4-Mavzu : Shaxslararo konfiliktlar
Reja:
1. Shaxslararo konflikt tushunchasi va turlari, sabab va oqibatlari
2. Shaxslararo konfliktlarni aniqlashning uslub va shartlari
3. Shaxslararo konfliktlarni yechilishi
Jamiyatimiz keng qamrovchi bo’lib u yerda turli xil xarakterdagi shaxslarni uchratishimiz mumkin. Shaxslararo konfliktlar albatta faoliyat turlarida namayon bo’ladi. Masalan guruh misolida ko’ramiz. Tasavvur qiling bir guruhda iqtidorli talantli shaxslarimiz bor. Ular har bir mazmuni yaxshi o’zlashtirib mustaqil fikrlarini bildira oladilar, fikr doiralari keng bo’lganligi sababli u shaxslar o’rtasida to’qnashuv, majoro kelishmovchilik, konfliktlar yuzaga keladi. Har bir guruh a’zosi o’z fikrini to’hriligini isbotlay oladilar bunday holatlarda konfliktni boshqarish o’qituvchi tomonidan bartaraf etiladi. Har bir sohada shaxslar o’rtasida konfliktlarni ko’rishimiz mumkin. SHaxslar o’z ustidan ishlasa, fikrini isbotlay oladimi, ular konfliktlarni yechimini ham topadilar.
Muloqot Psixologik konfliktlarning yechish va boshqarish usullari. Muloqotdagi ziddiyat shakllari turlichadir. Masalan yuzma-yuz yoki texnik vositalar (telefon telegraf va shunga o’xshash vositalar) bilan amalga oshiriliadi. Oilada konflikt muloqot ayrim a’zolari o’rtasida bo’lishi mumkin.
O’zaro munosabatlarga kirishilganda konfliktni yuzaga kelishimosligini asosiy sabablari, o’zaro til topishish, bir-birini tushunishdir. Bu jarayonning murakkabligi, kerak bo’lsa, o’zaro til topishishi bir-birini tushuna olish lozim.
Har qanday faoliyatdan zerikish, garchan mumkin, faqat odam muloqotdan ayniqsa, uning norasmiy,samimiy, bevosita shaklidan charchamaydi, yaxshi suhbatdoshlar doimo ma’naviy jihatdan rag’batlantiriladilar. Aslida har bir insonning ijtimoiy tajribasi, uning insoniy, qiyofasi, fazilatlari, hattoki nuqsonlari ham muloqot jarayonlarining mahsulidir. Har qanday muloqotlarning elemintar funktsiyasi suhbatdoshilarning o’zaro bir-birini tushunishlarini ta’minlashdir. Psixologik konfliktlarni oldini olishda gaplashayotgan odamlar biri gapiradi, ikkinchisi tenglaydi, eshitadi. Muloqotning samaradorligi ana shu ikki qirraning qanchalik o’zaro mosligi, bir-birini to’ldirishga bog’liq ekan noto’g’ri tasavvurlardan bir shuki, odamni muomola yoki muloqatga o’rgatganda, uni faqat gapirishga, mantiqan asoslangan so’zlardan foydalanib ta’sirchan gapirishcha o’rgatishadi. Uning ikkinchi tomoni-tinglash qobiliyatiga diyarli e’tibor berilmaydi. Mashhur amerikalik notiq, psixolog Deyl Karnechi “yaxshi suhbatdan –yaxshi gapirishni biladigan emas, balki yaxshi gapirishni biladigan esas, balki yaxshi tinglashni biladigan suhbatdoshdir” deganda aynan shu qobiliyatlarning insonlarda rivojlangan bo’lishini nazarda tutgan edi. Psixologik muloqot-O’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi o’zaro munosabatiga aytiladi. Pedagoglik jarayondagi aloqalar tizimida o’qituvchi bilan o’quvchi o’rtasidagi muomola –munosabatlar katta o’rin egallaydi.
O’qituvchi hayotga endigina kirib kelayotgan, barkamol shaxs sifatida shakllanayotgan insonlar-yosh bolalar bilan muloqotda bo’ladi. O’qituvchining biror tasodifiy xatti-harakati natijasida o’quvchilarda u haqda sodir bo’lgan fikr ham ta’lim-tarbiya jarayoniga salbiy ta’sir etishi, o’qituvchining ishini murakkablashtirishi mumkin. Odatda, bunday ziddiyatlar uzoq davom etadi va o’qituvchi foydasiga hal etiladi. O’qituvchi obro’sini saqlayman deb, kattalar ba’zan o’quvchining qadr-qimmatini yerga uradilar, o’quvchidan kechirim surashni talab etadilar, vaholanki bu nizoga o’qituvchining noto’g’ri hatti-harakati sabab bo’lgan. O’qituvchining ishi axloqiy tarbiya talablariga to’g’ri kelmaydi. Bolalar bilan muomola va munosabatlarda ularning har biriga alohida yondashishish lozim. Agar o’qituvchi va o’quvchi bir-birini tinglasa, o’z-o’ziga ham tarbiyalaydi. Demak, tinglash jarayoni ko’pchilik tasavvur qilgani kabi unchalik passiv jarayon esa. Tinglash qobiliyati gapiruvchini ilhomlantiradi, uni ruhlantiradi, yangi fikrlar g’oyalarning shakllanishiga imkoniyat yaratadi. SHuning uchun ma’ruzachi professorning har bir chiqishi va ma’ruzasi agar talabalar tomonidan diqqat bilan tinglasa, bu Psixologik muloqotdan ikkala tomon ham teng yutadi.
Psixologik oliy ta’lim va Psixologik ilmiy tadqiqotlar sohasida SHarq va Yevropa mamlakatlari bilan aloqa o’rnatish Xorijiy mamalakatlari bilan hamkorlik kontsentsiyasiga quyidagilar keradi:
- xorijiy mamlakatlardagi Psixologik o’quv va ilmiy tadqiqot markazlari bilan aloqa o’rnatish.
- Psixologik muommolarni tadqiq qilishda hamkorlikni yo’lga qo’yish.
- o’qituvchilar aspirantlar, doktoratlarni ilmiy va Psixologik faoliyatga tayyorlash sohasida hamkorlik qilish.
- Psixologik muammolar bo’yicha halqalararo seminarlar, konferintsiyalar o’tkazish.
- Psixologik ta’lim va Psixologiya fni sohasida informatsiyalar almashshish, maktablar, Psixologiya o’quv yurtlarining o’quv rejalari, o’quv dasturlari, darsliklar metodik qo’llanmalarni o’zaro almashishi. Psixologik konfliktologiya metodikasi o’qituvchi madaniyatini rivojlantiradi. Metodika o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi ziddiyatlarni hal etishda foydalaniladi.
Ta’limni insonparvarlashtirishning asosiy yo’nalishlari ta’lim oluvchilarning qobiliyat va ite’dodlarini har tomonlama ochmi va milliy umumbashariy g’oyalar hamda qadriyatlarni singdirish shaxs jamiyat va atrof munosabatlarini yo’g’unlashtirish, o’quvchi va o’qituvchi o’rtasidagi aloqa sermazmun an’ana “ustoz-shogird” munosabatlarini yaxshilashdan iboratdir.
Demokratlashtirish jarayoni ta’lim muassasalarida o’zini-o’zi boshqarish shaklida o’tishini faollashtirishni o’quv yurtlarini va ta’lim tarbiya uslublarini toplashda mumtaqillikni kengaytirishni taqozo qiladi. Bu yo’nalishda jamoatchilik tashkilotlarniayniqsa,yoshlar va bolalar tarbiyasi bilan bog’liq muassasalarni roli ko’chaytirib borish talab qilinadi. Maktablar, litseylar va oliy ta’lim muassalaridagi ta’lim jarayonni tashkil etishga ilg’or o’quv dasturlari marosimlar, bayram tadbirlarini urf odatlarini pedagoglar yangi munosabatlarni singdirib borishi lozim bo’ladi.
Bolalarga oliy janob munosabat.
Insondagi eng yaxshi, olijanob fazilatlarni biri samimiylikdir.deyarli kun ora ishlatiladigan bu so’zning ma’nosiga ko’pincha e’tibor bermaymiz. Aslida arab tilida o’zlashtirilgan samimiyat, samimiy so’zlarini o’zbekchaga o’chirganimizda “boshqalar gapini tinglaydigan hamfikr bo’la oladigan,habardor” degan ma’nolar chiqadi. Odob axloqning yaxshilik deb nomlanuvchi biri bo’lgan samimiylik katta tushancha.
Samimiyat kishilarning o’zaro munosabat va muloqatida yuza chiqadi. Har kuni qanchadan qancha odamlar bir-birlari bilan muloqatda bo’ladilar.
Ochiq ko’ngililik bilan beg’araz chin yurakdan moomolalikka nima yetsin. Oliy janob insonlar kattayu-kichikka barobar, ular kunglini olishga intiladi., haqiqatni yoqlaydi, ma’rifatga intiladi, o’zini xurmat qiladi. Bolalar bilan munosabat jarayonida biz to’g’ri so’zlik, oq ko’ngillilik, bag’rikenglik, bilimlilik, beg’arazliliklaridan foydalansak biz tarbiya berayotgan yosh avlodda oliy fazilatlar shakllanib boradi. Bolalarga yaxshilik qilish,fazilatini,salomlashni, kattalarga xurmatni, kichiklarga izzitni, mehr-muhabbat tuyg’ularini shakllatirib borishimiz lozim.
Ota-bobolarimiz doimo yaxshi niyat, yaxshi orzu-istaklar bilan yashaganlar o’zlaridan yaxshi farzandlar, yaxshi shogirdlar, yaxshi shoirlar, yaxshi nom qoldirishga harakat qilganlar. Yaxshi xulqqa ega bo’lgan kishilirgina odamlarga yaxshilik qila oladilar. Bolalarga oliy janob munosabatlarni: vatanni sevmoq, diyonat, matonat,savob, shijoat, sabr, vijdon, hayo, iffat, sadoqat, do’stlik, kamtarlik, lafz, mardlik, odamiylik, mehnat sevarlik, rostgapirish, to’g’ri so’zlik kabi fazilatlarni ta’lim-tarbiya jarayonida ularni ongiga singdirib borishimiz biz pedagog va ota-onalarini burchimizdir.
Majburlamagan holda o’qish bizga ma’lumki, ta’lim albatta ta’limni muassasalaridaolibboriladi. Ta’lim muassasalariga:
-maktabgachcha ta’lim muassasalari
- umumiy o’rta ta’lim maktablari
- kasb-hunar kolleji va akademik litseylar
-oliy o’quv yurtlari
-maktabdan tashqari ta’lim muassasalari.
Majburlanmagan holda o’qitishi o’quvchi ixtiyori bilan o’qituvchi hamkorligida olib boriladi. Majburlanmagan holda o’qitish iqtidorli, talantli o’quvchilar o’z hohlagan fanlarini yanada yaxshi o’zlashtirishi uchun, kasb yo’nalishlariga qarab fanlarni to’garaklarda darsdan keiyngi amaliy mashg’ulotlarda davom ettiradilar.
Hozirgi kunda yoshda ko’proq ta’lim muassasalaridagi dars mashg’ulotlari to’gaganidan so’ng o’zlari qiziqchan mashg’ulotlar bilan shug’ullanadilar. Bularga: kompyuter mashg’ulotlari, o’g’il bolalar ko’proq sport to’garaklariga, duradgorlik, qiz bolalar pazandachilik, zardo’stlik, tikuvchilik, mashg’ulotlariga ixtiyoriy ravishda qatnashadilar.
Auditoriya mashg’ulotlarida dars o’qituvchi tomonidan talabalarga mukammal tarzda yetkazib berilsa, o’qituvchi talabalarni o’ziga jalb qilolsa, o’quvchilarda fanga nisbatan qiziqio’ vujudga keladi. Va o’quvchilar fanni ixtiyoriy tarzda o’zlashtiradi.
O’quvchilar o’zlari qiziqqan fanlari yuzasida to’garak mashg’ulotlariga qatnashib, fanni yanada chuqurroq o’rganib o’z sohasining yetuk mutaxassisi bo’lishiga intiladilar
|