• Gipoteza
  • Geniy
  • Dunyoqarash
  • Ijtimoiy psixologiyasi




    Download 1,28 Mb.
    bet34/45
    Sana22.11.2023
    Hajmi1,28 Mb.
    #103672
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   45
    Bog'liq
    37255 Ijtimoiy Psixologiya majmua qisqargan

    Guruh roli (o`rni) – guruh uchun bajaradigan vazifasiga ko`ra insonning shu guruhdagi barqaror, mustahkam holati (o`rni, pozitsiyasi).
    Guruh – umumiy bo`lgan bir yoki bir necha belgilarga ko`ra birlashgan kishilar yig`indisidir.
    Guruhning birdamligi - fikrlar birligi, e’tiqodlar, anhanalar birligida, shaxslararo munosabatlar, kayfiyatlarning ijobiy xarakterida va guruh psixikasining boshqa belgilarida, shuningdek, hamkorlikdagi amaliy faoliyatning birligida namoyon bo`ladigan guruh a’zolari birligining psixologik xarakteristikasidir.
    Gipoteza – o`rganilayotgan zxodisaning sabablari va xususiyatlarini tushuntiradigan asosli tahmin tarzidagi bilim shakli.
    Guruhda kuchlarning munosabati – bu guruhiy jarayonlarni hamda guruh a’zolarining hulq-atvorini nazorat qilish imkoniyatlarining guruh ob’ektlari o`rtasida taqsimlanishidir. Liderlik tushunchasida, guruh dinamikasi va sh.k. larda namoyon bo`ladi.
    Geniy – bu yangiliklarni yaratuvchi va kashf qiluvchi shaxs.
    Dunyo obrazi - insonga dunyoda harakatlana olish uchun mo`ljal bo`lib xizmat qiladigan olam to`g`risidagi, boshqa kishilar, o`zi va o`z faoliyati to`g`risidagi bir butun, yaxlit ko`p darajali tasavvurlari tizimidir. Bu sub’ektiv kechinmalar tilida yaratilgan tashqi dunyoning ichki modelidir. Ta’kidlash lozimki, bu olamni idrok qilish natijasida hosil bo`lgan, ichki rejaga noavtomatik tarzda ko`chirilgan obrazlar emas, balki hayotiy faollikning har biri keyingi momentidagi hodisalarni bashorat qila oladigan, chuqur anglanmagan taxminlar asosida aktiv qurilgan tizimdir. O`zini va tashqi olamni faol o`zlashtirish davomidagi tekshirish usullari bilan (sinov va xatolar) yaratiladi.
    Diqqat – ongning muayyan ob’ektlar to`plami, jarayonlarga (tashqi yoki psixikaga bog`liq) tanlangan holda yo`naltirilishidir. Ba’zan nazorat va o`z-o`zini nazoratni ham diqqatga kiritishadi.
    Dunyoqarash – tartibga solingan, aqliy ongli tizimga aylantirilgan bilim, taasvvurlar va g`oyalar majmui bo`lib, u shaxsni ma’lum bir qolipda, o`z shaxsiy qiyofasiga ega tarzda munosib o`rin egallashga chorlaydi.
    Dil- jon,qalb,yurak,ko`ngil markaziy osiyo falsafiy tafakkurida ushbu tushunchalar deyarli bir xil ma’noda ifodalanib borliqning nomoddiy asosida hamda insonning tub mohiyatini ifodalash uchun xizmat qilib kelgan.

    Download 1,28 Mb.
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   45




    Download 1,28 Mb.