|
Avtomobil yo‘llarini qurish, ta’mirlash va yaroqli holda tutishning moliyalashtirish vazifalari va tashkiliy asoslari
|
bet | 7/19 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 83,93 Kb. | | #153096 |
Bog'liq Barotali asli docxAvtomobil yo‘llarini qurish, ta’mirlash va yaroqli holda tutishning moliyalashtirish vazifalari va tashkiliy asoslari.
Korxona moliyaviy tizimining asosiy vazifasi, joriy ishlab chiqarish faoliyati, ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanishning yanada o‘sib borishi uchun zarur bo‘lgan moliyaviy resurslarni tashkil toptirishdan iborat.
Korxonaning ishlab chiqarish fondlari, mehnat resurslari, tabiiy resurslar, mahalliy budjetga va yuqori tashkilotlarni ta’minlashga ajratmalarni ko‘zda tutuvchi, budjet bilan o‘zaro moliyaviy munosabatlari iqtisodiy normativlari orqali tartibga solinadi.
Moliya – tegishli resurslar orqali, barqaror normativlar va moliyaviy me’yorlar asosida, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish rejalarining pul bilan ta’minlanishining balanslanishiga imkon yaratish uchun xizmat qiladi.
Kapital qurilishni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan pul mablag‘larining miqdori, iqtisodiyotning erishilgan rivojlanish darajasi va uning yanada o‘sishi uchun kapital mablag‘lar sarfining ahamiyatiga ko‘ra aniqlanadi.
Kapital mablag‘larning moliyalashtirish manbalari quyidagilardan iborat: Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar, amortizatsiya ajratmalari, korxona oladigan foydaning bir qismi, bank krediti, asosiy fondlarni qayta tiklash uchun maxsus yo‘naltiriladigan jamoa xo‘jaliklari va kooperativ tashkilotlarning o‘z mablag‘lari, hamda ichki rezervlarni safarbar etish hisobiga ajratiladigan mablag‘lar.
Undan tashqari yo‘l qurilishini moliyalashtirishga quyidagi qo‘shimcha manbalar ham jalb etiladi: avtotransport korxonalarining yuklarni tashishdan oladigan daromadlaridan 2 foizli ajratma; hukumat qabul qilgan qarorlarga asosan ajratiladigan mablag‘lar.
Qoidaga ko‘ra loyiha-smeta hujjatlari bilan ta’minlangan ishlar moliyalashtirilmaydi. Kapital qurilish rejasiga kiritilmagan ob’ektlarga xarajat qilish taqiqlanadi. Texnologik uskunalarni yetkazib berishga shartnomalar tuzishga bu maqsadlar uchun kapital mablag‘larni moliyalashtirish rejasida va smetalarda ko‘zda tutilgan mablag‘lar miqyosida ruxsat etiladi.
Buyurtmachi tashkilotlar va pudratchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tartibga soluvchi asosiy hujjat bo‘lib pudrat shartnomasi xizmat qiladi.
Bank tomonidan qabul qilingan pudrat shartnomasi bo‘lmaganda ishlarni bajarish qat’iyan man etiladi. Bunday holatlarda pudratchi tashkilot tomonidan qilingan xarajatlar (to‘lanmaydi) qoplanmaydi. Buyurtmachining bu ishlarni moliyalashtirishga mo‘ljallangan mablag‘lari boshqa ehtiyojlarga yo‘naltiriladi. Bajarilgan ishlar uchun to‘lovlar buyurtmachi tomonidan har oyda tugallangan texnologik bosqich ishlab chiqarish va ishlar majmuining qiymatiga muvofiq ravishda amalga oshiriladi. To‘lovlarning umumiy summasi ob’ekt bo‘yicha ishlar smeta qiymatining 95 foizi atrofida bo‘lishi kerak. To‘liq hisob - kitob davlat qabul komissiyasining dalolatnomasi tasdiqlanib, ob’ekt ishga tushirilgandan so‘ng amalga oshiriladi.
Qurilish dasturi bajarilishi uchun ma’suliyatni oshirish maqsadida pudrat shartnomasidagi ishlar hajmini yillar bo‘yicha taqsimlanish jadvali ilova qilinadi. Undan tashqari, har yili titul ro‘yxatiga muvofiq ravishda ishlar hajmi va turlari kvartal bo‘yicha taqsimlangan yillik topshiriq tuziladi.
Ishlarni bajarishning kvartal rejasi bajarilmay qolgan holatlarda (yil boshidan o‘sib boruvchi jami hajmi), shu davrda bajarilgan ishlarga, jadvaldan orqada qolish tugatilmaguncha, buyurtmachi haq to‘lamaydi va bajarilgan pudrat ishlari hisobotiga bu ishlar kiritilmaydi.
Bunday holatlarda qurilish tashkiloti tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlarini qoplash uchun zarur bo‘lgan vaqtinchalik ehtiyoj tufayli, yo‘l qo‘yilgan orqada qolishni tugatish majburiyatini taqdim etgan holda, kredit olish uchun bankka murojaat qilishga majbur bo‘ladi.
Kvartal rejasi buyurtmachining aybi bilan bajarilmay qolsa (texnik hujjatlar, uskunalar, materiallar o‘z vaqtida yetkazib berilmasa), buyurtmachi pudratchining barcha xarajatlarini, bank krediti uchun foiz to‘lovlari bilan qo‘shib kompensatsiya qiladi.
Ob’ektning ishga tushirilish muddati izdan chiqqan holatlarda shartnoma tuzuvchi har ikkala tomon birdek mulkiy javobgar bo‘ladilar.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Avtomobil yo‘llarini qurish, ta’mirlash va yaroqli holda tutishning moliyalashtirish vazifalari va tashkiliy asoslari
|