• Inson
  • Insof
  • Ijtimoiylashuv
  • Kundalik ong
  • Kichik guruh
  • Ijtimoiy psixologiyasi




    Download 1,28 Mb.
    bet37/45
    Sana22.11.2023
    Hajmi1,28 Mb.
    #103672
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   45
    Bog'liq
    37255 Ijtimoiy Psixologiya majmua qisqargan

    Ijtimoiy ustanovka - shaxsning atrof muhitida sodir bo`layotgan ijtimoiy xodisalarni, ob’ektlarni, idtimoiy guruxlarga ma’lum tarzda idrok etish, qabul qilish va ular bilan munosabatlar o`rnatishga ruxiy ichki hozirlik sifatida odamlardagi dunyoqarashni ham o`zgartirishga aloqador kategoriya.
    Inson – tushunchasiga aniq tarif berish uchun olamda mavjud bo`lgan boshqa biologik mavjudodlardag ajralib turuvchi eng muxim xususiyatlarni aniqlash zarur.
    Insonporvarlik – gumanizm odamlarga mehr – muxabbat bilan qarash, ularni xurmat qilish, insonning moddiy farovonligini yuksaltirish va kishilardayuksak ma’naviy fazilatlarni rivojlantirishga g`amxo`rlik qilish g`oyalari bilan sug`orilgan dunyoqarash.
    Insof – insonning muayyan jamiyatda amal qilayotgan axloq me’yorini nazorat qilish va axloqiy baxolash.
    Ideal – orzu intilishning oliy maqsadi. Tor ma’noda: shaxs qobiliyatlarini ifodalovchi namuna.
    Illyuziya – tana azolarimizga bevosita ta’sir etib turgan narsa va hodisalarni noto`g`ri (noadekvat) idrok qilishdan iborat bilish jarayonining hodisasi.
    Insayt – oydinlashuv. Muammoning yechimi, ba’zan birdan yorqin yulduzday yalt etib paydo bo`ladi. Bunday psixologik xolat psixologiyada insay – oydinlashuv deyiladi.
    Ijtimoiylashuv – inson tomonidan ijtimoiy tajribani egallash va xayot faoliyat jarayonida uni faol tarzdao`zashtirish jarayoni.
    Image – obraz
    Konformizm (lat. conformis – o`hshash, mos keladigan) – inson tomonidan o`zining haqligiga ichidan shubhalanmaydigan fikridan nosamimiy ravishda qaytish tufayli boshqalarning fikrlarini (ehtimol, noto`g`ri bo`lsa ham) tanqidsiz qabul qilish.
    Kundalik ong - kishilarning bevosita kundalik tajribasiga asoslanadigan va ular mansub bo`lgan sotsial jamoalarda hukmronlik qiluvchi tasavvurlar, bilimlar, tushunchalar va harakatlarning yig`indisidir.
    Kayfiyat – insonning psixik hayotida namoyon bo`ladigan, o`rtamiyona yoki zaif samaradorlikning nisbatan davomiy, barqaror, emotsional holati bo`lib, u yoki bu hissiyotning ustunligi bilan xarakterlanadi.
    Kichik guruh – umumiy ishni bajaradigan va bir-birlari bilan bevosita shaxsiy aloqada bo`lgan, 3 tadan 20-30 tagacha kishidan tarkib topgan, unchalik katta bo`lmagan kishilar to`plamidir. U guruh a’zolarining hamdard bo`lishi, «biz» ekanligini his etishi bilan bog`liq xususiyatlarga ega.

    Download 1,28 Mb.
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   45




    Download 1,28 Mb.