) konfliktlar jamiyatning birlashuviga yordam qiladi




Download 1,28 Mb.
bet7/45
Sana22.11.2023
Hajmi1,28 Mb.
#103672
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   45
Bog'liq
37255 Ijtimoiy Psixologiya majmua qisqargan

3) konfliktlar jamiyatning birlashuviga yordam qiladi.
XIX-XX asrlar arafasida sotsiologiya konflikt muammolarini ishlab chiqishga tobora ko‘proq ta’sir ko‘rsata bordi. Konflikt muammolarini ishlab chiqish sotsiologiyadagi turli yo‘nalishlar tomonidan amalga oshirildi. Ularning hammasi ham konfliktni sotsiologik konsepsiyalarning boshlang‘ich kategoriyasi, deb tan olmasalarda, biroq, ular konfliktlarning jamiyat hayotida muhim ahamiyatga ega ekanligini va ularni nazariy tahlil qilishning zaruratini muayyan darajada ta’kidlaganlar.
Nemis sotsiologi Georg Zemmel (1858-1918) birinchi bo‘lib ilmiy muomalaga “konflikt sotsiologiyasi“ atamasini kiritgan. U tarixiy jarayon mohiyatini bilishdan voz kechishni hamda ijtimoiy muloqot va o‘zaro ta’sirning “sof shakllari”ni tahlil qilish bilan shug‘ullanishni tavsiya etgan. Ijtimoiy o‘zaro ta’sirning nisbatan qat’iy shakllari ichida avtoritet, kelishish, bo‘ysunish, hamkorlik va boshqalar bo‘lib, konflikt o‘zining alohida o‘rniga ega. Konflikt ijtimoiy hamkorlikka olib keladi, muayyan ijtimoiy tuzilmalar xarakterini belgilaydi, ularni tashkil etish tamoyillari va normalarini mustahkamlaydi.
G.Zemmelning nazariy qarashlarini XX asrning 20-yillarida CHikago maktabining yirik vakillari Robert Park (1864-1944), Ernst Berdjess (1886-1966), Albion Smoll (1854-1926)lar qo‘llab-quvvatlaganlar. Ular ijtimoiy jarayonlarning rivojlanishiga ta’­sir etuvchi omillarning o‘zaro bog‘liq 4 ta tipini, ya’ni, musobaqa­lar, konflikt, moslashish va assimilyasiyalarni ko‘rsatib o‘tganlar. Konfliktlar ijtimoiy o‘zaro ta’sirning ushbu tiplari orasida markaziy o‘rinni egallaydi, musobaqadan moslashishga va assimilya­siyaga o‘tish rolini bajaradilar, shu tarzda ijtimoiy o‘zgarishlar­ning muhim manbai hisoblanadilar. Sotsiologiyaning amaliy maqsa­di - konfliktlarni hamkorlikka aylanishiga yordam qilish, jiti­moiy guruhlar o‘rtasidagi uyg‘un munosabatlarga ta’sir etishdir.
XX asrning birinchi yarmida fanda yana bir yo‘nalish shakllandi­ki, uning vakillari V.Pareto, G.Moski, J.Sorel, F.Oppengeymer, A.Bentli kabilar jamiyat hayotida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar va konfliktlarni o‘rganish zarurligiga e’tiborni qaratdilar.
Italiyalik tadqiqotchi Vilfredo Paretoning (1848-1923) fikricha, elitalarning almashib turishi va ular o‘rtasidagi kurash jamiyatning mohiyatini tashkil etadi. Ko‘p sonli va turli konflіkt­lar jamiyatning rivojlanish jarayoni bilan bog‘liq holda muntazam ro‘y beradi, biroq, ularning roli va ahamiyati hukmron elita rivoj­lanishining muayyan bosqichiga bog‘liq. Ular dinamik muvozanatni ta’minlab, siyosiy tizimning barqarorligiga xizmat qilishlari mumkin, biroq, revolyusion xarakterdagi tub o‘zgarishlarga ham olib kelishlari mumkin, bunda elitalarning hukmronligi almashishi ro‘y beradi.
Italiyalik yurist Gaetano Moski (1858-1941) jamiyatni ikki sinfga: barcha davlat funksiyalarini o‘z qo‘liga oluvchi va shu bois imtiyozlarga ega hukmron “siyosiy sinf”ga hamda uyushmagan kupchi­likni tashkil etuvchi boshqariluvchi sinfga bo‘linishini abadiy deb hisoblagan. Haqiqiy hokimiyat doimo “siyosiy sinf” qo‘lida bo‘lgan. Xalq hokimiyatchiligi, haqiqiy demokratiya va sotsializm jamiyat qonunlari va inson tabiati bilan sig‘ishmaydigan utopiyadir. Hokimiyat hech qachon xalq hokimiyati bo‘lmagan, eng yaxshi holatda faqat xalq manfaatlariga xizmat qilishi mumkin.
U hukmron elita qo‘lida muhim qurol bo‘la oladigan, vaqti etib hukmron sinfni mulkiy asosda emas, balki aql, qobiliyatlari, ma’lumoti, xizmat ko‘rsatish xususiyatlari asosida shakllanishini, hokimiyat tepasida shunga loyiqlar bo‘lishini ta’minlay oladigan “ilmiy siyosat“ni ishlab chiqishga intilgan. Bu davrgacha tarix sinflar kurashidan iborat bo‘lib qolaveradi, bunda zo‘rlik va konfliktlar ijtimoiy barqarorlik va ijtimoiy o‘zgarishlar jarayonida muhim rol o‘ynaydi.
Fransuz faylasufi Jorj Sorel (1847-1922) ijtimoiy taraqqiyot jarayonida muhim o‘rinni siyosiy kurashga va zo‘rlikka ajratgan. U zo‘rlikni boshqaruvning boshlang‘ich asosiy shakli va tarixning eng oliy ijodiy asosi, deb hisoblagan.
Konfliktlarning siyosiy konsepsiyasini bir muncha boshqa tipi germaniyalik Frans Oppengeymer (1864-1943) tomonidan ishlab chiqildi. Uni ko‘proq davlatning kelib chiqishi masalalari va unda kechadigan ijtimoiy jarayonlar xususiyatlari qiziqtirgan. Uning fikricha, davlatning vujudga kelishida iqtisodiy sabablar hal qiluvchi rol o‘ynamagan. U davlatni - “bir guruh kishilar – bosqin­chilar tomonidan boshqa guruh kishilarga - bosib olinganlarga nis­batan zo‘rlik bilan qo‘llanilgan huquqiy institut”, deb tushungan. U sinflar va davlatning kelib chiqishini ichki ijtimoiy va iqti­sodiy rivojlanish omillari bilan tushuntiruvchi nazariyani keskin tanqid qilib, ularni “nazariya va amaliyotdagi barcha ijtimoiy illatlarning manbai”, deb e’lon qilgan. Davlat faqat odamlarni bo‘ysundirish va qullikka solish yo‘li bilan vujudga kelishi mum­kin. SHu vaqtdan boshlab sinflar o‘rtasidagi munosabatlar mohiyati o‘zgarmay qolaveradi. Faqat ekspluatatsiya shakllari - jismoniy zo‘rlikdan to iqtisodiy va siyosiy majburlovga qadar o‘zgaradi.
SHunday qilib, XIX-XX asrlar arafasida ijtimoiy taraqqiyot­ning ijtimoiy-siyosiy va huquqiy konsepsiyalarida konflikt muammosiga bo‘lgan nazariy qiziqish yaqqol ko‘rinadi. Uning tahlili asosan ijtimoiy darvinizm va marksizm, g‘arb sotsiologiyasi, siyosatshunosligi va yurisprudensiyalarining metodologik qoidalari asosida amalga oshirilgan. Mazkur ilmiy yo‘nalishlarning metodo­logik xususiyatlari muayyan darajada konflikt kabi murakkab hodi­saning mohiyatiga kirib borishdagi ham kuchli, ham zaif tomonlari bilan belgilanadi. Bu davr ijtimoiy taraqqiyot nazariyalarida bil­dirilgan asosiy g‘oyalar haqida so‘z yuritganda umumiylik xususiya­tiga ega bo‘lgan va konfliktning hozirgi zamon konsepsіya­lari uchun o‘z dolzarbligini saqlagan g‘oyalarni ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir, ya’ni :
1) konfliktni odatdagi ijtimoiy voqelik ekanligiga qat’iy ishonish. Inson va jamiyat tabiatining o‘ziga ko‘pgina va turli konfliktli vaziyatlarni muqarrar tarzda yuzaga keltiruvchi biologik, ruhiy, ijtimoiy, siyosiy va boshqa qator omillar xosdir;
2) konfliktlar ijtimoiy taraqqiyot jarayonida qator ijobiy funksiyalarni bajaradilar. Ular jamiyat hayotining umumiy taraq­qiyotini ta’minlaydilar, ijtimoiy tuzilmalar birligini saqlash­ga, umumahamiyatli normalar va ijtimoiy qadriyatlarning qaror topishiga yordam qiladilar;
3) ijtimoiy taraqqiyotning konfliktli vaziyati bilan bu ho­latni yuzaga keltirgan ijtimoiy tuzilma tipi o‘rtasidagi bog‘liqlik va aloqadorlik tushuniladi, ya’ni, tuzilmaviy konflikt holati aniqlanadi;
4) hukmron ozchilik bilan boshqariladigan tobe ko‘pchilik o‘rta­sidagi qarama-qarshilik muqarrar va abadiy hodisa bo‘lib, uning har qanday kelishmovchiliklar, kolliziyalar, konfliktlarni yuzaga keltirishi haqidagi tezis ilgari suriladi;
5) jamiyat hayotining iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy sohalaridagi o‘zgarishlar bilan bu o‘zgarishlar natijasida vujudga keladigan konfliktli vaziyatlar o‘rtasidagi aloqa va o‘zaro bog‘liqlik mavjudligi, ya’ni, funksional konflikt holati aniqlanadi;
6) muayyan ijtimoiy muvozanatni yaratuvchi konfliktlar yorda­mida turli ijtimoiy guruhlarning bir xil bo‘lmagan manfaatlari o‘zaro tenglashtirilgan vaqtda ijtimoiy taraqqiyot jarayonidagi dinamik muvozanat holati tadqiq etiladi.
Konfliktlar haqidagi hozirgi zamon konsepsiyalari
Eng yangi davrga kelib konfliktlar nazariyasi yanada rivojlan­tirildi. Konfliktlarni tadqiq qilishning nazariy jihatlarini ishlab chiqishda amerikalik sotsiolog Tolkott Parsons (1902-1979) tomonidan asoslantirilgan tashkilotning tuzilmaviy funksional modeli muhim o‘rin egallaydi. U jamiyatga insonlar o‘rtasidagi munosabatlar tizimi, normalar va qadriyatlarga uni bog‘lovchi bo‘g‘in, deb qaragan. U quyidagi qoidalarga amal qilgan: a) har qanday ijtimoiy tizim nisbatan barqaror, doimiy va yaxshi tashkil etilgan tuzilmadan iborat; b) bu tizimning har bir elementi muayyan funksiyani bajarishi bilan tizim barqarorligini saqlashga o‘z ulushini qo‘shadi; v) bu ijtimoiy tuzilmaning amal qilishi zarur barqarorlik va hamkorlikni ta’minlovchi jamiyat a’zolarining qo‘llab-quvvatlashiga asoslanadi.
Parsonsning fikricha, ijtimoiy harakatning me’yoriy kompo­nenti quyidagi to‘rtta darajada namoyon bo‘ladi: organizm, shaxs, ijtimoiy tizim, madaniyat. Konfliktning bo‘lishi ijtimoiylashuv jarayonining o‘zida mavjud, bunda inson nafaqat ijtimoiy tizim­ning namoyon bo‘lish usullariga, shuningdek, tegishli madaniyatning me’yorlari va qadriyatlariga ham jalb qilinadi. Ijtimoiylashuv jarayonida organizmning ichki fiziologik ehtiyojlari bilan inson­ning ijtimoiy munosabatlardagi ehtiyojlari o‘rtasida shakllanadi­gan nomuvofiqlik, muayyan tanglik konfliktga aylanishi mumkin. Bunda ijtimoiy tizimning ichki qarama-qarshiligini, ya’ni, konfliktlarni vujudga kelishining realligini tan olinishi juda muhim. Umuman olganda, Parsons tizim elementlari o‘rtasidagi konfliktsiz, “uyg‘un” munosabatlar tarafdori bo‘lgan. U konfliktni ijtimoiy anomaliya, o‘ziga xos kasallik va uni engish zarur, deb hisoblagan.
Ijtimoiy konflikt tabiatiga nisbatan Parsons tomonidan bildirilgan nuqtai nazar XX asrning 30-40-yillarida “kishilar munosabatlari” maktabi vakillari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Ular ham sanoati rivojlangan mamlakatlar qurishi kerak bo‘lgan jamiyatning tabiiy holati uyg‘unlik va ijtimoiy konsensus holati bo‘lishi lozim, deb hisoblaganlar.
Ushbu maktabning yirik vakili Garvard universiteti profes­sori Elton Meyo (1880-1949) “hozirgi zamonning bosh muammosi” bo‘lgan “sanoatda tinchlik”ni o‘rnatishga yordam qilish zarur, deb ta’kidlagan. U konfliktni xavfli “ijtimoiy illat”, deb bilgan. Undan iloji boricha qochish “ijtimoiy muvozanat”ga va “hamkorlik holati”ga intilish kerak.
Turli mamlakatlar olimlari hech bir nuqsonsiz faoliyat ko‘rsa­tadigan va boshqariladigan tashkilotlarda ham konfliktlar paydo bo‘lishiga e’tibor qaratganlar. Bu holat barqaror konsensusni ta’minlashga qodir qandaydir ijtimoiy tizim modeli borligiga shubhalanishga olib keldi. SHu bilan birga, konfliktlarga o‘sib o‘tuvchi ijtimoiy ziddiyatlarning tabiiy muqarrarligi va qonuniy xarakter kasb etishini hisobga olish zarurligini tushunish ham mustahkamlanib bordi. Natijada, XX asrning 50-yillarida AQSH, Germaniya, Fransiya va qator g‘arb mamlakatlarida konfliktning hozirgi zamon konsepsiyalari shakllandi va keng tarqaldi.
Amerikalik tadqiqotchi Lyuis Kozer 1956 yilda nashr qilgan “Ijtimoiy konflikt funksiyalari” nomli kitobida konfliktli munosabatlarsiz ijtimoiy guruhlar mavjud bo‘lmasligini hamda ijtimoiy tizimlarning amal qilishi va almashinishida konflіkt­larning ijobiy amaliy ahamiyat kasb etishini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatib o‘tadi. Uning fikricha, butun jamiyatning barqarorligi unda mavjud konfliktli munosabatlarning miqdoriga va ular o‘rtasidagi aloqalar tipiga bog‘liq.
L.Kozerning ijobiy-funksional konflikt nazariyasining mohiyati shundaki, konfliktlar jamiyat uchun begona, anomal hodisa emas, ular ijtimoiy tizim ichki holatining, undagi alohida shaxslar va ijtimoiy guruhlar o‘rtasidagi odatiy munosabatlarning elementi, mahsulidir. Uning fikricha, konfliktlar muhim funksіya­larni bajaradilar, ular vaqti-vaqti bilan jamiyatdagi tarang va­ziyatni yumshatish, alohida shaxslar va ijtimoiy guruhlar o‘rtasi­dagi ziddiyatlar va kolliziyalarni hal etish usuli sifatida zarurdir.
Nemis sotsiologi Ralf Darendorf jamiyatning konfliktli modeli konsepsiyasini ishlab chiqqan. Uning 1965 yilda chop etilgan “Sinfiy tuzilma va sinfiy konflikt” asarida har bir jamiyat hukmronlikka, majburlash va bo‘ysunishga asoslangan, deb e’tirof etiladi. Qarama-qarshiliklar, konfliktlarning bo‘lishiga sabab faqat odamlarning ijtimoiy notenglikka mahkumligi emas, shu bilan birga, hokimiyat, shon-shuhrat, avtoritet uchun bo‘lgan kurash, boshqaruv munosabatlaridagi noteng mavqega ega bo‘lishdir, bunda bir xil odamlar faqat buyruq berish huquqiga, boshqa odamlar bu buyruqlarni bajarishga va bo‘ysunishga majburdirlar.
Darendorf konfliktlarni ijtimoiy hayotda bartaraf etib bo‘lmaydigan va har qanday ierarxik tizimga xos xususiyat, deb hisoblaydi. Biroq, odamlar konfliktlarni tartibga solish imko­niyatiga egadirlar. Buning uchun uchta shartning bo‘lishi zarur: birinchidan, konfliktlashuvchilarning tafovutlanishini va qarama-qarshiligini tan olish; ikkinchidan, taraflarning, shu jumladan, jamiyatning uyushganlik darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, bitimga kelishish shuncha engil bo‘ladi; uchinchidan, konfliktda ishtirok etuvchi taraflar o‘rtasidagi munosabatlarni saqlashga olib keluvchi muayyan qoidalarning o‘zaro maqbulligi.
Konfliktlarning umumiy nazariyasi, deb nomlangan konsept­siyaga amerikalik sotsiolog va iqtisodchi Kennet Boulding asos solgan. U ham konfliktlar hamma erda uchrashi, odamlar o‘ziga o‘xsha­ganlarga nisbatan doimiy dushmanlik qilishga va kurash olib borishga intilishlarini ko‘rsatib, zo‘rlik ishlatish eskalatsiyasi inson tabiatida yotadi, deb bilgan. SHu bilan birga, konfliktlar umumiy xususiyatlar bilan paydo bo‘ladi va rivojlanadi, yagona elementlar orqali namoyon baladi, deb ko‘rsatgan hamda ularni ijtimoiy sharoitlardan ajratib bo‘lmasligini, ularning oldini olish va engish mumkinligini ta’kidlagan. Bouldingning fikricha, konfliktlarni barham toptirishga qaratilgan “ijtimoiy terapiya” asosini uchta narsa tashkil qiladi: yuzaga keluvchi qarama-qarshilik­lar sababini tushunish; ularni tugatishning kelishilgan usullarini oqilona tanlash; insonlarning ma’naviy takomillashuvi.
Konfliktning hozirgi zamon konsepsiyalarida kishilarning har qanday harakatlari, shu jumladan, konfliktli harakatlari ham ijtimoiy mohiyat kasb etishi, ularning u yoki bu darajada ijtimoiy muhit bilan bog‘liqligi haqida fikr mavjud. Konfliktni, uning sababini, namoyon bo‘lish sohasi va shaklini, tartibga solish usulini faqatgina jamiyat, ayniqsa, inson tabiatini, ijtimoiy munosabat­lar mohiyatini va insonlarning o‘zaro munosabatlarga kirishish qonuniyatlarini chuqur anglash asosida tushunish mumkin.
“Inson” mezoni, inson mohiyati, uning jamiyatda tutgan o‘rni va ijtimoiy tayinlanishi haqidagi masalalar hozirda ham konflіkt­larni tushunishda belgilovchi muhim asosdir.
Hozirgi zamon konflikt tadqiqotlarida ikkita asosiy yo‘nalish uzil-kesil shakllangan. Birinchi yo‘nalish Farbiy Evropada (Fransiya, Gollandiya, Italiya, Ispaniya) keng tarqalgan bo‘lib, u konfliktlarni o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi institutlar faoliyati bilan bog‘liq. Ik­kinchi yo‘nalish AQSHda keng tarqalgan bo‘lib, tinchlik muammolarini tadqiq etuvchi institutlar faoliyati bilan bog‘liq. Ushbu іnstitut­larning maqsadlari bir-biriga juda o‘xshash, biroq ularga turli metodologik yondashuvlar asosida erishiladi. Bir xil tadqiqotlarda g‘alabaga erishish yo‘llari haqida fikrlar birlamchi ahamiyatga ega, ya’ni: “Tinchlikni xohlasang, urushni o‘rgan”. Tinchlikni tadqiq qiluvchi institutlar xodimlari tinchlik va kelishuv muammolariga birinchi darajali ahamiyat beradilar. Bugungi kunda konfliktlar va ularni hal qilish yo‘llariga bo‘lgan umumiy qiziqishning ortishi shu darajaga etdiki, hatto siyosiy fanlar Xalqaro assotsiatsiyasining Butun jahon kongressi (Seul,1997) aynan mazkur masalaga bag‘ishlandi.
Sobiq Sovet Ittifoqida ijtimoiy konflikt muammolari uzoq yillar davomida ijtimoiy fanlar uchun yopiq mavzu bo‘lib kelgan. Garchi turli darajadagi konfliktlarning muayyan turlarini huquqiy fanlar an’anaviy tarzda o‘rgangan bo‘lsalarda (xalqaro huquq - davlatlar o‘rtasidagi konfliktlarni, fuqarolik huquqi – mulkiy nizolarni, jinoyat huquqi – jinoiy vaziyatlarni), konfliktologiya fan sifatida rivojlanmagan.

Download 1,28 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   45




Download 1,28 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



) konfliktlar jamiyatning birlashuviga yordam qiladi

Download 1,28 Mb.