Ijtimoiy gumanitar fanlar




Download 83,93 Kb.
bet9/19
Sana08.02.2024
Hajmi83,93 Kb.
#153096
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Bog'liq
Barotali asli docx

Kredit turlari.
Tarixiy taraqqiyot davomida kreditning ikki — pul va Tovar shakllaridan foydalanib kelingan. Hozirgi vaqtda mamlakat ichki aylanmasida pul kreditidan kengroq foydalanib, u bank, tijorat, davlat, isteʼmol va xalqaro kredit shakllarini oladi.
• Bank krediti — kreditning asosiy va etakchi shakli sifatida chiqadi. U pul egalari — banklar va maxsus kredit muassasalari tomonidan qarz oluvchilarga (tadbirkorlar, davlat, uy xoʻjaligi sektori) pul ssudalari shaklida beriladi.
• Xoʻjaliklararo kredit — bir korxona (muassasa) tomonidan ikkinchisiga beriladi va ularning kapital qurilish, qishloq xoʻjaligi sohalaridagi munosabatlariga, shuningdek, ichki xoʻjalik hisobi boʻgʻinlari bilan munosabatlariga xizmat qiladi.
• Tijorat krediti — bu korxonalar, birlashmalar va boshqa xoʻjalik yurituvchi subʼektlarning bir-biriga beradigan kreditlaridir. Tijorat krediti, avvalo, toʻlovni kechiktirish yoʻli bilan tovar shaklida beriladi.
• Isteʼmol krediti — xususiy shaxslarga, hammadan avvalo, uzoq muddat foydalanadigan isteʼmol tovarlari (mebel, avtomobil, televizor va boshqalar) sotib olish uchun maʼlum muddatga beriladi. U chakana savdo magazinlari orqali tovarlarning haqini kechiktirib toʻlash bilan sotish shaklida yoki isteʼmol maqsadlarida bank ssudalari berish shaklida amalga oshiriladi. Isteʼmol kreditidan foydalanganlik uchun ancha yuqori foiz undiriladi.
• Ipoteka krediti — koʻchmas mulklar (er, bino) hisobiga uzoq muddatli ssudalar shaklida beriladi. Bunday ssudalar berish vositasi, banklar va korxonalar tomonidan chiqariladigan ipoteka obligatsiyalari hisoblanadi.
• Davlat krediti — kredit munosabatlarining oʻziga xos shakli boʻlib, bunda davlat pul mablagʻlari qarzdori, aholi va xususiy biznes esa kreditorlari boʻlib chiqadi. Davlat krediti mablagʻlari manbai boʻlib, davlat qarz obligatsiyalari xizmat qiladi. Davlat kreditning bunday shaklida, avvalo, davlat byudjeti kamomadini qoplash uchun foydalanadi.
• Xalqaro kredit — ssuda kapitalining xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasidagi harakatini namoyish qiladi. Xalqaro kredit tovar yoki pul (valyuta) shaklida beriladi. Kreditor va qarz oluvchilar banklar, xususiy firmalar, davlat, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar hisoblanadi.
Soʻnggi vaqtlarda kreditlashning lizing, faktoring, forfeyting, trast kabi shakllari keng rivojlanib bormoqda.
Kredit resurslarining manbalari
Kredit resurslarining asosiy manbalari quyidagilardan iborat:
1. korxonalarning amortizatsiya ajratmalari;
2. mahsulot sotishdan olingan pul tushumlari;
3. korxonalarning ishlab chiqarish, fan va texnikani rivojlantirish fondlari, moddiy ragʻbatlantirish fondlari;
4. korxonalar foydasi. Ular davlat byudjeti va kredit tizimi bilan hisob-kitob qilinguncha, shuningdek uning tegishli qismi korxona ehtiyojlari uchun foydalanguncha bankdagi hisoblarida saqlanadi;
5. bankdagi byudjet muassasalari, kasaba uyushmalari va boshqa ijtimoiy tashkilotlarning joriy pul resurslari;
6. aholining boʻsh pul mablagʻlari.

Download 83,93 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Download 83,93 Kb.