|
Ijtimoiy psixologiyasi
|
bet | 44/45 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 1,28 Mb. | | #103672 |
Bog'liq 37255 Ijtimoiy Psixologiya majmua qisqarganSHaxs erkinligi – insonlarning o`z xayoti va faoliyatini amalga oshirish, ozod shaxs sifatida mehnat qilish, bilim olish, o`zi istagan kasb, hunarli, diniy e’tiqod va boshqalar ixtiyoriy tanlash.
SHaxs – inson aktivligiga xos psixik boshqaruvchilarning maxsus insoniy tizimi, psixikadagi shunday barqaror funktsional tizimki, uning yordamida inson o`zi istiqomat qiladigan muhitda tashabbuskor, maqsad sari intiluvchan bo`libgina qolmasdan, balki yaxshilashga ham qodir bo`ladi. Inson shaxs sifatidagi fazilatlarni egallaganligining asosiy belgisi uning turli hatti-harakatlarni sodir qila olish qobiliyati, ya’ni bir-birini inkor etuvchi imkoniyatlarni tanlash, o`z hayoti hamda o`zgalar hayoti bilan ham bog`liq bo`lgan ko`plab muhim momentlarni sarhisob qila olishi, o`z hatti-harakatlari uchun ma’suliyatni o`z zimmasiga ola bilishi kabilardir.
SHaxsiy aloqadorlik – bu bog`liqlikning dinamik jihati bo`lib, hamkorlar o`rtasidagi maqsadga erishishda qo`llaniladigan vositalarni kelishi, ulardan har birining qo`llaydigan strategiyasini koordinatsiya qilishni ta’minlaydi. Aloqadorlik bog`liqlikni ishtirokchilar manfaatiga moslashtirishning tez moslashuvchan mexanizmidan iborat. U kelishuv o`zaro hamkorlik yoki kurashga, har bir tomonning o`z maqsadiga erishishi uchun undashi, muammo va vazifalarni o`zicha tasavvur qilishi, ularni hal qilishning o`z usul va vositalaridan iborat bo`lishi mumkin.
SHaxsiy munosabat – bu hamkorlikdagi faoliyatning ehtiyojlari tufayli yuzaga keladigan va o`zaro aloqadorlikdagi strategiyalar kelishuvini kontaktlar o`rnatilishi va rivojlantirilishining murakkab va serqirra jarayoni, ular o`rtasidagi munosabatlarning o`rnatilishi va saqlab turilishidir. Kontakt, o`zaro aloqadorlik, munosabatlar, kommunikatsiya va idrok shaxsiy munosabatning komponentlari hisoblanadi.
SHaxsiy aloqalar – bu muayyan vaqt ichida ikki yoki undan ortiq kishilar o`rtasida qaror topadigan barqaror munosabatlardir. Dastlab o`zaro aloqadorlik ko`rinishida paydo bo`lib, keyin tez takrorlanishi tufayli u barqaror munosabatlarga aylanadi. Munosabatlarga misol: dushmanlik, musobaqa, muhabbat, do`stlik, ishbilarmonlik munosabatlari. «Jabrdiyda-agressor», «xotinboz – farqiga yetadigan xonim», «injiq boshliq – sustkash ijrochi» va boshqa shunga o`hshash qaror topgan munosabatlar ishtirokchilar ularni o`zgartirgunga qadar noaniq muddat davomida mavjud bo`lib turadi.
Ehtiyojlar – inson yoki hayvonning normal yashashi uchun zarur bo`lgan yetishmovchilikni aks ettiruvchi psixik yoki fiziologik keskinlik holatidir. Ehtiyojlar holat sifatida sub’ektning hayotiy faolligining shu ma’noda manbai hisoblanadiki, yuz bergan keskinlikni yo`qotishga qaartilgan sezilarli ta’sir kuchiga ega.
Qobiliyatlar – u yoki bu sermahsul faoliyatni egallash mahorati bilan bog`liq bo`ladigan insonning individual – psixologik xususiyatlari bo`lib, uning yordamida inson teng bo`lgan boshqa sharoitlarda ushbu faoliyatni tez va puxta, oson va mustahkam ravishda tashkil qilish va amalga oshirish yo`llarini o`zlashtirib oladi.
E’tiqod – shaxning shunday ongli yo`nalishki, unga o`y- qarashlari, printslari va dunyoqarashga mos tarzda yashashga imkon beradi, e’tiqodning predmeti tarlicha bo`ladi. Vatanga, dinga, fanga, kasbga, axloqiy normalarga, oilaga, go`zallika va shunga o`xshash.
|
| |