|
Ijtimoiy psixologiyasi
|
bet | 33/45 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 1,28 Mb. | | #103672 |
Bog'liq 37255 Ijtimoiy Psixologiya majmua qisqarganAloqa – makon yo vaqtda bir – biridan muayyan masofada uzoqlikda joylashgan ikki yoki bir necha hodisa yo ob’ektning o`zaro bog`lanish xodisasi.
Anglash - psixik mazmunni ongsizlikdan aktiv belgi shakliga ko`chirishdan iborat psixik jarayon bo`lib, bu mazmunni boshqa kishilarga yetkazib berish imkonini beradi. Anglamoq o`zicha xabar bermoq, o`z tajribasi xissiyoti, extiyoji, qiziqishi va boshqalar to`g`risida tushuntirish demakdir. Anglash demoq nimalar to`g`risida o`z – o`ziga xisob berishdir. Sub’ektiv xolda u yoki bk vaziyat, kechikma va boshqalarni ochiq – ravshan va nazorat qilinadigan inikosidir.
Agleratsiya – olomon
Bilish – olamning inson ongidagi in’ikos etish jarayoni . inson o`zini qamrab olgan atrof – muxit to`g`risida bilish va tasavvurga ega bo`lmay turib, faoliyatning biron bir turi bilan shug`ullana olmaydi. Bilishning maxsuli natijasi bilim bo`lib, xar qanday kasbni egallash faqat bilim orqali ro`y beradi.
Vijdon – ijtimoiy xodisa bo`lib, kishining xayotida sodir bo`layotgan ijobiy va salbiy xodisalarga munosabatida ifodalanadi. Vijdon kishining ma’naviy yetukligiga bog`liq.
Guruhlarning tuzilishi – guruh qismlarining kichik guruhlarga nisbatan barqaror bo`linishi, guruhga kiruvchi kishilar o`rtasida guruh vazifalarining taqsim qilinishi.
Gallyutsinatsiyalar (lat. hallucinatio - alahsirash, ko`zga ko`rinish) insonda kasal paytidagi psixikasiga ta’sir etishi natijasida hosil bo`ladigan mavjud bo`lmagan, fantastik, xayoliy, uydirma obrazlar.
Guruh dinamikasi (grekcha dynamis – kuch) – bu guruhning o`z holatini o`zgartiradigan, rivojlantiradigan yoki buzadigan kuchlarning hamkorlikdagi jarayonidir. U asosan ikki xil yo`nalishdagi jarayonlarda ko`zga tashlanadi: guruh a’zolarining birlashuvi va aksincha, keskinlashuvi.
Guruh munosabatlari – a) guruh faoliyatining xarakter iva mazmuni; b) guruhning umuman strukturadagi o`rni, qadriyatli birligi va b. xarakteristikasi; v) guruh a’zolarining sotsial individ sifatidagi o`zaro shaxsiy munosabatlari; g) bu munosabatlarga jalb qilingan kishilarning individual pozitsiyalariga ko`ra guruhda uning a’zolari o`rtasida qaror topadigan munosabatlardir.
|
| |