Yo‘l tashkilotlarini kreditlash




Download 83,93 Kb.
bet4/19
Sana08.02.2024
Hajmi83,93 Kb.
#153096
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Barotali asli docx

Yo‘l tashkilotlarini kreditlash.
Kredit ishlab chiqarishga uni tashkil etilishini yaxshilash, ilmiy – texnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy etilishini tezlashtirish bilan iqtisodiy ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, ishlab – chiqarish dasturini bajarish uchun moddiy resurslar zarur. Korxonaning o‘ziga qarashli bo‘lgan aylanma mablag‘lar odatda ularni sotib olishga yetishmaydi, shu sababli korxona qarz olish mumkin bo‘lgan manbalarga murojaat etadi. Olingan ssuda uchun bank foizi to‘lash, keyinchalik esa belgilangan muddatda qarzni to‘liq to‘lash kerak bo‘ladi. Bank foizini to‘lash uchun, yuqori darajada tashkil etilgan unumli mehnat hisobiga foyda olish kerak – foyda esa olingan ssuda uchun bank foizi to‘lash uchun asosiy manbadir. Demak, bank krediti qurilish tashkilotinni reja ko‘rsatkichlarining albatta bajarishga safarbar etadi.
Davlat kapitali mablag‘lash bo‘yicha bank kreditlari halq xo‘jaligi rejasiga kiritilgan yangi qurilish ob’ektlarini, mavjudlarini rekonstruksiya qilish va kengaytirishni, ularni texnik jihatdan qayta qurollantirishni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. Banklar tomonidan bu maqsadlar uchun ajratiladigan ssudalar uzoq va qisqa muddatli bo‘ladi. Uzoq muddatli kredit asosan tegishli ob’ektlarning smeta qiymati miqyosida asosiy fondlarni kengaytirish uchun berilib, bunda uning miqdori tashkilotning ushbu maqsadlarda foydalanishga mo‘ljallangan o‘z mablag‘lari summasiga kamaytiriladi. Yangi qurilish uchun ssuda, agar ob’ekt ishga tushirilgandan keyin besh yil ichida qoplanishi biznes-reja orqali iqtisodiy hisob – kitoblar bilan isbotlangan hollarda beriladi. Yangi texnikani joriy etish, kengaytirish va rekonstruksiya qilish uchun ssuda kreditlanayotgan tadbirlarga qilinadigan xarajatlarning qoplanish muddati va samaradorligidan kelib chiqib ajratiladi.
Kredit olish uchun qarz oluvchilar bank muassasasiga kapital mablag‘ uchun mo‘ljallanayotgan xarajatlarning samaradorligi va ssudani to‘lash muddatlari haqidagi ma’lumotlar keltirilgan biznes-rejani taqdim etadilar. Kreditning yillik miqdori ssuda scheti ochilgan bank muassasasi bilan tashkilot o‘rtasida tuzilgan kapital shartnomalarni moliyalashtirish rejasida belgilanadi.
Ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanish maqsadlari uchun olingan uzoq muddatli kredit bo‘yicha ssudalar, ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanish fondi mablag‘lari hisobiga qaytariladi (to‘lanadi).
Qisqa muddatli kredit (bir yilgacha muddatga) asosan korxonalarning aylanma mablag‘larini aylanishini ta’minlash uchun, qo‘shimcha pul mablag‘lariga vaqtinchalik ehtiyoj paydo bo‘lganda ularni pul resurslari bilan ta’minlashga xizmat qiladi, chunki ularning sarflanish muddatlari mahsulotlarning realizatsiya qilinish va shunga muvofiq ravishda mablag‘larning kelib tushish vaqti bilan to‘g‘ri kelmaydi.
Ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanish fondi mablag‘lari hisobiga amalda mavjud bo‘lgan ishlab chiqarishni rekontruksiya qilish, texnik jihatdan qayta qurollantirish, yangi ob’ektlarni qurish muddatlari, ushbu fondda mablag‘ shakllanish vaqtiga to‘g‘ri kelmay qolgan holatlarda, ularni moliyalashtirish uchun fond tiklangunga qadar, lyokin bir yildan ortiq bo‘lmagan muddatga bank kredit berib turadi (ajratadi).
Rejani bajarmaydigan, moliyaviy intizomga rioya qilmaydigan tashkilotlarga nisbatan qo‘llaniladigan moliyaviy va kredit sanksiyalari, ularni to‘liq yoki qisman maxsus kreditlash va hisob – kitob yuritish tartibiga o‘tkazishdan iborat. Bunday holatlarda ssuda faqat yuqori tashkilot kafolati mavjud bo‘lgandagina beriladi; bitta shaharda joylashgan yetkazib beruvchilar bilan materiallar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun hisob – kitob to‘lov topshiriqlari yoki limitlangan amalga oshiriladi (bu esa hisob raqamida pul bo‘lgandagina mumkin bo‘ladi). Shu bilan birga vaqtning o‘zida qarzlar to‘lovida kechikishga yo‘l qo‘yilgan kredit turlari bo‘yicha ssuda berish to‘xtatiladi.
Rejaga kiritiladigan ta’mirlash ishlarining turlari, hajmi va qiymati bu maqsad uchun ishlab chiqiladigan loyiha – smeta hujjatlariga muvofiq belgilanadi. Uni tuzish uchun boshlang‘ich ma’lumot bo‘lib, yo‘l ta’mirlash qurilish tashkilotining bo‘limlari tomonidan har bir yo‘lning holatini aniqlash maqsadida o‘tkaziladigan texnik tekshiruvning natijalari xizmat qiladi.
Yo‘l tashkiloti bank muassasasiga avtomobil yo‘llarini ta’mirlashni moliyalashtirish rejasini (bunda yo‘l tashkilotlarining asosiy fondlarini kapital ta’mirlash xarajatlari alohida ko‘rsatib o‘tiladi), yillik ta’mirlash xarajatlari summasini alohida ob’ektlar bo‘yicha taqsimlanishi haqidagi ma’lumotnomani va ta’mirlash ishlarining smeta – texnik hujjatlari tasdiqlanganligi haqidagi ma’lumotnomani taqdim etadi. Moliyalashtirish boshlangunga qadar bank hujjatlarda ko‘rsatilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini yo‘l tashkiloti hujjatlarining asl nus’halari bo‘yicha tekshirib chiqadi (moliyaviy reja, natural va pul ko‘rinishidagi ta’mirlash rejasi, loyiha – smeta hujjatlari, loyiha – smeta hujjatlari tuzilmaydigan ishlar bo‘yicha esa smeta yoki baholangan ishlar ro‘yxati). Tabiiy ofatlar oqibatlarini tugatish bo‘yicha ta’mirlash ishlari defektlar vedomosti, donabay baholashlar va zarur holatlarda buzilgan ko‘priklar, trubalar va boshqa inshootlar uchun keyinchalik loyiha – smeta hujjatlari tuziladigan ishchi chizmalar mavjud bo‘lgandayoq boshlanishi mumkin. Loyiha – smeta hujjatlari ishlar tugatilgach, bir oylik muddat ichida moliyalashtiruvchi bankka taqdim etilishi kerak.
Yo‘l tashikiloti hisob schetidan o‘zining yo‘l ta’mirlash qurilish boshqarmalariga ishlash uchun kerak bo‘lgan mablag‘larni o‘tkazadi, yo‘l tashkiloti nomiga kelib tushayotgan resurslar uchun to‘lovlarni amalga oshiradi, o‘zining ma’muriy – boshqaruv apparatini ta’minlaydi. Hisob scheti orqali yo‘l tashkiloti davlat budjeti, kredit operatsiyalari bo‘yicha bank va yuqori tashkilot bilan o‘zining o‘zaro munosabatlarini olib boradi. Hisob schetidan maxsus schetga korxonaning o‘ziga qarashli asosiy fondlarning amortizatsiyasi o‘tkaziladi va boshqa to‘lovlar bajariladi.
Yo‘l tashkilotlarining ishlab chiqarish bo‘limlariga ular joylashgan hududdagi bank muassasasida uchta schet ochiladi: bo‘limning joriy scheti, yo‘l tashkilotining hisob subscheti va ssuda subscheti.
Bo‘limlarning joriy schetlariga yo‘l tashkiloti ish haqi (mukofotlar bilan birga) bo‘yicha hisob – kitob qilish, ijtimoiy sug‘urta, xizmat safarlari, xo‘jalik xarajatlari, moddiy rag‘batlantirish fondi va boshqa ishlab chiqarishga tegishli bo‘lmagan kirim mablag‘larini o‘tkazadi.
Hisob subscheti yo‘l ta’mirlash qurilish tashkilotining materiallar yetkazib beruvchilar, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun chet tashkilotlar bilan hisob – kitob qilishga, limitlangan chek daftarchalari sotib olishga va boshqa to‘lovlarni amalga oshirishga xizmat qiladi. Hisob subschetiga mablag‘lar faqat o‘zlarining yo‘l tashkiloti hisob schetidangina kelib tushadi. Subschetga boshqa hech qanaqa mablag‘ kelib tushmaydi.
Yo‘l ta’mirlash - qurilish tashkilotining bajargan ishlari va ko‘rsatgan xizmatlari uchun barcha to‘lovlar yo‘l tashkilotining hisob schetiga kirim qilinadi. Yo‘l ta’mirlash - qurilish tashkilotining subchetida qolgan mablag‘ qaytadan yo‘l tashkilotining hisob schetiga qaytarilmaydi.
Yo‘l tashkiloti amaldagi instruksiyalarga muvofiq ravishda, ta’mirlash ishlari uchun mavsumga yetarli materiallarni tayyorlab qo‘yish, moddiy boyliklar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun yetkazib beruvchilarning schetlarini to‘lash, xizmat ko‘rsatiladigan yo‘llarda boshqa (pudratchi) tashkilotlarining bajargan ta’mirlash ishlari uchun schetlarini to‘lash va boshqa maqsadlar uchun bank kreditlaridan foydalanishi mumkin. Qisqa muddatli kreditlash bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish uchun yo‘l tashkiloti ssuda schetiga, yo‘l ta’mirlash - qurilish tashkilotlari esa ssuda subschetlariga ega bo‘lishlari mumkin. Ssudani olishda yuridik shaxs yo‘l tashkiloti bo‘ladi. Yo‘l tashkilotlarining moliya xo‘jaligi ular bajaradigan vazifalarning xilma – xilligi tufayli ancha murakkabdir. Ular quyidagilar: moliyaviy rejalashtirish, moliyaviy resurslarni to‘plash, rejaga kiritilgan ishlarni moliyalashtirishni tashkil etish, to‘liq xo‘jalik hisobi va o‘z – o‘zini moliyaviy ta’minlash tamoyillariga amal qilgan holda quruvchi va ish bajaruvchi vazifalarini bajarish.



Download 83,93 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Download 83,93 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yo‘l tashkilotlarini kreditlash

Download 83,93 Kb.