Moliyalashtiruvchi bankning asosiy vazifalari




Download 83,93 Kb.
bet8/19
Sana08.02.2024
Hajmi83,93 Kb.
#153096
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
Barotali asli docx

Moliyalashtiruvchi bankning asosiy vazifalari
Respublika sanoat-qurilish bankiga sanoat, aloqa, transport va boshqa korxonalarga xizmat ko‘rsatish bilan bir qatorda, yangi qurilishni, mamlakat halq xo‘jaligi tarmoqlarida mavjud bo‘lgan ob’ektlarni rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashni moliyaviy ta’minlash va kreditlash ham yuklatilgan. Agrosanoat majmui, uy - joy kommunal xo‘jaligi va ijtimoiy sohaga tegishli bo‘lgan ob’ektlar bundan mustasno.
Xo‘jalik yuritishning bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar-pul munosabatlarining rivojlanishida, iqtisodiy siyosatni amalga oshiruvchi, ijtimoiy ishlab chiqarishni tartibga soluvchi davlat organlarining biri sifatida bankning roli anchagina ortadi. Kredit hisob - kitob richaglaridan foydalanib (bank) davlat buyurtmachilarining ustuvorligini ta’minlash, ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish, iqtisodiyotning intensivlashuvini tezlashtirish tadbirlarini amalga oshiradi.
Banklar faoliyati to‘liq xo‘jalik hisobi va o‘z – o‘zini moliyaviy ta’minlashga asoslangan. Ularning barcha xarajatlari mijozlarga kredit berish natijasida olinadigan daromad (kredit uchun foiz stavkalari) va bajargan hisob - kitob operatsiyalari uchun olinadigan ajratmalar hisobiga qoplanadi.
Sanoat-qurilish banki kapital qurilish rejalarini shakllantirishda ishtirok etib, qurilish ishlab chiqarishini yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqadi. Uning mahalliy muassasalari buyurtmachilar va pudratchilar, mahsulot yetkazib beruvchilar, loyihachi va boshqa tashkilotlar o‘rtasida bajarilgan ishlar, yetkazib berilgan uskunalar, yo‘l qurilish texnikasi, ishlab chiqilgan loyiha – smeta hujjatlar uchun hisob - kitoblarni amalga oshiradilar; agar titul ro‘yxatga kiritilgan va tasdiqlangan umumlashma - smeta hisob - kitoblarida ko‘zda tutilgan holatlarda boshqa turdagi hisob - kitoblarni ham bajaradilar.
Sanoat qurilish bankining muassasalari avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va yaroqli holatda tutib turishni ta’minlashni moliyaviy ta’minlash vazifalarini bajaradilar.
Sanoat qurilish banki ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanishni, qurilayotgan ob’ektlarning o‘z vaqtida ishga tushirilishini nazorat qiladi; reja, to‘lov, moliya intizomlariga to‘liq rioya qilinishi, qurilish yoki ta’mirlanayotgan ob’ekt bo‘yicha to‘laligicha va alohida ish hamda xarajatlar turlari bo‘yicha smeta limitlarining bajarilishi ustidan ham nazorat olib boradi.
Titul ro‘yxatlarini ko‘rib chiqish jarayonida bank muassasalari ob’ektlar sonini qisqartirish va barcha resurslarni ishga tushiriladigan qurilish ob’ektlariga to‘plash maqsadida bitta buyurtmachida bir vaqtda qurilayotgan ob’ektlar soniga e’tiborni qaratadilar. Joriy yil uchun ajratilgan mablag‘lar qurilishning normativ muddatlariga mutanosibligini va dastlabki tasdiqlangan ko‘rsatkichlarga nisbatan biron
- bir o‘zgarishlar bo‘lmaganligini tekshiradilar. Dastlabki tasdiqlangan titul ro‘yxati va umumlashma smeta hisob - kitobi to‘liq qurilish muddati uchun o‘zgarmasligi kerak. Ishlarni bajarish yoki konstruktiv yechimlarning takomillashgan va taraqqiyparvar texnologiyalari qo‘llanilgani sababli loyihani qayta ko‘rib chiqish zarurati paydo bo‘lgandagina ko‘rsatkichlarga o‘zgarishlar kiritilishi mumkin.
Banklar muntazam ravishda qurilish ob’ektlarining loyiha – smeta hujjatlari bilan ta’minlanganligini nazorat qilib boradilar. Ular qurilishga tipik loyihalarning joriy etilishini, individual loyihalashtirishga ruxsat etuvchi hujjatlarni tekshiradilar. Rejalashtirilayotgan davrda oldingi yilning 1 iyunigacha texnik hujjatlar bilan ta’minlanmagan ob’ektlar qurilishining titul ro‘yxatga kiritilmaydi. Bank muassasalari sanksiyalar va rag‘batlantirishlarni qo‘llash, nazorat vazifalarini amalga oshirish orqali moliyaviy intizomning yaxshilanishiga imkoniyat yaratadilar. To‘lov qobiliyati, ya’ni yo‘l tashkilotining bankdagi hisob raqamida pul mablag‘larining mavjudligi, ishlar hajmi va sifati, asosiy va aylanma fondlardan foydalanish, mehnat unumdorligining saviyasi kabi omillar ta’sirining natijasini aks ettiradi.

Download 83,93 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Download 83,93 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Moliyalashtiruvchi bankning asosiy vazifalari

Download 83,93 Kb.