• Mezonlar Maksimal bal
  • Mundarija: I. Kirish II. Asosiy qism
  • Termiz muhandislik-texnologiya instituti “Qurilish” fakulteti Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasida bajarilgan kurs ish(loyiha)larini




    Download 83,93 Kb.
    bet3/19
    Sana08.02.2024
    Hajmi83,93 Kb.
    #153096
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
    Bog'liq
    Barotali asli docx
    kk, bioyoqilg-ilarni-sanoatda-olish-texnologiyasi-va-ularning-imkoniyatlari, 7, Amkorligi Reja Ijtimoiy pedagogning boshqa mutaxasislar , konstitutsiyaviy huquq asoslari 9 uzb (1), 2-matematika, 1, To\'rayev H T, Azizov I Matematik mantiq va diskret matematika 1, 105312-Mavzu Funksional yopiq sinflar haqida lemmalar Fizika-M, Buxoro davlat universiteti, Matematika fakulteti Matematika yo’nalishi 201-guruh talabasinin, Mavzu ”Utopiklar, Marks va Radikallar” Reja Utopik sotsializm, , 1. Конспект Тема № 12 (2), tarmoq
    Termiz muhandislik-texnologiya instituti “Qurilish” fakulteti Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasida bajarilgan kurs ish(loyiha)larini


    BAHOLASh MEZONLARI



    Mezonlar

    Maksimal bal

    1.

    Mavzuning dolzarbligi

    0-5 bal

    2.

    Ishning ilmiy –uslubiy yangiliklari va ijodiy yondoshish darajasi

    0-10 bal

    3.

    Mavzu bo‘yicha natijalarning ilmiy to‘garaklarda, konferensiyalarda ishtirok etishi

    0-5 bal

    4.

    Tushuntirish qismining rasmiylashtirilishi (natijalarning ilmiy texnikaviy,ishlab chiqarish iqtisodiy,madaniy sohalarga mosligi va ishning ilmiy, ijodiy tahlil etilishi.)

    0-20 ball

    5.

    Ilmiy - amaliy xulosalar

    0-10 ball

    6.

    Imlo xatolari (orfografik)

    0-5 ball

    7

    Tinish belgilari (punktiatsion) xatolari

    0-5 ball

    8.

    Uslubiy xatolari (stilistik)

    0-5 ball

    9.

    Husni xati (kolligrafiya)

    0-5 ball

    10

    Talabaning himoya qilish darajasi, pedagogik mahorati.

    0-15 ball

    11.

    Savollarga aniq va to‘liq javob berishi

    0-10 ball

    12.

    Ko‘rgazmali va texnik vositalari

    0-5 ball




    Jami

    100

    *) Ushbu baholash mezonlari kafedra yig‘ilishida muhokama qilinib ma’qullangan.
    B-na №_ «__»_______ 20 _ yil.
    O‘qituvchi: ________________________
    *) Asos: Institut o‘quv-uslubiy boshqarmasi tomonidan ishlab chiqilib uslubiy kengash tomonidan ma’qullangan bitiruv malakaviy ishlarni baholash mezonlari va kurs ishlarini baholash mezonlarini ishlab chiqish haqidagi universitet o‘quv-uslubiy boshqarmasi tomonidan berilgan ko‘rsatmalar.
    Mundarija:



    I. Kirish
    II. Asosiy qism

    1. Yo‘l tashkilotlarini kreditlash.

    2. Moliyalashtirishni rasmiylashtirish tartibi.

    3. Avtomobil yo‘llarini qurish, ta’mirlash va yaroqli holda tutishning moliyalashtirish vazifalari va tashkiliy asoslari.

    4. Kredit turlari.

    5. Kredit mohiyati va ahamiyati.

    6. Yo‘l qurilishida shartnoma munosabatlari va tender savdolari.

    7. Lokal smeta hisobati.

    III. Xulosa
    IV. Foydalanilgan adabiyotlar

    Kirish.
    Respublikaning geografik joylashuvini hisobga olgan holda zamonaviy avtomobil yo‘llari tarmog‘ini rivojlantirish mamlakatimiz iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirishda, respublika transport salohiyatini rivojlantirishda va eksport imkoniyatlarini kengaytirishda birinchi darajali vazifa hisoblanadi.
    O‘tgan yillar davomida xalqaro standartlarga muvofiq yo‘l-transport infratuzilmasini yaxshilash, zamonaviy avtomobil yo‘llarini qurish, yo‘l harakati qulayligi va xavfsizligini oshirishga qaratilgan qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.
    Avtomobil yo‘llarini qurish va ta’mirlash bo‘yicha ishlarni moliyalashtirish sezilarli darajada ko‘paytirildi, bu esa oxirgi yillarda bajariladigan yo‘l-qurilish va ta’mirlash ishlari hajmlarini deyarli uch baravar oshirish imkonini berdi.
    Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi va Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasi kabi xalqaro moliya institutlari bilan birgalikda yo‘l qurilishi sohasida loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.
    Xususan, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda Jahon banki mablag‘larini jalb qilgan holda ilg‘or xalqaro standartlarga muvofiq tezyurar pulli avtomobil yo‘llari qurish bo‘yicha loyihalarni tayyorlashga kirishildi.
    Shu bilan birga, respublika yo‘l xo‘jaligini davlat tomonidan boshqarish tizimida raqobat muhitini shakllantirish va tarmoqqa investitsiyalar jalb etilishiga to‘sqinlik qilayotgan qator muammolar va kamchiliklar mavjud.
    Jumladan, yo‘l tarmog‘iga investitsiyalarni, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida jalb qilish bo‘yicha uzoq muddatli strategiyaning yo‘qligi xarajatlarning asosiy moliyaviy yukini Davlat budjetiga yuklagan holda ishlarni moliyalashtirishning muqobil manbalaridan foydalanish imkonini bermayapti. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita) tomonidan nazorat va xo‘jalik funksiyalarining, shu jumladan buyurtmachi va pudratchi vakolatlarining birga olib borilishi boshqaruvning samarali tizimini yaratish va yo‘l-qurilish ishlari bozorida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish imkonini bermayapti.
    Yo‘l xo‘jaligini boshqarishning zamonaviy tizimini yaratish, nazorat va xo‘jalik funksiyalarini aniq chegaralash, monopoliyadan chiqarish, xususiy sektor korxonalarini jalb qilish va investitsion jozibadorlikni oshirish hisobiga sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, yo‘l qurilishiga innovatsiyalarni keng joriy etish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi vazifalariga muvofiq:
    1. Transport vazirligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda yetakchi xorijiy ekspertlar va maslahatchilarni jalb qilgan holda 2020-yil 1-sentabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga quyidagilarni nazarda tutuvchi 2030-yilgacha avtomobil yo‘llarini rivojlantirish strategiyasini kiritsin: xalqaro ahamiyatga molik zamonaviy avtomobil yo‘llari tarmog‘ini va tezyurar avtomagistrallarni rivojlantirish, shuningdek, ularni xalqaro transport yo‘laklariga integratsiyalash orqali respublikaning tranzit va logistika salohiyatini oshirish; investitsiyalar, xalqaro moliya institutlari mablag‘larini jalb qilish, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida loyihalarni amalga oshirish orqali budjetga tushadigan yukni bosqichma-bosqich kamaytirish; avtomobil yo‘llarini ekspluatatsiya qilish uchun xarajatlarni 2020-yilgacha bosqichma-bosqich kamida ikki baravar ko‘paytirish; yo‘l qurilishi sohasidagi eng ustuvor loyihalarni tanlab olish va baholashning, shuningdek, ularni amalga oshirish samaradorligini prognozlashning xalqaro e’tirof etilgan metodologiyasini qo‘llash; avtomobil yo‘llari holatini monitoring qiluvchi, zarur statistika ma’lumotlarini to‘plovchi va yurituvchi, yo‘l aktivlarini boshqarish bo‘yicha yangi texnologiyalar va dasturlarni joriy etish; mavjud yo‘l infratuzilmasidan samarali foydalanish maqsadida transport oqimlarini boshqarishning zamonaviy tizimlarini qo‘llash.
    2. Belgilab qo‘yilsinki, 2020-yil 1-yanvardan boshlab: avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash, shuningdek, yo‘l-qurilish ishlarini texnik nazorat qilish uchun yangidan boshlanadigan obyektlar bo‘yicha shartnomalar faqat davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq o‘tkaziladigan tanlov (tender) yakunlari bo‘yicha tuziladi; yo‘l-qurilish ishlari bo‘yicha konsalting xizmatlari (texnik nazorat) autsorsing shartlari asosida xalqaro amaliyotga, shu jumladan FIDIC qoidalariga muvofiq mustaqil tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin; Toshkent shahri ko‘chalarini qurish va ta’mirlash bo‘yicha buyurtmachining funksiyalarini sinov tarzida Toshkent shahar hokimligi amalga oshiradi.
    3. 2020-yil 1-yanvardan boshlab quyidagilar: umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini, mintaqaviy avtomobil yo‘llarini va ko‘priklarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashni loyihalashtirish bo‘yicha tashkilotlar faqat “Yo‘l loyiha byurosi” MChJ, “Boshtransloyiha” AJ va “Avtomobil yo‘llari ko‘priklarini, yo‘l o‘tkazgichlar va boshqa sun’iy inshootlarni loyihalash instituti” DUK hisoblanishi; avtomobil yo‘llari ko‘priklarini, yo‘l o‘tkazgichlar va boshqa sun’iy inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish hamda kapital ta’mirlash bo‘yicha buyurtmachi faqat “Avtomobil yo‘llari ko‘priklarini, yo‘l o‘tkazgichlar va boshqa sun’iy inshootlarni qurish hamda rekonstruksiya qilish direksiyasi” UK hisoblanishi; umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini, mintaqaviy avtomobil yo‘llarini va ko‘priklarni qurish, rekonstruksiya qilish hamda kapital ta’mirlash bo‘yicha pudrat tashkilotlari faqat Qo‘mitaning tarkibiy bo‘linmalari va “Ko‘prikqurilish” Tresti” UK hisoblanishi; neft bitumining yo‘llarga mo‘ljallangan markalarini realizatsiya qilish sohasida faoliyat olib borish huquqi uchun litsenziya olish talab etilishi to‘g‘risidagi talablar bekor qilinsin.
    4. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning quyidagilar to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin: yo‘l-qurilish korxonalarini mas’uliyati cheklangan jamiyatlar etib qayta tashkil etgan holda Qo‘mita tarkibidan chiqarish;
    “Yo‘lqurilish” AJni tashkil etish va unga Qo‘mita tarkibidan chiqariladigan korxonalar ustav jamg‘armalaridagi davlat ulushini o‘tkazish; “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ “Ko‘prikqurilish” Tresti” UK korxonalari negizida “Ko‘prikqurilish” AJni tashkil etish; umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida joylashgan “Ko‘prikqurilish” Tresti” UK ixtiyoridagi ko‘priklarni (yo‘l o‘tkazgichlarni) Qo‘mita ixtiyoriga, shahar va boshqa aholi punktlari ko‘chalaridagi, xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llaridagi ko‘priklarni (yo‘l o‘tkazgichlarni) mahalliy davlat hokimiyati organlari ixtiyoriga o‘tkazish.
    5. Belgilab qo‘yilsinki, Qo‘mita avtomobil yo‘llari sohasidagi maxsus vakolatli organ bo‘lib, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha ishlarning yagona buyurtmachisi hisoblanadi. Qo‘mita zimmasiga “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan vazifalar bilan bir qatorda quyidagilar bo‘yicha chora tadbirlarni amalga oshirish yuklansin: umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari tarmog‘ini tegishli holatda saqlash va rivojlantirish, ularning o‘tkazish qobiliyatini oshirish, avtomobil yo‘llari foydalanuvchilariga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilash, shuningdek, yo‘l va yo‘l bo‘yi servisi obyektlarini rivojlantirishni muvofiqlashtirish; xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokida, shuningdek, donorlar mablag‘larini jalb qilgan holda yo‘l qurilishi sohasida loyihalar ishlab chiqish va amalga oshirish; tarmoqqa investitsiyalarni, eng avvalo to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va moliyalashtirishning muqobil manbalarini, shu jumladan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash uchun davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish orqali izlash; zamonaviy menejment tizimlarini, ilg‘or xorijiy tajriba hamda xalqaro standartlarga muvofiq ishni tashkil etishning innovatsion shakllari va usullarini joriy etish orqali tarmoqni boshqarishni takomillashtirish; yo‘l qurilishi, yo‘l-qurilish materiallari, buyumlar va konstruksiyalar ishlab chiqarish sohasini texnik tartibga solishda normativ hujjatlar va talablarga rioya etilishini ta’minlash; umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining ajratilgan mintaqalarida yer uchastkalaridan oqilona va samarali foydalanishni belgilangan tartibda tashkil etish; transport oqimlarini boshqarishning zamonaviy raqamli avtomatlashtirilgan tizimlarini joriy etish.
    6. Quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilinsin:
    a) umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari Qo‘mita ixtiyorida, shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalari, xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llari — mahalliy davlat hokimiyati organlari ixtiyorida, xo‘jalik avtomobil yo‘llari tegishli tashkilotlar va jismoniy shaxslar ixtiyorida bo‘ladi;
    b) avtomobil yo‘llarida ekspluatatsiya ishlari quyidagilar tomonidan amalga oshiriladi: umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida — Qo‘mita tomonidan; shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalarida, xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarida — mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan; tashkilotlar va jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan xo‘jalik avtomobil yo‘llarida — ularning o‘zi tomonidan.
    7. Yo‘l infratuzilmasi sifatini rivojlantirish va yaxshilashda, mintaqaviy avtomobil yo‘llari tarmog‘ini va yo‘l infratuzilmasini rivojlantirishda mahalliy davlat hokimiyati organlarining huquqlari hamda javobgarligini yanada kengaytirish maqsadida shunday tartib joriy etilsinki, unga ko‘ra: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari avtomobilga yonilg‘i va gaz quyish stansiyalari tomonidan avtomobil benzini, dizel yoqilg‘isi, suyultirilgan va siqilgan gazni oxirgi iste’molchilarga realizatsiya qilishda yoqilg‘i birligi uchun 25 so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda mintaqaviy yo‘llarni rivojlantirishga maxsus yig‘im joriy etishga haqli; Tumanlar (shaharlar) xalq deputatlari Kengashlari transport vositasi dvigatelining quvvatidan kelib chiqib, avtotransport vositasiga egalik qilish uchun yillik yig‘im joriy etishga haqli. Belgilansinki, mazkur bandda ko‘rsatib o‘tilgan yig‘imlar keng jamoatchilik muhokamalari asosida, muayyan ma’muriy-hududiy birlik aholisi daromadlari darajasini hisobga olib va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda kiritiladi.
    8. Shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari: yo‘l harakatini tartibga solish, mavjud yo‘l-transport infratuzilmasidan oqilona foydalanish, shuningdek, yo‘l harakati ishtirokchilari mas’uliyatini oshirish maqsadida avtomobil yo‘llari va ko‘chalar bo‘ylab avtomobil saqlash joylaridan foydalanganlik uchun to‘lov belgilashga haqli; transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun yig‘imning bazaviy stavkalari miqdorlarini, shuningdek, yig‘imning bazaviy stavkasiga transport vositasi dvigateli quvvatidan kelib chiqqan holda toifalanadigan qo‘shimcha koeffitsiyentlarni belgilaydi.
    9. Quyidagilar: loyihalash, yo‘l-qurilish ishlarini, shuningdek, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilish, kapital va joriy ta’mirlash hamda ekspluatatsiya ishlarini moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladigan mablag‘larni to‘plash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida Avtomobil yo‘llarini rivojlantirish maqsadli jamg‘armasi; 7 shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalarida, xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarida (keyingi o‘rinlarda — mintaqaviy yo‘llar) loyihalash, yo‘l-qurilish, ta’mirlash va ekspluatatsiya ishlarini moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladigan mablag‘larni to‘plash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bosh moliya boshqarmalari huzurida avtomobil yo‘llarini rivojlantirish hududiy maqsadli jamg‘armalari tashkil etilsin.
    10. Quyidagilar jamg‘armalarni shakllantirish manbalari etib belgilansin:
    a) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llarini rivojlantirish maqsadli jamg‘armasi uchun: loyihalash va yo‘l-qurilish ishlarini, shuningdek, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash bo‘yicha ishlarni moliyalashtirish uchun respublika budjetidan har yili ajratiladigan maqsadli mablag‘lar; O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 30 yil davomida uzish sharti va 5 yillik imtiyozli davri bilan ajratiladigan foizsiz kreditlar shaklida 2020-yilda 50 mln. AQSh dollari va 2021 — 2024-yillarda har yili 100 mln. AQSh dollari; umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida joriy ta’mirlash va ekspluatatsiya ishlarini moliyalashtirish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti hamda viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy budjetlaridan har yili ajratiladigan maqsadli mablag‘lar; qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar;
    b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bosh moliya boshqarmalari huzuridagi avtomobil yo‘llarini rivojlantirish hududiy maqsadli jamg‘armalari uchun: mintaqaviy yo‘llarda yo‘l-qurilish, ta’mirlash va ekspluatatsiya ishlarini moliyalashtirish uchun mahalliy budjetlardan har yili ajratiladigan maqsadli mablag‘lar; mintaqaviy yo‘llarni rivojlantirish uchun mahalliy vakillik hokimiyati organlari tomonidan joriy etiladigan yig‘imlar; avtomobil yo‘llari va ko‘chalari bo‘ylab avtomobil saqlash joylaridan foydalanganlik uchun to‘lovlar; transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun yig‘imning bazaviy stavkasiga qo‘shimcha koeffitsiyentlarni qo‘llashdan tushadigan mablag‘lar; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llarini rivojlantirish maqsadli jamg‘armasidan transfertlar; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. Belgilansinki, avtomobilga egalik uchun yillik yig‘im tuman (shaharlar)ning tegishli budjetlariga yo‘naltiriladi hamda ushbu tuman (shaharlar)ning mintaqaviy yo‘llaridagi ta’mirlash va ekspluatatsiya ishlari uchun maqsadli sarflanadi. Umumiy foydalanishdagi yo‘llarda joriy ta’mirlash va ekspluatatsiya ishlarini moliyalashtirish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti hamda viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy budjetlarida nazarda tutilgan mablag‘larni boshqa maqsadlar uchun qayta taqsimlash taqiqlanadi.
    11. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda respublika avtomobil yo‘llarining yagona elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirish, shuningdek, ularning mansubligini belgilash hamda tegishli organlar va tashkilotlarga biriktirish maqsadida 2020-yil 1-martga qadar barcha avtomobil yo‘llari, shu jumladan ko‘priklar to‘liq xatlovdan o‘tkazilishini ta’minlasin.
    12. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Transport vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2022-yil 1- dekabrga qadar avtomobil yo‘llari, shu jumladan ko‘priklar davlat kadastri geoaxborot tizimi yaratilishini, xususan quyidagilarni ta’minlasin: geoaxborot tizimi mobil ilovasini qo‘llagan holda avtomobil yo‘llari obyektlari joylashuvini aniqlash; erni masofadan turib zondlash asosida avtomobil yo‘llarining elektron kartografiya asosini yaratish; respublika avtomobil yo‘llarining yagona elektron ma’lumotlar bazasidan foydalangan holda avtomobil yo‘llari obyektlarini hisobga olish va ro‘yxatdan o‘tkazish maqsadida avtomobil yo‘llari davlat kadastrining veb geoaxborot tizimini shakllantirish; avtomobil yo‘llari davlat kadastrining veb geoaxborot tizimini Davlat kadastrlari yagona tizimiga integratsiya qilish. Belgilab qo‘yilsinki, ushbu bandda nazarda tutilgan tadbirlar quyidagi mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi: umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari bo‘yicha — Moliya vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llarini rivojlantirish maqsadli jamg‘armasi; mintaqaviy yo‘llar bo‘yicha — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bosh moliya boshqarmalari huzurida avtomobil yo‘llarini rivojlantirish hududiy maqsadli jamg‘armalari.
    13. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari: 2020-yil 1-fevralga qadar pulli avtomobil saqlash joylari qurish bo‘yicha loyihalarni amalga oshiruvchi investorlarga imtiyozlar taqdim etishni nazarda tutgan holda avtomobil yo‘llari va ko‘chalar bo‘ylab pulli avtomobil saqlash joylarini tashkil etish, shu jumladan pulli avtomobil saqlash joylari tashkil etiladigan avtomobil yo‘llari va ko‘chalarni tanlash, shuningdek, avtomobil saqlash joylaridan foydalanish uchun to‘lov undirish tartibi to‘g‘risidagi hukumat qarori loyihasini kiritsin; 2020-yil 1-iyulga qadar, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida shaharlarda, viloyatlar va tumanlar markazlarida avtomobil yo‘llari va ko‘chalar bo‘ylab pulli avtomobil saqlash joylari tarmog‘i tashkil etilishini ta’minlasin.
    14. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2020-yil 1-martga qadar transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun yig‘imning bazaviy stavkalari miqdorlarini, shuningdek, yig‘imning bazaviy stavkasiga transport vositasi dvigateli quvvatidan kelib chiqqan holda toifalanadigan qo‘shimcha koeffitsiyentlarni tasdiqlasin.
    15. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
    a) bir oy muddatda ushbu Farmon talablariga muvofiq yo‘l tarmog‘ini boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini kiritsin;
    b) 2019-yil 31-dekabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llarini rivojlantirish maqsadli jamg‘armasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bosh moliya boshqarmalari huzuridagi avtomobil yo‘llarini rivojlantirish hududiy maqsadli jamg‘armalari faoliyatini tashkil etish hamda ularning mablag‘larini shakllantirish va sarflash tartibini belgilash to‘g‘risidagi hukumat qarorini qabul qilsin va bunda, shuningdek, quyidagilarni nazarda tutsin: maqsadli jamg‘armalar mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan yo‘l qurilishi sohasidagi loyihalarni keng jamoatchilik orasida muhokama qilish, shuningdek, mazkur loyihalarni amalga oshirish jarayoni, shu jumladan loyiha va pudrat tashkilotlari, bajariladigan ishlar qiymati to‘g‘risidagi axborotni e’lon qilish; maqsadli jamg‘armalar tushumlari va xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni muntazam e’lon qilish;
    v) uch oy muddatda yo‘l qurilishi sohasidagi eng ustuvor loyihalarni tanlab olish va baholash, shuningdek, zamonaviy standartlarni hisobga olgan holda avtomobil yo‘llari holatini monitoring qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlasin.
    16. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. Gulyamov zimmasiga yuklansin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
    Toshkent sh.,
    2019-yil 9-dekabr,
    PF-589.



    Download 83,93 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




    Download 83,93 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz muhandislik-texnologiya instituti “Qurilish” fakulteti Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasida bajarilgan kurs ish(loyiha)larini

    Download 83,93 Kb.