Moliyalashtirishni rasmiylashtirish tartibi




Download 83,93 Kb.
bet5/19
Sana08.02.2024
Hajmi83,93 Kb.
#153096
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Barotali asli docx

Moliyalashtirishni rasmiylashtirish tartibi.
Moliyalashtirish hisobini ochish uchun buyurtmachi – tashkilot bankka ekspertiza bayonnomasi bilan birgalikda tasdiqlangan umumlashma smeta hisob - kitobining nusxasini, barcha ishlar majmuini bajarish uchun buyurtmachi va pudratchi o‘rtasida tuzilgan pudrat shartnomasini, bajarilishi rejalashtirilayotgan yillik ishlar hajmi va qurilish-montaj ishlari turlarini aks ettiruvchi va buyurtmachi tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlangan qurilishichi titul ro‘yxatini, faoliyat olib borish zonasida ishlarni bajarish huquqi uchun nazorat va tekshiruv organlari (SES, DAN, yong‘in nazorati va boshqalar) bilan kelishuvlarni, yerning o‘simlik o‘suvchi qatlami olinib, obodonlashtirish organlariga topshirilganligi haqidagi ma’lumotnomani taqdim etadi.
Immobilizatsiya shundan iboratki, hisobot yilida ob’ekt qurilishi bo‘yicha ishlab chiqarish dasturi ortig‘i bilan bajarilganda, ortiqcha bajarilish hisobiga hosil bo‘lgan pudratchi tashkilotga to‘lanadigan qarzni uzish uchun buyurtmachi tashkilot tomonidan rejalashtirilayotgan yil ko‘rsatkichlarini o‘zgartirmasdan, moliyalashtirish limitini oshirishdir. Mobilizatsiya esa, aksincha, o‘tgan hisobot yili mablag‘lari hisobiga sotib olingan va to‘langan, ammo rejalashtirilayotgan yilda bajariladigan limitdan ortiq material zahiralari, konstruksiyalar, uskunalar summasi miqdoriga moliyalashtirish limitini kamaytirishni ko‘zda tutadi. Kapital qurilishning tasdiqlangan reja ko‘rsatkichlari, rejalashtirilayotgan davr uchun (tomonlar kelishuviga ko‘ra) qurilishichi titul ro‘yxatiga kirgan ish turlari va hajmlari bunday hollarda o‘zgartirilishi mumkin emas.
Davlat tashkilotlari o‘rtasidagi barcha hisob - kitoblar bank muassasalari orqali faqat naqd pulsiz ko‘rinishda amalga oshiriladi. Naqd pulsiz hisob - kitoblar quyidagi turlarga ajratiladi: aksent, akkreditiv, alohida (maxsus) schet, to‘lov topshirig‘i, pochta orqali pul o‘tkazish, rejalashtirilgan to‘lovlar, cheklar. Aksent – to‘lovchining shu shahardagi va boshqa shahardagi yetkazib beruvchilar, ishlab chiqaruvchilar, pudratchi tashkilotlar bilan materiallar, uskunalar, bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun hisoblashishda to‘lovni amalga oshirish uchun roziligidir.
Naryad, shartnoma kelishuvi, majburiyat, talab asosida boshqa tashkilot uchun biror - bir ishni bajargan, xizmat ko‘rsatgan, materiallar, xom - ashyo, tovarlar yetkazib bergan yoki jo‘natgan tashkilot haridorga (buyurtmachiga, mijozga) to‘lov talabnomasi – schet yozib, o‘zining xizmat ko‘rsatuvchi bankiga to‘lovni undirish uchun inkassoga topshiradi. Bunday holda to‘lov talabnomasida bajarilgan ishlarning nomi va hajmi, ko‘rsatilgan xizmatlar yoki jo‘natilgan materiallarning ro‘yxati qiymati va miqdori ko‘rsatiladi. Schetga temir yo‘lning jo‘natuv kvitansiyalari, ishlarning qabul qilib olish dalolatnomalari, buyurtma - naryadning nusxasi, xatlar, hisoblagich (schetchik)ning ko‘rsatkichlarini ifodalovchi yozuvlar va boshqa hujjatlar hamda to‘lov uchun qo‘yilayotgan talabning to‘g‘riligini tasdiqlovchi ma’lumotnomalar ilova etiladi.
Haridor, moliyalashtiruvchi bankdan inkassoga tushgan to‘lov schetini olgach, bank tomonidan belgilangan muddat ichida, schetda ko‘rsatilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirib chiqib, to‘lov uchun rozilik yoki asoslangan holda aksentni inkor etishi lozim.
To‘lovchining aksenti mavjud bo‘lganda bank talab qilingan summani uning hisob raqamidan yoki moliyalashtirish schetidan chiqarib, yetkazib beruvchining tegishli bank muassasasidagi hisob raqamiga jo‘natadi. Agar haridor aksentni inkor etmoqchi bo‘lsa, kelib tushgan yukni saqlab turish uchun qabul qilishi va bu haqda yetkazab beruvchiga xabar berishi kerak. Kelishmovchiliklar arbitraj orqali hal etiladi.
Demak, inkasso – bu haridor yoki buyurtmachidan, yetkazib beruvchi - mijozning topshirig‘iga ko‘ra uning uchun to‘lovni undirishni bank o‘z zimmasiga oladigan hisoblashish tartibi ekan. Bunda bank muhim davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan vazifani bajaradi, ya’ni u bunda faqatgina hisob – kitoblarning o‘z vaqtida amalga oshirishni nazorat qilish bilan bir qatorda, to‘lov uchun taqdim etilgan hujjatlarni sinchiklab tekshirib chiqish orqali ularning to‘g‘riligini ham nazorat qiladi. Bankka inkassoga tushgan to‘lov talabnomalari aksentli yoki aksentsiz operatsiyalar tarzida qondiriladi.
Aksentsiz pul – hisob operatsiyalariga to‘lovchi tomonidan qo‘shimcha tekshiruvni talab qilmaydigan operatsiyalar kiradi. Gaz, suv, issiqlik, elektroenergiya va boshqa shunga o‘xshash xizmatlar uchun o‘lchagichlar ko‘rsatkichiga asoslangan holda to‘lov uchun taqdim etilgan summalar aniq va shubxasiz bo‘lib, majburiy to‘lovlar sanaladi.
Shartnomaga ko‘ra yoki tomonlarning boshqa majburiyatlariga taaluqli bo‘lgan, qo‘shimcha tekshiruv va aniqlashlarni talab etuvchi boshqa barcha to‘lov turlari, aksent operatsiyalariga kiradi.

Download 83,93 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Download 83,93 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Moliyalashtirishni rasmiylashtirish tartibi

Download 83,93 Kb.