Ijtimoiy psixologiyasi




Download 1,28 Mb.
bet6/45
Sana22.11.2023
Hajmi1,28 Mb.
#103672
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Bog'liq
37255 Ijtimoiy Psixologiya majmua qisqargan

2. Yangi davr. Bu davrda XVII asr ingliz demokratlari va fransuz ma’rifatparvarlari D.Pristli, SH.Monteske, D.Didro, J.J.Russo, Volter kabilar qurolli konfliktlarni, bosqinchilik va zo‘rlikni keskin tanqid qilib chiqdilar. Ular qurolli konflikt­larga “yovvoyi davr” qoldig‘i deb qaraganlar va feodal tuzum asoslarini tugatish “abadiy tinchlik”ka olib keladi, deb hisobla­ganlar. SHu sababli ushbu davrdagi asarlarda jamiyat hayotini tashkil etishning oqilona shakllarini qidirishga, davlat tuzilishining eskirgan shakllarida ildiz otgan ijtimoiy konfliktlar sabab­larini tugatishga ko‘p e’tibor berilgan.
XVIII asrda mutafakkirlar jamiyat hayotini umumjahon tarixi doirasida tushuna boshlaganlar. Bu jihat J.J.Russo (1712-1778)ning ijtimoiy falsafasida ko‘rinadi. U umumjahon-tarixiy jarayoni quyidagi uch tarkibiy qismga bo‘ladi: insonlar “tabiiy holat”da erkin va teng bo‘ladilar, so‘ngra sivilizatsiya rivojlanishi insonlarni teng, erkin va baxtli bo‘lishdan mahrum qiladi va nihoyat, “ijtimoiy shartnoma” tuzib ijtimoiy munosabatlarning yo‘qotilgan uyg‘unligiga, “abadiy tinchlik”ka, hamjihatlik va birlikka erishadilar.
J.J.Russoning “tabiiy holat” tabiatiga doir qarashlari uning ko‘pchilik zamondoshlari tomonidan ma’qullangan. Mashhur nemis faylasufi I.Kant (1724-1804) esa, “qo‘shnichilik asosida yashovchi insonlar orasidagi tinchlik holati tabiiy holat emas, … aksincha, u urush holatidir, ya’ni, agar to‘xtovsiz dushmanchilik harakatlari bo‘lmasa ham ularning doimiy tahdidi mavjud. Demak, jamiyatda tinchlik holati o‘rnatilishi lozim”3. Bu erda muayyan qarama-qarshi nuqtai nazar borligini ko‘rish mumkin. Bir tomondan, T.Gobbs kabi “tabiiy holat”ga “barchaning boshqalarga urush qilish” holati, deb qarash, boshqa tomondan esa, J.J.Russo singari kelgusida tinchlik va totuvlikning butunlay yangi holatini o‘rnatilishi imkoniyatiga bo‘lgan ishonch aks ettirilgan.
YAngi davrning tarixiy doirasida ham ijtimoiy konfliktlar­ning sabablari va ularni oldini olish istiqbollari haqida turlicha fikrlar bildirilgan. Biroq bu fikrlar qanchalik turli-tuman bo‘lmasin, ularda jamiyat rivojlanishida odamlar o‘rtasidagi tonuv­lik va hamjihatlikning hal qiluvchi rolini, o‘rta asr qoldiqlariga, tartibsizliklariga va urushlarga umumiy salbiy baho berish, kel­gusida “abadiy tinch” hayotga erishish imkoniyatiga bo‘lgan umidlarni tan olinishi xosdir.
XIX asrga kelib, bu masalaga bo‘lgan munosabat tubdan o‘zgara boshladi. Nemis faylasufi Gegel urushlar va ijtimoiy konflіkt­larga baho berishga boshqacha yondashadi. Eng avvalo, u jamiyatning rivojlanishida urushlarning ijobiy rol o‘ynashi xususida muayyan fikrlarni bildiradi. SHu bilan birga, kuchli davlat hokimiyati tarafdori bo‘lgan Gegel davlatning yaxlitliligini zaiflashtiruvchi mamlakat ichkarisidagi ijtimoiy tartibsizliklar va qo‘zg‘olonlarga qarshi chiqadi.
Ijtimoiy taraqqiyotning murakkab jarayonlarini va jamiyat hayotida ijtimoiy konfliktning o‘rnini yanada chuqur anglash tarixiy jarayonlarning borishi bilan ob’ektiv tarzda belgilanadi. XIX asrda jamiyat hayotining iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy va boshqa sohalarida bo‘lib o‘tgan keskin o‘zgarishlar ijtimoiy nazariyalar mazmuniga ta’sir etmasdan qolmadi. Ushbu nazariyalarda izohlani­shicha, ijtimoiy taraqqiyot davomida kurash, konfliktlar va to‘qna­shuvlar nafaqat bo‘lishi mumkin, balki, ular ijtimoiy borliqning muqarrar voqeliklari hisoblanadi.
Ingliz iqtisodchisi, ruhoniy Tomas Maltus (1766-1834)ning “Aholi o‘sishi qonuni haqida tajriba” nomli asarida (1798) mamlakatda o‘sib boruvchi ishsizlik holati yangicha tushuntirilgan. Xalqning nochorligini tabiatning “abadiy biologik xususiyatlari” bilan tushuntirib, u aholi sonining o‘sishi geometrik progressiya, yashash vositalari arifmetik progressiya bo‘yicha ko‘payib borishi haqidagi “tabiiy qonun”ni ishlab chiqqan. Mehnatkashlarning kambag‘allashuvi sabablarini sanoat to‘ntarishi va dehqonlarni ersizlantirish siyosatining tarixiy oqibatlarida emas, balki, ishchi sinfining “telbalarcha ko‘payish”ga bo‘lgan “engil” munosabatida, deb bilgan.
YAshash uchun kurash muammosi ingliz biologi CHarlz Darvin­ning (1809-1902) ta’limotida ham markaziy o‘rinni egallagan. Uning biologik evolyusiya nazariyasining asosiy mazmuni “Tabiiy tanlanish yo‘li bilan turlarning kelib chiqishi” nomli kitobida (1859) bayon etilgan. Kitobdagi asosiy g‘oya – bu yashash uchun doimiy kurash sharoitida amalga oshadigan jonli tabiat rivojlanishi bo‘lib, u eng moslashgan turlarni tanlashning tabiiy mexanizmidan iborat. CH.Darvinning bu g‘oyalarini ijtimoiy taraqqiyot jarayonla­riga qo‘llash haqida bir narsa aytish qiyin. Uning ijodini o‘rganuv­chilar o‘rtasida bu masalada yagona fikr yo‘q. Biroq uning ta’limo­tidan so‘ng ijtimoiy hayot evolyusiyasini yashash uchun kurash va tabiiy tanlanish biologik qonunlari asosida tushunishga urinuvchi yo‘nalish - “sotsial darvinizm” shakllangan.
YAshash uchun kurash tamoyiliga asoslangan sof sotsiologik konsepsiya pozitivizm asoschilaridan biri Gerber Spenser (1820-1903) tomonidan ishlab chiqilgan. Ijtimoiy taraqqiyotning asosiy qonuni bu eng moslashgan individlarning yashash qonuni, deb hisoblaydi. G.Spenser ta’limotiga ko‘ra, o‘zaro kurashish holati universaldir. U alohida olingan jamiyat doirasidagina emas, shuningdek, jamiyat bilan uni o‘rab turgan tabiat o‘rtasida bo‘ladigan muvozanatni ham ta’minlaydi.
Konfliktlarni nazariy tahlil qilishdagi yangi bir yo‘nalish sotsial darvinizmning polyak-avstriyalik vakili yurist Lyudvig Gumplovich (1838-1909) ijodida namoyon bo‘ldi. U umumjahon tarixi irqlarning yashash uchun doimiy kurashidan kelib chiqqanligini ta’­kidlab, irqiy tafovutlarning mohiyatini biologiya fani xulosalari bilan emas, balki, madaniy xususiyatlar bilan tushuntiradi. Alohi­da irq - bu madaniyatning maxsus tipidir. Konfliktlar manbaini faqat inson tabiatidan emas, shuningdek, madaniyatning o‘z tipi bilan farqlanuvchi ijtimoiy hodisalardan ham qidirish kerak. L.Gumplovichning fikricha, konfliktlar birgina muhim ijtimoiy jarayon emas. Ijtimoiy birlashish jarayoni ham muhimdir, uning asosida yanada kengroq ijtimoiy uyushmalar, davlatlar paydo bo‘ladi. L.Gumplovichning ijtimoiy konflikt tabiatiga bo‘lgan qarash­larini quyidagi uch asosiy yo‘nalishga bo‘lish mumkin:
1) konfliktlar tarixiy jarayonning mohiyatidir, ularning xarakteri turlicha, biroq ularning hammasi taraqqiyot omilidir;
2) jamiyatning hukmronlar va qaramlarga bo‘linishi abadiy hodisadir;

Download 1,28 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Download 1,28 Mb.