|
Rol – shaxsga nisbatan shunday tushunchaki, uning konkret hayotiy vaziyatidagi huquq va burchlaridan iborat.
Sezgi
|
bet | 41/45 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 1,28 Mb. | | #103672 |
Bog'liq 37255 Ijtimoiy Psixologiya majmua qisqarganRol – shaxsga nisbatan shunday tushunchaki, uning konkret hayotiy vaziyatidagi huquq va burchlaridan iborat.
Sezgi – qo`zg`atuvchilarning idrok a’zolari retseptorlaritga ta’siri tufayli vujudga keladigan, ob’ektiv dunyo xossalarining sub’ektiv in’ikosidir.
Sotsial individ – barcha kishilar uchun umumiy bo`lgan, belgilar, qurollar bilan ishlashda bog`liq bo`lgan maxsus insoniy tavsiflarni aks ettirish, jamiyatda qabul qilingan norma va qoidalarni hisobga olish, sotsial vazifalarni bajarishdir. Gap shaxsiy yoki individual jihatlar to`g`risida ketayotgani yo`q.
Sotsial muhit – insonning aniq maqsadlar rejalar asosida faoliyat ko`rsatadigan dunyosi.
Sevgi – bu nafaqat xissiyot, balki boshqalarni seva olish qobiliyati va sevilish uning asosiy mezoni – “insoniy fazilatlar” hisoblanadi.
Simpatiya – o`zaro yoqtirib qolish, bu sevgining ilk bosqichi hisoblanadi. Bunda asosan sevgi ob’ektning tashqi jozibasi rol o`ynaydi.
Talant (grekcha talanron – dastlab o`lchov, mezon, keyin esa ko`chma ma’noda – qobiliyatlar darajasi) – inson qobiliyatlarining, eng avvalo u yoki bu turdagi faoliyatda ulkan yutuqlarga erishishini ta’minlovchi maxsus yuksak rivojlanish darajasi.
Tashabbuskorlik – xarakterning qimmatli xislati bo`lib, bu xislat ko`pchilik kishilarda ommaviy tus olgandir.
Temperament (lot. temreramentum – qismlarning tegishli muvofiqligi, mutanosibligi) – inson hulq-atvori va psixik jarayonlarining dinamik xarakteristikasi bo`lib, ularning tezligi, o`zgaruvchanligi, samaradorligi, ishchanligi va boshqalarda namoyon bo`ladi.
Tafakkur – turli masalalarni (nazariy va amaliy) yechishga qaratilgan va bu yumushni ado etishni (javob topishni) ta’minlaydigan ko`plab psixik jarayonlar, harakatlar, holatlardir. Tafakkurni funktsional tizim sifatida jalb qilish qisman ongli, qisman odatlar, malakalar va asab tizimi tomonidan yuzaga keltirilgan insonning ilgarigi taraqqiyoti, tarbiyasi, o`z-o`zini shakllantirishdan iborat beixtiyor harakatlari tufayli amalga oshiriladi.
|
| |