• Amaliy psixologiya
  • Attraktsiya
  • Ijtimoiy psixologiyasi




    Download 1,28 Mb.
    bet32/45
    Sana22.11.2023
    Hajmi1,28 Mb.
    #103672
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   45
    Bog'liq
    37255 Ijtimoiy Psixologiya majmua qisqargan

    TARQATMA MATЕRIALLAR










    GLOSSARIY


    Affekt (latincha affectus – ruhiy hayajonlanish, qiziqish) qisqa muddatda va shiddat bilan sodir bo`ladigan hissiy, hayajonli jarayon: hulq-atvor, hatti-harakat ustidan nazoratning susayishi tufayli ro`y beradigan kuchli his-tuyg`u (g`azablanish, qo`rqish, nafratlanish, shodlanish). Mutaxassislar normal va patologik affektlar borligini, shuningdek, affektiv reaktsiyalarga ozroq yoki ko`proq moyil bo`ladigan shaxslar ham bo`lishini ta’kidlashadi. O`zida affektiv reaktsiyaga nisbatan hislarga erk bermaslik insondagi normal psixik holat hisoblanadi. Affektlar ta’siriga beriluvchi kishilar odatda olomon orasida sarosimalik uyg`otishga moyil bo`ladilar.
    Anglash – psixik mazmunni ongsizlikdan aktiv belgi shakliga ko`chirishdan iboart psixik jarayoni bo`lib, bu mazmunni boshqa kishilarga yetkazib berish imkonini beradi. Anglamoq o`ziga xabar bermoq, o`z tajribasi hisiyoti, ehtiyoji, qiziqishi va b. to`g`risida o`ziga tushuntirish demakdir. Anglash demak nimadir to`g`risida o`z-o`ziga hisob berishdir. Sub’ektiv holda u yoki bu vaziyat, kechinma va boshqalarni aniq-ravshan va nazorat qilinadigan in’ikosidir.
    Amaliy psixologiya – ijtimoiy amaliyotning turli sohalaridagi amaliy vazifalarni hal qilishda foydalaniladigan amaliy bilimlar va texnologiyalar majmuasidir. Amaliy psixologiyaning muhim xususiyati shundaki, u yoki bu vazifalar ularning manfaatlari uchun hal etilayotgan iste’molchi yoki buyurtmachini hamisha ko`rsatish mumkin.
    Aql – insonning ma’naviy va ruhiy faoliyatida barcha oliy narsalar xodiaslarni qanday bo`lsa, aynan shunday xolda bilish qobiliyati, mavxum fikrlash va tushunchalar yaratish xususiyati.
    Ahloq - ijtimoiy ong shakllaridan biridir. Kishilarning tarixan tarkib topgan hulq – atvori, yurish – turish, ijtimoiy va shaxsiy xayotga o`zaro, shuningdek jamiyatga bo`lgan munosabatlarini tartibga solib turuvchi barqarormuayyan norma va qoidalar yig`indisi.
    Attraktsiya – (lotincha so`z – attrahere –yoqtirish, o`ziga jalb etish) – bu bir insonning boshqa bir insonga ijobiy munosabati asosida yoqishi va yoqtirish, o`zaro mobillikni tushuntiruvchi emotsional hisdir.

    Download 1,28 Mb.
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   45




    Download 1,28 Mb.