|
Zamonaviy axborot kommunikatsion texnologoyilarning marketing jarayonidagi ahamiyati
|
bet | 3/11 | Sana | 03.01.2024 | Hajmi | 118,59 Kb. | | #129841 |
Bog'liq X.Kamoliddin (zamonaviy texnologiya Iqtisodiyotda)men6023 Zamonaviy axborot kommunikatsion texnologoyilarning marketing jarayonidagi ahamiyati
Mamlakatimizda aloqa va axborotlashtirish sohasini rivojlantirish, barcha sohalarga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, jahon axborot makoniga integratsiyalashish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Prezidentimizning 2012-yil 21 martda qabul qilingan “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazkur yo‘nalishdagi ishlarni takomillashtirishda muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda. 2013 yilning 1 yanvar holatiga ko'ra, ma'lumotlar uzatish, jumladan, internet tarmog'iga ulash xizmatlarini kro'satuvchi xo'jalik sub'ektlarining soni 930 taga yetdi, jamoa bo'lib foydalanish punktlari soni esa 1063 tani tashkil qildi. Xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish umumiy tezligi 7780 Mbit/s.ga yetkazilib, o'tgan yilga nisbatan 160,9 foizga o'sdi. Buning natijasida operator va provayderlarga internet xizmatlari (tashqi kanal) uchun belgilangan tarif 2012 yil boshiga nisbatan o'rtacha 25 foizga kamaytirildi. UZ zonasida qayd qilingan domenlar soni bugungi kunda 15,8 mingtadan ziyodni tashkil etdi. Hisobot davrida Davlat axborot resurslarining umumiy soni 195taga yetkazildi. Interaktiv davlat xizmatlarining umumiy soni 197tani tashkil qildi. Davlatimiz rahbari tomonidan 2012 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2013 yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisida quyidagi vazifasi “Axborot-kommunikatsiya va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi chora-tadbirlar va loyihalarni jadal amalga oshirish tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Biz o‘zimizga shuni aniq tasavvur etishimiz kerakki, iqtisodiyotning barcha sohalariga, kundalik hayotimizga zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimlarini keng joriy etish bo‘yicha tub va ijobiy ma’nodagi portlash effektini beradigan o‘zgarishlarni amalga oshirmasdan turib, istiqboldagi maqsadlarimizga erishish qiyin bo‘ladi. Biz qisqa vaqt mobaynida nafaqat axborot xizmatlari ko‘rsatishning ko‘plab turlari bo‘yicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etishimiz, balki axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish borasida yuksak darajaga erishgan ilg‘or mamlakatlar safiga qo‘shilishimiz zarur”2. Bugungi kundagi asosiy ustuvor vazifa sifatida amalga oshirilmoqda.Davlatimiz rahbari tomonidan 2012 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2013 yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisida belgilab berilgan AKTni kelgusida yanada rivojlantirish va takomillashtirish borasidagi vazifalar ham alohida ahamiyatga ega. Jumladan, mazkur muhim vazifalarni amalga oshirish bo'yicha soha korxonalari rahbarlariga tegishli chora-tadbirlarni belgilab olish va ijrosini ta'minlash yuzasidan quyidagilarni amalga oshirmoqdalar:
“Elektron hukumat” tizimini, shu jumladan, boshqaruv jarayonlari, shuningdek, biznes sohasiga va fuqarolarga davlat xizmatlari ko'rsatish tizimini shakllantirish konsepsiyasi va kompleks dasturini ishlab chiqishni jadallashtirish,
tadbirkorlar va aholiga interaktiv davlat xizmatlari ko'rsatishning elektron shakllarini joriy qilish,
milliy axborot-kommunikatsiya tizimlarini rivojlantirishning 2013-2017 yillarga mo'ljallangan kompleks Dasturini ishlab chiqish,
zamonaviy texnologiyalar asosida videotelefonlar, internet-televideniye, yuqori tezlikdagi internet, HDTV kanallarini namoyish qilish va boshqa xizmatlar ko'rsatish imkonini beradigan 2 ming kilometr uzunlikdagi keng polosali optik tolali aloqa tarmog'i qurilishini yakuniga yetkazish,
internet tarmog'ida turli yo'nalishlardagi zamonaviy milliy veb-resurslarni yaratishAxborotlashtirish sohasidagi islohotlarning olib borilishi natijasida respublikamizning barcha tarmoqlari va davlat boshqaruvi organlari oldiga qo’yilgan vaziflardan kelib chiqib ,zamonaviy axborot-komunikatsion texnologiyalari (AKT) va telekomminikatsiya tizimlarini rivojlantirish va ularni hayotga keng joriy etish qilinishiga erishilmoqda. Jumladan ,bozor iqtisodiyotining ijtimoiy yo’naltirilgan ko’p tarmoqli axborot industriyasini tashkil etish , AKTni iqtisodiyotning turli sohalarida keng joriy qilish orqali jamiyatimizning ichki mustahkamligi va ijtimoiy birligini tashkil etish , umumjahon hayot sifati standartlariga chiqish maqsadida ,8ta qonun ,O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 3ta farmoni. Prezident va hukumatimizning 17ta qarori qabul qilindi.Vazirlar Mahkamasining maxsus qarorlariga asosan davlat axborot resurslarini qo’shimcha ro’yxati tasdiqlanib , yil boshida 51 ta davlat axborot resurslari va 8ta davlat axborot tizmlari yaratildi hamda davlat organlarining 49 interaktiv xizmatlari turlari tasdiqlandi. Mamlakatda iqtisodiyotni rivojlanishi, boshqarish tizimini mukamallashtirish axborotlarsiz amalga oshirib bo’lmaydi. Marketing muammolariga mamlakatimiz Prezidentimiz alohida e’tibor qaratib: ”Biz doimo hamma darajada marketing tadqiqotlarini tashkil etish bilan jiddiy shug’ullanish zarurligini ta’kidlaymiz.Biroq bu borada amalda juda oz ish qilinmoqda.Ichki va tashqi bozorlarning taraqqiyot tamoyillarini yaxshi bilmaslik natijasida korxonalar ,qo’yinki butun mamlakat katta zarar ko’rmoqda.”3 Xalqaro tajriba shuni ko’rsatadiki davlat boshqaruvida AKTni qo’llash uning natijaviy samaradorligini,xususan axborotning o’zaro ta’siri ,qayta ishlanishi va izlanishni amalg oshiridh uchun vaqt qisqarihsi hisobiga unumdorlini o’rtacha 20foizga ko’paytirishga imkon yaratilmoqda .
Axborotlar milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlari, sohalari, bo’linmalari (ish joyidan tortib vazirliklargacha) o’rtasida va ushbu korxona bilan o’xshash korxonalar va tashkilotlar o’rtasida uzluksiz axborot almashishdan iborat. Fantexnika taraqqiyoti o’sishi bilan birga chiqarilayotgan tovarlarning nomenklaturasi ham ortadi, tez yangilanadi, ishlab chiqarishning texnika bazasi zamonaviy va murakkab mashinalar sistemasi bilan boyiydi, texnologik jarayonlar intensivlashadi va murakkablashadi, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish kengayadi va hokazo. “Marketing faoliyatining kommunikatsion jarayonlari (KJ),uning alohida ob’ektlari o’rtasida axborotlar almashuvida namoyon bo’lib, korxona MAT axborot jarayonlarining barcha bosqichlariga kirib boradi. Uning ahamiyati va hususiyatlari axborotlarni yig’ish ,ro’yxatga olish va uzatish hamda korxonaning bozor va ishlab chiqarish jaryonini tartibga solishdagi teskari aloqa vazifasini amalga oshirishda eng ko’p darajada namoyon bo’ladi.”4 Bozor imkoniyatlarini yaxshiroq bilish va marketing muammolarini echish uchun har qanday tashkilot, korxona yoki firmaga to’liq va haqqoniy axborot zarur. Ular o’z xaridorlarini, raqobatchilarini, vositachilarini sotish va baholar to’g’risidagi ma'lumotlarga ega bo’lmasdan turib, har tomonlama tahlil, rivojlantirish va nazorat qilishni amalga oshira olmaydilar.Mashhur amerikalik marketologlardan biri shunday degan edi: "Biznesni boshqarish - bu uning kelajagini boshqarish, kelajagini boshqarish - axborotga egalik qilishdir". Haqiqatdan ham, axborot moliyaviy, xom-ashyo, asbob-uskunalar va ishchi kuchi kabi muhim boshqarish resursi va ob'ekti bo’lib qolmoqda. Shu bilan bir vaqtda, xorijlik tadqiqotchilar ta'kidlaganidek, bozor to’g’risidagi axborotlardan to’liq qoniqqan korxonani topish juda mushkul. Ayrimlar aniq ma'lumotlarning etishmasligidan nolisalar, boshqalari noaniq axborotning ko’pligidan noliydilar. Bundan tashqari, axborotning qanchalik haqqoniyligini aniqlash ham muammodir. Shuning uchun, hatto xorijda ham xaridor bozori sharoitida juda kamdan-kam firmalargina rivojlangan marketing axboroti tizimiga ega ekanliklari bilan maqtana oladilar. Ularning ko’pchiligi marketing tadqiqot bo’limlariga ega emaslar, boshqalari o’z tarkiblarida, sotishni istiqbollash va tahlil qilish bilan shug’ullanuvchi kichik bo’limlarga egadirlar. Endi bizdagi ahvolga kelsak, bozorning ahvoli haqida axborot to’plash hali o’z rivojining ilk bosqichidadir. Lekin yangidan-yangi talablarning shiddat bilan rivojlanishi, marketingning baynalminallashuvi, raqobatning keskinlashishi samarali axborotlarga egalik qilishni kun tartibiga qo’ymoqda. “Axborot kommunikatsion texnologiyalari –oddiy bo’lmagan tovardir. Bozorda ular istalgan mahsulot va ishlab chiqarish vositasi sifatida bo’ladi,chunki bozorning faoliyati axborot ta’minotiga bog’liq.Interaktiv xizmatning vjudga kelishi davrida marketing bo’yicha mutaxassislar o’zlarining beosita asosiy iste’molchialriini har tomonlama bilganalr va tegishli aborotlarni yig’ish uchun ular bilan tog’ridan tog’ri aloqalr o’rnata olganlar.”5
Bunga yangi texnikalarning, yangi kompyuterlar, nusxa ko’chiruvchi mashinalar, videomagnitofonlar va boshqalarning keng ko’lamda ishlatilishi keng imkoniyatlar yaratmoqda.
“Amaliyotda ilk bor marketing bo’limlari 1911 yilda «Kretis pablishing Ko», «Svift end Ko», «Yu.S. Rabker Ko» kabi kompaniyalarning boshqaruv apparati tarkibida tashkil topdilar. 1926 yilda AQShda marketing va reklama o’qituvchilarning Milliy assotsiatsiyasi tuzildi. 1931 yilda Amerika marketing jamiyati, 1937 yil esa Amerika Milliy assotsiatsiyasi tuzildi. 30-40-yillarda ko’pgina iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda milliy marketing assotsiatsiyalari tashkil topdi. 50-60-yillarda halqaro marketing federatsiyasi, jamoatchilik fikrlari va marketing bo’yicha Yevropa jamiyati va Yevropa marketing akademiyasi kabi halqaro marketing tashkilotlari tuzildi. 1986 yilda «Sovplastital» qo’shma korxonasida birinchi bo’lib marketing bo’limi tuzildi. Keyingi yillarda Tashtekstilmash, Chkalov aviatsiya birlashmasi, Toshselmash kabi yirik korxonalarda ham marketing bo’limlari tuzildi.”6
Marketing- tovar ayirboshlash yo’li bilan extiyoj va talablarni qondirishga yo’naltirilgan inson faoliyatinig turi, bozordagi barcha qatnashchilarning o’zaro manfaatlariga asoslangan xarakatlarini, talabini shakillantirish va qondirish uchun birlashtirishdir. Marketing – bu tovar xarakatining barcha bosqichlarini o’z ichiga oluvchi, talab, taklif va bahoni o’rganish, mahsulot ishlab chiqarish dasturini yaratish, sotish va iste’mol qilish va iste’moldan keyingi turli xildagi servis xizmatlar ko’rsatish va iste’moldan chiqqandan keyin utilizatsiyalashni tashkil qilish kabi bozor muammolarini yechishda yaxlit-tizimli yondashishdir.
Marketingga Abdullayeva.O,Qosimova. M quyidagicha ta’rif berishgan
“Marketing –ehtiyoj va muhtojlikni ayirboshlash orqali qondirishga qaratilgan inson faoliyatinig turidir.”6.Marketingni boshqarishni uni tizimlarini Jalolov J, Axmedov I , quyidagicha ta’riflashgan:
-“marketingni boshqarish- bu marketing bilan shug’ullanuvchi xodimlarni o’z ichiga oladigan xizmatlar, bo’limlar, bo’linmalar yig’indisi bo’lib, ular faoliyatini korxona maqsadiga erishish yo’lida tashkil etish va amalga oshirishdir.
-marketingni funksional tamoyil asosida boshqarish - bu holatda bozorlar va ishlab chiqarilayotgan tovarlar bir xil tovarlar sifatida qaraladi va ular bilan ishlash uchun ixtisoslashgan bo’limlar tuziladi.
-marketingning tovarlar tamoyili asosida boshqarish- korxonalarning ishlab chiqarish hajmi va mahsulot turlari katta miqdorda bo’lgan hollarda qo’llaniladigan usul.
-marketing tizimi- ishlab chiqaruvchi, iste’molchi, ta’minotchi, raqobatchi, vositachi yuridik va jismoniy shaxslarni o’z ichiga olib, ayirboshlash yo’li bilan foyda olish maqsadida tovar va xizmatlarga talabni shakllantirish va rivojlantirish bo’yicha o’zaro uzluksiz aloqada bo’luvchi ijtimoiy-iqtisodiy elementlar majmuidir.
-vertikal marketing tizimi (VMT) – mustaqil biznes bo’la oladigan ishlab chiqarish, ulgurji savdo tashkilotlari, do’konlarning integratsiyalashuvidir.
-kvazi vertikal marketing tizimi- qo’shilayotgan ishlab chiqarish va mahsulotni sotish bo’yicha mustaqil korxonalar tomonidan yetakchi firma nazorati ostida amalga oshiriladigan marketing tizimi.”7
Marketingga Soliyev A, S Buzrukxonov quyidagi ta’rifni berishgan “marketing-tadbirkorlik(biznes faoliyati falsafasi sifatida ifodalanishi jahondagi ko’pchilik ilmiy va amaliy maktablarda shakllangan g’oyadir.U ko’pchilik mamlakatlar tadbirkor (biznesmen)lari,menejerlar va olimlarning aniq bir siyosiy ijtimoiy-iqtisodiy shariotlardagi ijodiy hamkorliklari natijasidir“9
Marketing turlari o’rtasida muayyan bog’liqlik mavjud. U marketing jarayonlarini har tomonlama va aniq vaziyatda ko’rib chiqishga imkon beradi:
-o’zgartiruvchi (konversion) marketing - salbiy talabning mavjudligiga bog’liq, bunda bozorning katta qismi mazkur tovar yoki xizmatni inkor qiladi.
-rag’batlantiruvchi marketing muayyan tovar va xizmatlarga talabning yo’qligi kuzatilishi bilan tavsiflanadi.
-remarketing - bu pasayib boruvchi talab sharoitida ilgarigi marketing kompleksini qaytadan anglash asosida uni tiklash maqsadida qo’llanadigan marketing turi. Rivojlantiruvchi marketing xaridorlarning ko’pchiligi mavjud mahsulotlardan qoniqmagan, lekin yashirin talab shaklidagi ehtiyoj mavjud bo’lgan paytda bo’lishi mumkin (masalan, zararsiz sigaretalar, tejamliroq avtomobillarga talab). Sinxromarketing - bu bozorning shunday vaziyatiki, unda talab vaqt jihatidan tovarlarni taklif qilish tuzilmasiga mos kelmaydigan mavsumiy yoki boshqa tebranishlar bilan harakterlanadi.
Qo’llab-quvvatlovchi marketing to’liq talabning mavjudligini harakterlaydi, ya'ni bunda tovar va xizmatlarga talabning darajasi va tarkibi taklifning darajasi va tarkibi to’la mos keladi.
Demarketing haddan tashqari katta talab sharoitida, ya'ni tovar yoki xizmatga bo’lgan talab taklifdan ancha katta bo’lgan holda qo’llanadi.
Qarshi (aks) ta'sir ko’rsatuvchi marketing sog’liq uchun zararli bo’lgan yoki jamoatchilik nuqtai nazaridan noratsional bo’lgan u yoki bu mahsulotlar (sigaretalar, narkotik moddalar, pornografiya)ga irratsional (akldan tashqari) talab mavjud bo’lganda amal qiladi.
Marketingning maqsad va vazifalari
Marketing sohasidagi adabiyotlarda asosan marketingning to’rtta maqsadi keltiriladi. Bular quyidagilar hisoblanadi:
Mumkin bo’lgan maksimal yuqori iste'molga erishish.
Iste'molchilarning talabining maksimal qondirilishiga erishish.
Iste'molchilarga keng assortimentdagi tovarlarni tanlashiga imkoniyat yaratish.
Aholi turmush darajasi sifatini oshirish.
Marketing maqsadlarini uzoq muddatli va qisqa muddatli turlarga bo’lish mumkin. Ular iqtisodiy ko’rsatkichlar va firmaning o’xshash mahsulotni ishlab chiqaruvchilar orasidagi mavqei bilan belgilanadi. Marketingning asosiy tasdiqlangan maqsadi bo’lib inson ehtiyojlarini qondirishdan iborat ekanligini hisobga olgan holda, "Marketing tizimining haqiqiy maqsadi nima?" degan savolga umumlashgan tarzda to’rtta muqobil javob mavjud:
Maksimal yuqori iste'molga erishish.
Iste'molchilarning maksimal qondirilishiga erishish.
Maksimal keng tanlash imkoniyatini ta'minlash.
hayot sifatini maksimal ko’tarish.
Hayot sifati murakkab tushuncha va u quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:
sog’liqni saqlash, ta'limning ahvoli, hayot davomiyligi, aholi bandligi, tovarlarning miqdori, assortimenti, arzonligi, aholining xarid qobiliyati, madaniy va jismoniy muhitning sifati.
Marketing maqsadlari firma maqsadlariga erishish quroli bo’lib hisoblanadi.
Umumlashtirishning pastroq darajasida firmaning aniqroq miqdoriy va sifatiy maqsadlari haqida gapirish mumkin. Firmaning sifatiy maqsadlari, odatda, firmaning obro’-e'tiborini oshirishga yo’naltirilgan, uning ijtimoiy muhimligini kuchaytiradi. Ular quyidagilardan iboratdir:
Mashhurlikni oshirish.
Yuqori imijga erishish.
Bandlikka, mehnat bozoriga ijobiy ta'sir ko’rsatish.
Ta'lim, sport, madaniy va boshqa tadbirlarni qullab-quvvatlash.
Miqdoriy maqsadlarga quyidagilarni kiritish mumkin:
Foydaning hajmi.
Sotilishlar hajmi.
Bozor ulushining oshishi.
Barqarorlikni ta'minlash.
Xarajatlarni kamaytirish.
Mehnat unumdorligi.
Miqdoriy maqsadlarning tanlanishi va tartibga solinishini soddalashtirib, biznes sohasida quyidagi hikmat paydo bo’ldi: "Firmaning maqsadini tanlash - bugun yuqori foyda olish yoki ertaga yuqori bozor ulushiga ega bo’lish orasida tanlashdan iborat".
Bu ifoda mantiqqa va iqtisodiy ma'noga ega bo’lsa ham, u muammoni haddan tashqari osonlashtirib yuboradi.
Shunday qilib, firmaning maqsadi - u pirovard natijada nimaga erishmoqchi, vazifalari - qo’yilgan maqsadga erishish uchun nima qilishi kerak. Amalda marketing quyidagi asosiy vazifalarni hal qilishga mo’ljallangan:
Mavjud yoki potentsial talabni aniqlash yo’li bilan u yoki bu mahsulot (tovar, xizmat)ni ishlab chiqarish zaruriyatini asoslash.
Xaridorlar talabiga javob beruvchi mahsulot modellarining nusxalarini yaratish bo’yicha ilmiy tadqiqot (IT) va tajribaviykonstruktorlik ishlari (TKI)ini tashkil etish.
Korxonaning ishlab chiqarish, sotish va moliyaviy faoliyatini tartiblashtirish va rejalashtirish.
Tovarlarni sotish usullarini takomillashtirish.
Ishlab chiqarish va sotish sohasida firmaning bosh maqsadlariga erishish uchun uning butun faoliyatini, shu jumladan, transportirovka, o’rash, sotish, reklama, texnik va servis xizmat ko’rsatishning operativ boshqarilishini tartiblashtirish va yo’naltirish.
Markеtingni vazifaviy tashkil qilish dоirasidagi mahsulоt bo’yicha bоshqaruv
SHuning bilan birga, ta’kidlash kеrakki, muhitga mоslashish nuqtai nazaridan vazifaviy tuzilma miqdоriy tеbranish ta’siriga javоb bеrishga qоdir, ammо muhim muammоlarni hal qilish uchun muvоfiqlashtirish еtishmaydi, shuning uchun undan bir turli ishlab chiqarish dasturi bo’lgan kоrхоnalarda fоydalanish mumkin. Vazifaviy tashkil qilish dоirasi muvоfiqlashtiruvchi muammоlarni hal qilish uchun ba’zida mahsulоt bo’yicha mеnеjmеnt kiritiladi. Mahsulоt bo’yicha mеnеjеr bitta yoki bir turli buyumlar guruhini ishlab chiqarishga tadbiq etishdan tо uni chiqarib sоtishgacha javоbgar bo’ladi. Bu bilan bоg’liq uning asоsiy vazifasi - ushbu mahsulоtni ishlab chiqarish munоsabati bilan kоrхоna хizmatlari ishini muvоfiqlashtirishdir.
Bozorni tadqiq qilish
|
|
Mahsulot
|
|
Bahoning shakllanishi
|
|
Reklama
|
Markеtingni vazifaviy tashkil qilish8
Marketing funktsiyalari uning amaldagi mohiyatini ifodalaydi. Ular tovar siyosati, narxning hosil bo’lishi, kommunikatsiyalar va sotish orqali namoyon bo’ladi. Bunda quyidagi savollarni echish birinchi galgi vazifa hisoblanadi:
Nimani ishlab chiqarish kerak? Bozorning holati va korxonaning kerakli mahsulotni ishlab chiqarish bo’yicha potentsial imkoniyatlari hisobga olinadi.
Kimga sotish kerak? Korxonaning maqsadli bozori va uning talablari o’rganiladi.
Qanday sotish kerak? Marketing harakatlarining kompleksi ishlab chiqiladi (assortiment, narx, o’rash, sotish, reklama va hokazo).
Marketingning umumiy funktsiyasini to’rtta yo’nalishga bo’lish mumkin: analitik, ishlab chiqarish, sotish, boshqarish va nazorat.
Analitik funktsiya bozorni, iste'molchilarni, firma va tovar strukturasini o’rganish, shuningdek, korxonaning ichki muhitini tahlil qilishdan iborat.
Ishlab chiqarish funktsiyasi yangi tovarlarni ishlab chiqarishni tashkil etish, yangi texnologiyalarni ishlab chiqish, moddiy-texnika ta'minotini tashkil qilish va tovarning sifati va raqobatbardoshligini boshqarishga yo’naltirilishini ta'minlaydi.
Sotish funktsiyasi tovar harakati tizimini tashkil qilish, servis, maqsadli tovar va narx siyosatini olib borish bilan bog’liq bo’lgan masalalarni hal qiladi.
Boshqarish va nazorat funktsiyasi strategik va operativ rejalashtirish, marketingni boshqarishning axborot ta'minoti, korxonada kommunikatsiyalar tizimini tashkil qilish va marketing nazoratini o’tkazish bilan bog’liq bo’lgan jarayonlarni o’z ichiga oladi.
Marketing tamoyillari uning g’oyaviy yo’nalishini va korxonaning boshqarish tizimidagi marketing yondashuvlarini belgilaydi. Hozirgi sharoitda marketingning asosiy, birlamchi tamoyili muayyan iste'molchilarning muammolarini samarali hal qilishga qaratilgan. Bozorda tovarning muvaffaqiyat qozonishi u yoki bu tovar mijoz oldida turgan muammoni qanchalik samarali hal qila olishiga bog’liq. Bu yondashuv o’z navbatida quyidagi tamoyillarda aniqlashadi va rivojlantiriladi:
iste'molchiga yo’naltirilganlik;
talabni prognozlash va shakllantirish;
qarorlarning kompleksliligi va ko’p variantliligi;
qarorlarning markazlashtirilmaganligiga urg’u berish va holatlarni boshqarish;
istiqbolga yo’naltirilganlik;
dasturli maqsadli yondashuv.
Aynan ana shu tamoyillar marketingning yangi, eng harakterli belgilarini ochib beradi. Keltiriladigan belgilar to’plami kengayishi yoki torayishi mumkin, lekin asosiy tamoyil - to’liq iste'molchiga yo’naltirilish - albatta mavjud bo’ladi. Pirovard natijada bu tamoyil boshqa hamma tamoyillarning paydo bo’lishi va shakllanishini belgilab beradi.
Taniqli Amerika olimi - marketolog F.Kotler marketingning ta'rifini quyidagicha ifodalaydi: "Marketing - tovarlarni yaratish, taklif etish va ayraboshlash asosida ayrim olingan kishi va guruhlarning talab va ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan iqtisodiy va boshqaruv jarayonidir".
Boshqaruv muammolari bo’yicha etakchi nazariyotchi olimlardan biri Peter Drukkerning ta'rifi esa quyidagicha: "Marketingning maqsadi sotishga qaratilgan harakatlarni yo’q qilishdan iboratdir. Uning maqsadi xaridorlarni shunday o’rganish va tushunishdan iboratki, tovar va xizmatlar uning talabiga aynan mos tushib, pirovardida o’zini-o’zi sotadi".
Frantsuz marketing maktabida qo’llaniladigan ta'rif ham Peter Drukker ta'rifiga juda yaqin turadi. Unga ko’ra: "Marketing -bu sotishni ta'minlash va sotuvga tovarlar va xizmatlarni istemolchilarning talabiga mos holda chiqarish orqali ularning talabini qondirish maqsadida o’tkaziladigan chora-tadbirlar majmuidir".
Amerika Marketing Assotsiatsiyasining 1985 yilda marketingga bergan ta'rifi esa quyidagicha: "Marketingning mohiyati insonlar va tashkilotlar talabini qondirish maqsadida tovar va xizmatlar ishlab chiqarishni rejalashtirish va uni amalga oshirish, narx belgilash, tovarlar harakati va sotilishini uyushtirishdir".
Keltirilgan ta'riflardan ko’rinib turibdiki marketing serqirra jarayondir. Shu bilan bir qatorda marketing bozor munosabatlari sub'ektlarining biznes falsafasi, fikrlash strategiyasi va taktikasi faoliyati ekan desak xato qilmagan bo’lamiz. Demak, marketing bir vaqtning o’zida "ham mushohada va ham harakat jarayoni" ekan. Hozirgi bozor iqtisodiyoti yuqori darajaga ko’tarilgan mamlakatlarda marketing tamoyillari oddiy tovar ishlab chiqarishdan boshlab to murakkab texnologiyalargacha bo’lgan jarayonlarda yaqqol ko’rinmoqda. Bugungi bozor iqtisodiyoti toboro chuqurlashib borayotgan sharoitda firmalar, korxonalar va boshqa bozor sub'ektlarining raqobatga bardosh berib, samarali faoliyat ko’rsatishining birdan-bir yo’li marketing imkoniyatlaridan keng foydalanish ekanligi hech kimga shubha tug’dirmaydi.
Mashhur iqtisodchi Adam Smit XVIII asrning ikkinchi yarimidayoq o’zining "Jamiyat boyligi" nomli kitobida ishlab chiqaruvchining iste'molchining talabini qondirishdan boshqa qayg’usi yo’qdir - deb yozgan edi.
Marketing XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida xaridor talabini qondirishga mo’ljallangan, korxonalarning ishlab chiqarish-sotish, savdo faoliyatlarini tashkil qilish va boshqarish tizimi sifatida paydo bo’lgan. Ishlab chiqarish va umuman xo’jalik yuritishga marketing nuqtai nazaridan yondashish xaridorga ta'sir qilishning keng jabhalarini o’z ichiga oladi. Bu bozor uchun bo’lgan raqobat kurashining o’ziga xos xususiyatlarini aniqlashga olib keladi. Bozor doirasida sabab-natija aloqalarini tahlil qilishning maxsus usullarini qo’llab, xaridorlar talabi, ehtiyoji, didi va ta'bi to’g’risida axborotlar topib, korxona va tashkilotlar, marketing kontseptsiyasi u yoki bu tovarga va xizmatga xarid qiziqishini shakllantirish uchun iqtisodiy, tashkiliy, texnik va ijtimoiy yo’nalishlarni tashkil qiladi. Ular talabni mumkin bo’lgan rivojlanish istiqbolini aniqlaydilar, uni maqsadli yo’nalishini shakllantirish uchun qarorlar qabul qiladilar va ko’rilgan tadbirlar samaradorligini albatta nazorat qiladilar. Xarid masalaga marketingli yondashishdagi har tomonlama tahlilning o’ziga xosligi, bozordagi yuz beradigan jarayonlarni hisobga olishgina emas, balki ishlab chiqarish korxonalari, tovarlarni etkazib beruvchi vositachilar, ulgurji va chakana savdo korxonalari va ular bilan bog’liq boshqa barcha tashkilotlarning bozor bo’g’inlari tizimidagi operativ va uzoq vaqtga mo’ljallangan aniq maqsadlarini o’zgarishini tahlil qilishdir. Marketing xo’jalikning ma'lum bir tarmog’iga, masalan ishlab chiqarishga yoki savdoga ta'lluqli deb o’ylash noto’g’ri bo’lur edi. U bozorga xizmat ko’rsatuvchi barcha xo’jalik sub'ektlarini o’z ichiga oladi va ulardan birgalikda va yaxlit foydalanilganda, birgalikdagi faoliyatning so’nggi natijasi uchun umumiy strategik yo’nalishi mavjud bo’lgan holdagina uning vosita va usullari samarali natija beradi.
Bizning iqtisodiyotimiz sharoitlaridan kelib chiqqan holda, bunday natijalar quyidagilar bo’lishi mumkin: bozor va milliy iqtisodiyot manfaatlaridan kelib chiqqan holda iste'mol tovarlari ishlab chiqarish va xizmatlarni tashkil qilish, tovar aylanishi miqdori va tarkibini shakllantirish, bozor talablari nuqtai nazaridan milliy iqtisodiyotni istiqbolini aniqlash va hokazolar. Marketingli yondashish, markazdan turib boshqarish va rejalashtirishdan nima bilan farq qiladi? Bunda korxona va tashkilotlarning ish amaliyotida bozor talabi umuman hisobga olinmas edi. Marketing esa sotish uchun taklif qilinayotgan tovarning ham, unga almashinadigan va aholining turlicha bo’lgan tabaqalarining daromadlariga asoslangan pul oqimining ham aniq manzilli bo’lishini talab qiladi.
Marketingli qarorlar qabul qilish korxonalardan bozorga mumkin qadar moslashishni va davlat iqtisodiy siyosatiga to’liq javob berish bilan birga, ishlab chiqarishning samaradorligi va foydaliligini oshirish, mehnat natijalaridan moddiy manfaatdorlikni oshirishga asoslangan, o’zining rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilishni har vaqt talab qiladi. Nima uchun bunday qol sodir bo’ladi? Gap shundaki, marketingli yondashuvda qiymat qonuni va tovar ishlab chiqarishning boshqa iqtisodiy qonunlari qat'iy amal qiladi. Ana shu asosida faqat bozorgina tovar-pul almashinuvini ta'minlaydi. Ishlab chiqilgan moddiy boyliklar pul ekvivalentiga almashtirilmas ekan, ijtimoiy takror ishlab chiqarish tugallangan va to’liq bo’lmaydi va yangi ishlab chiqarish davri tsikli boshlanishi o’z-o’zidan mumkin emas. Eng kam xom-ashyo, materiallar, mehnat va moliya resurslari sarfi bilan talabni ko’proq, to’laroq qondirishga imkon beradigan marketing strategiyasining ma'nosi ham ana shunda.
Shunday qilib, marketing usullaridan foydalanish korxona manfaatlari va maqsadlarini, jamiyat maqsadlari va manfaatlari bilan birlashtiriladi, iqtisodiyot taraqqiyotiga mikro va makroiqtisodiy yondashuv birligini ta'minlaydi.
Har bir korxonaning marketing tizimida axborot asosiy ahamiyatga ega chunki har qanday marketing faoliyati tovarlar ishalab chiqarish bozorida vjudga kelgan vaziyatli bilishga asoslanadi.Ko’pgina marketing tadqiqotlari va tadbirlarning maqsadi axborotlarga erishishga qaratilgandir.Bu tadbirlarning natijasi marketing faoliyati ob’ekti haqidagi dastlabki bilimalrni talab qiladi,amlga oshirirsh jarayonining o’zi esa joriy ta’sirlarga tuzatishlar kiritish va bo’lg’usi marketing dasturlarini ishlab chiqish maqsadlarida ob’ekt bilan teskari aloqa o’rnatishuchun zarur bo’lgan yangi ma’lumotlarni yaratadi.Zarur marketing axborotlarning yo’qligi ,noaniq va muhim bo’lamagan ma’lumotlardan foydalanish jiddiy iqtisodiy xatolarning sababi bolishi mumkin.Marketing axaborotlaridan maqsad boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayonida noaniqliklar darjasini aniqlashdan kamaytirishdan iborat.Bu esa o’z o’rnida turli-tuman axborotlarning katta hajmini yig’ish ,saqlash ,uzatish va ishlab chiqishni talab qiladi.Axborotga asoslanib va yangi axborot ehtiyojlarini yaratib, zamonaviy axborot texnologiyalrdan foydalanmasdan ,rivojlangan axborot bazasi va kommunikatsiya tiizmlarini yaratmasdan samarali marketing faoliyatini yuritish mumkin emas.Axborot mahsulotlari va hizmatlari marketingida kompyuter texnologiyalarni qo’llash -davr talabi.Marketing ma’lumotlarini doimo kuzatish va saqlash tizimida axborotlarni yig’ish boshqa marketing op[ertasiyalari orasida katta o’rinni egallaydi,chunki u axborotlarni xususiyatlari bo’yicha turli tuman manbalar bilan bog’liqdir.Korxonada marketing boshqaruvining axborot tiizimlari.Marketing axborot tizimlari muammo sohsini butun tarkibiy qismalarfi butligi va o’zaro bog’liqligi asosida quriladi.
Respublikamiz o’zining ijtimoiy maqsadlari va iqtisodiy dasturlarini faqat bozor mexanizmi orqaligina amalga oshirishi mumkin. Bunga bizni keyingi vaqtdagi tovar-pul munosabatlari va bozor iqtisodiyotining rivoji ham ishontirmoqda.Boshqaruvning iqtisodiy usullari amal qilgan sharoitda milliy iqtisodiyotning asosiy bo’g’ini bo’lmish korxona va birlashmalarning huquq va mas'uliyatlari kengayadi, ularning tovar ishlab chiqaruvchilar sifatidagi roli oshadi. Marketing korxonaning ishlab chiqarish va sotish faoliyatini boshqarish sifatida tashkil qilinadi.Shuning uchun ham iste’molchilarni talablarni qanoatlantirish va eng katta foyda olish maqsadlarida bozor ehtiyojlarni har taraflama o’rganish nuqtai nazardan muhitni quyidagi qismlari haqidagi bilimlarga suyanadi.
-tovarlar va xizmatlar bozori;
-tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish;
-ishlab chiqarish va sotish bozori bilan bog’liq tashqi makro muhit.
Bunda tovarlar va xizmatlar bozori haqidagi axborot axborotlarning boshqa turiga nisbatan ustunlik qiladi va barcha marketing tadqiqotlarni maqsadga
yo’naltirilganligini belgilab beradi.Bozorning holati va tovarlar xizmatlarini ishlab chiqarish haqidagi axborotlar korxona rahbariyati tomonidan raqobatdagi korxonalarga nisbatan qulayroq iqtisodiy sifatlarni yaratishga yo’naltririlgan korxonaning keyingi faoliyatini strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish uchun foydalaniladi.
Marketing talabni qondirishga qaratilgan faoliyat bo’libgina qolmay, balki talabga ta'sir ham qilishdir. Xo’sh, bu ta'sir qanday bo’lishi kerak, boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishga o’tish va yangi talabni vujudga keltirish kerakmi? Marketing faoliyatining bu aniq maqsadlarini - bozorda mavjud bo’lgan vaziyatni hisobga olish bilan, xaridorlar qiziqish darajasi bilan, korxonaning o’z iqtisodiy va ijtimoiy vazifalari bilan, u yoki bu bozorga kirishi bilan aniqlanadi. Shunday qilib, talab marketing maqsadini, shu bilan birga kerakli marketing strategiyasini tanlashga imkon beradi.
Marketing axborot tizimi (MAT) korxonaning marketing faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan ma'lumotlarni to’plash, jamlash va ishlov berishning usullari, uslublari, tashkiliy tadbirlari va texnik vositalarining yig’indisi, deb ta'riflanadi. MAT korxonani boshqarishdagi axborot tizimining eng muhim tarkibiy qismidir Tashqi muhit to’g’risidagi axborotlar. Marketing axborotlarni marketing bilan shug’ullanuvchi xodimlar tomonidan nazorat qilinadigan, bozorning barcha xarakteristikalari bo’yicha ma’lumotlardan tashkil topgan marketing axborot tizimini (MAT)ni tashkil etish yo’li bilan amalga oshiriladi. Marketing bo’yicha mutaxassislar bozor holati to’g’risidagi ma’lumotlarni yig’ish bilan shug’ullanadilar.” Marketing axborotlarni yig’ishning asosiy yo’nalishlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
|
| |