• O`UM ning elektron varianti MA`RUZALAR MATNI 1-Mavzu : Konfiliktologiyaning predmeti vazifalari va metodlari Reja
  • 1. konfliktologiya fani predmetining o‘ziga xos xususiyatlari
  • Namunaviy va ishchi dastur……………………………………………




    Download 1,28 Mb.
    bet2/45
    Sana22.11.2023
    Hajmi1,28 Mb.
    #103672
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
    Bog'liq
    37255 Ijtimoiy Psixologiya majmua qisqargan

    Namunaviy va ishchi dastur…………………………………………….

  • Baholash mezonlari bo`yicha uslubiy ko`rsatmalar…………………..

  • Ilovalar………………………………………………………………….

  • O`UM ning elektron varianti


    MA`RUZALAR MATNI


    1-Mavzu : Konfiliktologiyaning predmeti vazifalari va metodlari
    Reja:



    1. Konfliktologiya fani predmetining o‘ziga xos xususiyatlari

    2. Konfliktologiyaning ilmiy apparati

    3. Konfliktologiyaning tadqiqot metodlari

    Konfliktologiya fani predmetining o‘ziga xos xusu­siyatlari. konfliktologiya ijtimoiy va fanlar tizimida. konfliktologiya fanining metodlari. Konflikt­lar to‘g‘risidagi qarashlarning yuzaga kelishi va hozirgi zamon kon­sepsiyalari. Jamiyatni demokratlashtirish, yangilash va modernizatsiyalash sharoitida ijtimoiy ziddiyatlar va konfliktli muammo­larni ijtimoiy sub’ektlar manfaatlarida samarali xal etish masalalari.
    1. konfliktologiya fani predmetining o‘ziga xos xususiyatlari
    Mamlakatimiz fanida konfliktologiya muammolari yangi tadqiqot yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Sobiq Ittifoq davrida “konfliktsiz jamiyat nazariyasi” hukmron bo‘lganligi sa­babli, nafaqat, konfliktologiya balki, umumiy konflikto­logiyaning o‘zi ham ijtimoiy fan sifatida etarli tarzda shakllan­magan. Holbuki, xorijiy mamlakatlarda mazkur muammolar doirasi oldindan fan sifatida o‘rganilib kelingan. Bu boradagi ilmiy tadqiqotlar asosan, kishilar o‘rtasidagi konfliktli xulq-atvorning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish bilan chegaralangan xolos. Bunda ushbu konfliktli holatlarning kelib chiqishiga olib kelgan tub ijtimoiy sabablar va omillarga e’tibor qaratilmagan.
    SHu o‘rinda, konfliktologiya doirasida yuzaga keladigan ayrim kategoriya va atamalarning nomlanishida va ularning ta­biati hamda mazmunini belgilashda ham turli yondashuvlar mavjud­ligini ko‘rsatib o‘tish mumkin. Xususan, adabiyotlarda ayrim olimlar tomonidan “huquqiy konfliktologiya” atamasi ishlatilib kelinmoqda. Yuzaga kelayotgan yangi fanni nomlashda olimlar yuqoridagi atamani qo‘llasalarda, uni asoslash jarayonida ko‘proq konflikt haqida so‘z yuritadilar.
    Konflikt tushunchasi, predmeti va ob’ekti. Konfliktning o‘x­shash hodisalar, ya’ni, musobaqa, tortishuv, raqobatdan farqlanishi. Konflikt chegaralari: fazoviy, vaqt, ichki tizim chegaralari. Kon­fliktlarning kelib chiqish sabablari va motivlari. Konfliktning ijtimoiy roli va funksiyalari. konfliktlar tipologiyasi. I.A.Karimovning “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida hududiy konfliktlar, etnik va millatlararo ziddiyatlarning yoritilishi.
    Ma’lumki, har qanday jamiyatning rivojlanishi murakkab jarayon bo‘lib, u turli xil qarama-qarshiliklarni yuzaga kelishi, o‘zgarishi va hal etilishi asosida kechadi. Sobiq Ittifoq davrida konfliktlar bilan bog‘liq muammolar ijtimoiy fanlar doirasida deyarli o‘rganilmagan. Ushbu holat sovet jamiyatida jiddiy ijti­moiy konfliktlar yuzaga kelishi mumkin emasligi bilan izohlangan. Bu qarashlar o‘z navbatida, konfliktlarning har qanday ko‘rinish­larini bostirib turuvchi totalitar rejim uchun niqob vazifasini o‘tagan. Ayni paytda, ayrim shaxslar o‘rtasida yuzaga keladigan maishiy konfliktlarning mavjudligi inkor etilmagan. Binobarin, o‘tgan asrning 20 yillaridan1 boshlab vaqti-vaqti bilan jamiyat hayotining turli xil sohalari: guruhlar va mehnat jamoalarida, rahbar va xodimlar o‘rtasida, oilada, mehnatda, huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida va boshqa holatlarda yuzaga keladigan konfliktlarni o‘rganishga bag‘ishlangan monografiyalar va ilmiy maqolalar e’lon qilina boshlandi.
    Huquqiy demokratiya hukmron mamlakatlarda fuqarolik jamiyatining eng muhim tortishuv, ziddiyatlari siyosiy soha orqali aks etadi, huquqiy shaklda esa, butun jamiyat uchun maqbul bo‘ladigan, umumiy xohish-irodani ifodalaydigan, umumiy manfaat doirasida kelishtirishga yo‘naltirilgan qonunlarni qabul qilish yo‘li bilan o‘z echimini topadi.
    konfliktlarning tabiatini o‘rganishda, eng avvalo, bu boradagi asosiy tushuncha va atamalarning mazmun va mohiyatini tushunish lozim bo‘ladi. konflikt tushunchasi konflikt kategoriyasining umumiy mazmunidan kelib chiqadi. Konflikt - lotincha “conflictus” to‘qnashuv ma’nosini bildiradi. Konflikt va ziddiyatlar tushunchasi mohiyatan bir-biriga yaqin ma’noni bildir­sada, ular o‘rtasida muayyan farqli jihatlarni ko‘rish mumkin. Konflikt yuzaga kelishi uchun albatta ziddiyat mavjud bo‘lishi lozim, lekin individlar o‘rtasida konflikt kelib chiqishi uchun buning o‘zi etarli emas. Ziddiyatlar esa, har doim ham konfliktni keltirib chiqarmaydi. Uni konfliktsiz siyosiy, ma’muriy va huquqiy xarakterdagi choralar bilan hal etish mumkin. Ziddiyatlar, qachonki ularni ifodalovchi kuchlar o‘zaro ta’sirga, o‘zaro munosabatga kirisha boshlaganda konfliktga aylanadi.
    “Konfliktologiya” va “huquqiy konfliktologiya” tushunchalari o‘zaro qanday nisbatda bo‘ladi? Buni aniqlashga biz ushbu tushunchalarga keng va tor ma’noda izoh berish orqali erishi­shimiz mumkin. “Huquqiy konfliktologiya” tushunchasi “ konfliktologiya” tushunchasiga nisbatan torroq mazmunga ega, chunki, huquqiy konfliktologiya faqat huquqiy norma va institutlar bilan chegaralanadi. konfliktologiya esa, u yoki bu darajada huquq bilan bog‘liq barcha konfliktli hodisa va jarayonlarni, shaxsiy huquqiy konfliktli faollikni, davlat organlari va nodavlat tuzilmalarining konfliktli holatlardagi faoliyatlarini, huquq u yoki bu munosabatni kelib chiqishiga bahona, sabab yoki oqibat bo‘lgan boshqa holatlarni qamrab oladi.
    Ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish va o‘quv jarayonini tash­kil etishda huquqiy konfliktologiya va konfliktlar tushun­chalariga keng ma’noda yondashish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Agar ushbu tushunchalarga yuqoridagi yondashuv asosida qaraladigan bo‘lsa, ular o‘rtasidagi farqli jihatlarni aniqlash mumkin bo‘ladi.
    Ushbu atamalarning kundalik, ilmiy va professional doirada bir xil mazmunda tushunilishi va shu asosda qo‘llanilishi, ular o‘rtasidagi farqli holatlarni anglamaslikka hamda bu tushuncha­larni sinonim sifatida qabul qilishga olib kelmoqda. Bunday holatga taajjublanmasa ham bo‘ladi, chunki, bugungi kunda huquqiy voqelikning asosiy fundamental kategoriyalari hisoblangan “huquqshunoslik” va “yurisprudensiya” kabi bir-biridan jiddiy farq qiluvchi atamalarga nisbatan ham ko‘pchilik tomonidan sinonim tushunchalar sifatida qarash yuzaga kelayotganligini taassuf bilan qayd etish lozim.
    Bevosita konfliktologiya fani doirasida konflikt tushunchasi haqida fikr yuritadigan bo‘lsak, mazkur tushuncha keng doiradagi huquqiy hodisalarni ifodalash va birinchi navbatda sub’ektiv huquqning turli xil tarzda buzilishlarini, huquq doirasida yuzaga keladigan turli xil nizoli holatlarni, fuqarolar, uyushmalar va hokimiyat tuzilmalari manfaatlari to‘qnashuvini tavsiflovchi xususiyatlarini aniqlash uchun qo‘llaniladi.
    konflikt kategoriyasi o‘zida muayyan qarama-qarshilik asosida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan ziddiyatlar bilan bog‘liq ijtimoiy – huquqiy munosabatlar tushunchasini, ularning rivojla­nishi, tuzilishi hamda bunday ziddiyatlarni oldini olish va barta­raf etish borasidagi bilimlarni mujassamlashtiradi va unga konfliktologiya fanining majmuaviy tarmog‘i sifatida qaraladi. Binobarin, mazkur institut umumiy konfliktologiya, ijtimoiy psixologiya, huquq nazariyasi va huquqiy sotsiologiya kabi fanlar bilan uzviy bog‘liqlikda o‘rganiladi.
    SHu bilan birga, konfliktologiya fanining o‘ziga nisbatan quyidagicha ta’rif berish mumkin, ya’ni, bu – konfliktlarni yuzaga kelishi, rivojlanishi, barham topishi hamda ularni samarali hal qilish va oldini olish uslublari to‘g‘risidagi fandir. Mazkur fan turli ijtimoiy konfliktlarni huquqiy jihatdan tavsiflovchi xususiyatlarini o‘rganadi va umum­lashtiradi. Bunday yondashishning nazariy ahamiyati konfliktlarni huquq institutlari bilan biriktirish mumkinligidan va shuning­dek, konfliktlarni mavhum ijtimoiy bo‘shliqda emas, balki amal­dagi huquqiy vositalar va tuzilmalar bilan real bog‘liqlikda ko‘rib chiqishdan iboratdir.
    konfliktologiya umumiy konfliktologiyaning bir qismi (yo‘nalishi) bo‘lib, uning predmeti milliy (ichki) yoki xalqaro huquq doirasida yuzaga keladigan, rivojlanib boradigan va hal qilinadigan konfliktlarni o‘rganish hisoblanadi.
    Kishilik jamiyatida konfliktlar: yakka va guruhiy, etnik, dav­latlararo darajalarda yuz beradi. konfliktning o‘ziga xos­ligi shundaki, u yuqorida sanab o‘tilgan darajalarning har birida muayyan huquqiy normalarni bajarish (tatbiq etish) yoki buzish va tegishlicha jismoniy va shaxslar o‘rtasidagi huquqiy munosabatlarning yuzaga kelishi, o‘zgarishi yoki tugatilishi bilan bog‘liq.
    Har qanday mamlakatning huquq tizimi va shuningdek, xalqaro huquq normalari davlat yoki xalqaro hamjamiyat tomonidan sanksiyalanganligi va qo‘riqlanganligi bois konfliktda ko‘pincha konfliktlashuvchi ikki tomondan tashqari uchinchi taraf sifatida huquqni muhofaza qiluvchi (huquqni qo‘llovchi) organlar timsolida davlat ishtirok etadi, bu organlar konfliktlarni hal qilishga yoki oldini olishga jalb qilinadi.
    Aynan shu holat bilan konfliktologiyaning muhim tomoni bog‘liq, ya’ni, bu fan konfliktlar tabiati, sabablari va rivojlanish dinamikasini o‘rganish bilan bir qatorda, ularni oldini olish va hal qilishning huquqiy mexanizmlarini ham o‘rgana­di. Jamiyat va davlat konfliktlashuvchi taraflarni murosaga kelti­rishga yoki ularning qarama-qarshiliklarini majburiy tugatishga yo‘naltirilgan sud, arbitraj, parlament tartiblari kabi bir qator mexanizmlarni yaratadi va ulardan foydalanadi. Konfliktlarni oldini olish va hal qilishning vositalari - bu ichki va xalqaro tanglikni, keskinlashuvni yumshatishning eng ta’sirchan qurollari hisoblanadi.
    konfliktologiya o‘zida nizoli muammolar bilan yuris­prudensiya qoidalarining sintezini (birikmasini) namoyon qiladi. CHunki, ko‘pgina ijtimoiy konfliktlar huquqiy munosabatlar doi­rasida va huquqiy vaziyatlarda yuzaga keladi hamda keyinchalik huqu­qiy vositalar bilan hal etiladi. Demak, konfliktologiya­ning predmeti doirasiga nafaqat konfliktning o‘zi, balki rivojlanishining muayyan bosqichida xarakter kasb etadigan ijtimoiy konfliktlar ham kiradi.
    SHundan kelib chiqib, mazkur fan huquqiy nuqtai-nazardan tavsiflanadigan har qanday ijtimoiy konfliktlarni o‘rganadi va uning o‘ziga xos xususiyatlarini umumlashtiradi.
    konfliktologiya o‘zida ilmiy, o‘quv va amaliy fan sifatida nazariy va amaliy bilimlar tizimini namoyon qiladi. Nazariy bilimlar – bu konfliktlarni kelib chiqishi va o‘ziga xos xususiyatlari hamda ularni hal etish mexanizmlari yuzasidan ilmiy metodlar orqali olinadigan ilmiy nazariyalar hisoblanadi. Aynan ushbu nazariy bilimlar orqali amaliyotda yuzaga keladigan turli xil konfliktlarning muayyan yo‘nalishda hal etilishini ta’minlaydigan normativ-hujjatlarni ishlab chiqish hamda tegishli uslub va vositalarni qo‘llash mumkin bo‘ladi.
    konfliktologiya bo‘yicha amaliy bilimlar, o‘z navbati­da, turli xil vositalar va mexanizmlar orqali namoyon bo‘ladi. Bular, kurash olib borish, tortishuv jarayoni, muzokaralar o‘tkazish, konfliktlarni oldini olish, bashorat qilish, boshqarish va hal etish usullari hisoblanadi. Demak, konfliktologiya ham nazariy, ham amaliy fan sifatida yurisprudensiya tizimida alohida o‘rin tutadi.
    SHu o‘rinda professor V.N.Kartashovning fan va ama­liyotning o‘zaro aloqasiga oid keltirgan quyidagi fikri e’tiborga loyiq: “ fanning vazifasi turli xil sub’ektlarning tashki­liy-amaliy faoliyatini yo‘naltirish, ijtimoiy-huquqiy amaliyot va tajribani o‘rganish va tuzatib borish, jamiyat hayotining turli xil sohalari yuzasidan huquqiy siyosatni ishlab chiqish va qo‘llashga ko‘maklashishdan iborat”2.

    Download 1,28 Mb.
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




    Download 1,28 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Namunaviy va ishchi dastur……………………………………………

    Download 1,28 Mb.