|
Quyidagilar tanlov savdolari tashkilotchisining asosiy vazifalari hisoblanadi
|
bet | 16/19 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 83,93 Kb. | | #153096 |
Bog'liq Barotali asli docxQuyidagilar tanlov savdolari tashkilotchisining asosiy vazifalari hisoblanadi:
tanlov savdolari o‘tkazish tartib-qoidalarini belgilash;
tanlov savdolari predmetiga qo‘yiladigan maxsus, texnik va tijorat talablarini hisobga olgan holda talabgorning malakasini oldindan aniqlash va tanlov savdolarini o‘tkazish uchun tanlov hujjatlarini ishlab chiqish;
belgilangan shakl bo‘yicha tanlov savdolari o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’lonni matbuotda chiqarish va/yoki potensial talabgorlarga taklifnomalar yuborish;
agar tanlov hujjatlarida o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, arizalar va ofertalarni qabul qilish, ularning hisobga olinishi va maxfiyligini ta’minlash;
jalb etiladigan buyurtmachi bilan shartnoma asosida mustaqil ekspertlar yoki maslahatchilarning ishlarini tashkil etish; talabgorlarga tanlov hujjatlarini taqdim etish;
ofertalarning asl nusxalarini ular ochilgandan keyin buyurtmachiga berish.
Tanlov savdolarini tashkil etish uchun ixtisoslashtirilgan tashkilot jalb etilgan taqdirda tanlov savdolari tashkilotchisining huquq va majburiyatlari u bilan buyurtmachi o‘rtasida tuziladigan shartnomada belgilanadi.
Tanlov komissiyasi quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
o‘zining ish tartibini belgilaydi;
miqdori tanlov hujjatlarida qayd etilgan tanlov shartlariga bog‘liq bo‘lgan tanlov savdolarida qatnashishga buyurtmanomalarni ta’minlash shaklini tasdiqlaydi;
ofertani qabul qilishning oxirgi kuni va vaqtini, konvertlarni ochish vaqti va joyini belgilaydi;
talabgorning malakasini oldindan aniqlaydi, agar u tanlov hujjatlarida nazarda tutilgan bo‘lsa;
tegishli ravishda rasmiylashtirgan holda tanlov savdolarini o‘tkazish tartib-qoidalarini amalga oshiradi;
ichida ofertalar bo‘lgan konvertlarni ochadi, ularning tanlov hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiqligini tekshiradi (hujjatlarning to‘liq taqdim etilishi, rasmiylashtirish va hokazolar) va konvertlarni ochish to‘g‘risidagi protokolni tasdiqlaydi;
mustaqil ekspertlarni (maslahatchilarni) jalb etish zarurligini belgilaydi yoki tanlov komissiyasi a’zolari orasidan baholash guruhini tuzadi;
tanlov hujjatlarida ko‘rsatilgan mezonlarga muvofiq ofertalarni o‘rganadi, tekshiradi va ko‘rib chiqadi, tanlov savdolari g‘olibini aniqlaydi yoki boshqa qaror qabul qiladi;
tanlov savdolarini o‘tkazish jarayonida paydo bo‘ladigan nizolar va kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqadi va tartibga soladi hamda ular bo‘yicha tegishli xulosalar chiqaradi. Tanlov komissiyasi a’zolari soni toq bo‘lishi kerak. Tanlov komissiyasi tarkibida investor va buyurtmachining vakillari soni komissiya a’zolari umumiy sonining to‘rtdan bir qismidan ortiq bo‘lmasligi kerak. Agar majlisda tanlov komissiyasi a’zolarining kamida to‘rtdan uch qismi qatnashsa tanlov komissiyasi huquqiy vakolatli hisoblanadi. Tanlov savdolarini o‘tkazish tartib-qoidalari bosqichlari bo‘yicha qaror tanlov takliflarini baholash mezonlarini hisobga olgan holda tanlov komissiyasi tomonidan ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda raisning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
|
| |