|
Ijtimoiy psixologiyasi
|
bet | 42/45 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 1,28 Mb. | | #103672 |
Bog'liq 37255 Ijtimoiy Psixologiya majmua qisqarganTil – inson aloqalari, tafakkuri uchun axborotni asrash va avloddan avlodga yetkazib berish vositasi bo`lib xizmat qiladigan belgilar tizimidir.
Unutish – eslash va yod bo`lib qolgan yoki o`zlashtirilgan materialni qayta xotirlash imkoniyatining asta-sekin so`nib borishini aks ettiruvchi jarayondir.
Fantaziya- hayolning borliqdan, haqtqatdan biroz uzoqlashuv jarayonidir.
Fizionomika – odam yuz qirralari va ularning nisbati orqali odamning xususiyatlarini o`rganish.
Faoliyat – insonning voqeilikni, o`zini o`zi ijodiy o`zgartirish, takomillashtirish, mukammallashtirishga yo`naltirilgan faolligi. Psixologik jihatdan ichki ehtiyojni qondirish deya talqin etiladi.
Xarakter (grekcha charakter – bosish, zarb qilish) – insonning faoliyati va munosabati tufayli shakllanadigan va namoyon bo`ladigan barqaror individual xususiyatlari yig`indisi bo`lib, unga xos bo`lgan hulq-atvor va hayotiy holatlarga javob berish usullarini belgilaydi. Xarakterda inson uchun xos bo`lgan, standart vaziyatlarda qo`llaniladigan, hayotiy vazifalarni qo`yish va yechish usullari o`z ifodasini topadi.
His-tuyg`u – insonning nisbatan barqarorligi, umumiyligi, uning shaxs sifatidagi taraqqiyoti davomida shakllangan ehtiyojlari va (xususan) qadriyatlariga mosligi bilan farq qiladigan yuksak o`zaro madaniy bog`langan hissiyotlaridir.
Hayajonlanish – (lot. emoveo – hayratga solmoq,hayajonga solamoq) – psixik hodisalarning alohida toifasi bo`lib, sub’ekt tomonidan bu hodisalar, predmetlar va vaziyatlar insonning o`z ehtiyojlarini qondirish uchun bevosita qiziqqon kechinmalari ko`rinishida namoyon bo`ladi.
Xayol – insonning sub’ekt sifatidagi ongidan butun holda idrok qilinmagan yoki sezgi a’zolari yordamida idrok etila olmaydigan ob’ektlarning in’ikosining (tasavvurlar, sxemalar va boshqa obraz-modellarning) yoki jo`rttaga paydo bo`lishiga yoxud ataylab qurilishiga olib keluvchi bilish faolligidir. (mas., kelajakni mo`ljallagan tarix hodisalari idrok etila olmaydigan yoki umuman mavjud bo`lmagan dunyoning voqealari – miflar va ertaklardagi hayri-tabiiy personajlar va b.)
|
| |