalarni jalb etiladigan ixtisoslashgan tashkilotga berishi mumkin);
tanlov hujjatlari tarkibini belgilaydi;
talabgorning malakasini oldindan aniqlash va tanlov savdolariga qo‘yiladigan asosiy talablarni, tanlov savdolari predmetiga qo‘yiladigan va tanlov hujjatlari tarkibiga kiritiladigan maxsus va texnik talablarni belgilaydi;
belgilangan tartibda ekspertizaning o‘tkazilishi va tanlov hujjatlari tasdiqlanishini ta’minlaydi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi bilan kelishgan holda tanlov savdolari natijalari to‘g‘risidagi hisobotni tasdiqlaydi;
tanlov savdolari g‘olibi bilan shartnoma tuzadi;
tanlov savdolarini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq barcha xarajatlarni qoplaydi.
Buyurtmachi investor bilan belgilangan tartibda tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan vakolatlar doirasida boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
|
| |