• 5-Mavzu : Ijtimoiy tizimning turli sohalarida uchraydigan konfiliktlar Reja: 1. Shaslararo konfliktlarning o`ziga xosligi.Oiladagi shaxslararo konfliktlar
  • Nizolarni bartaraf etish usullar




    Download 1,28 Mb.
    bet11/45
    Sana22.11.2023
    Hajmi1,28 Mb.
    #103672
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   45
    Bog'liq
    37255 Ijtimoiy Psixologiya majmua qisqargan

    Nizolarni bartaraf etish usullar
    Nizolarning oldini olish yoki u paydo bo’lgan bo’lsa, bartaraf etish uchun uning kelib chiqish sababini, asosiy aybdorlarni yoki ob’ektiv sabablarni aniqlash lozim. Mutaxassislar nizolarni bartaarf etishning ko’plab usullari va yo’llari borasida tavsiyalar ishlab chiqqanlar. Masalan, X. Kornelius va SH. Feyerlar uni xal qilish uchun nizo xaritasini tuzishni taklif etadi. Unga ko’ra, nizoli vaziyatni aniqlash uchun quyidagilar inobatga olinishi lozim:
    1) nizoni keltirib chiqqan muammoning umumiy qirralarini ochish, masalan, agar ishlab chiqarishdagi nizo ish xajmining to’la bajarilmaganligi sababli kelib chiqqan bo’lsa, avvalo ish taqsimoti diagrammasini tuzish kerak;
    2) nizoning asl sababini aniqlash, zero, aynan shu ish odatda eng mushkul ish hisoblanadi;
    3) nizoning haqiqiy ishtirokchilarini aniqlash – alohida shaxsmi, guruhmi yoki uyushmami;
    4) nizoga sabab bo’lgan shaxsiy xohish, istaklar, nizokashlarning aynan nimani istayotganligini aniqlash;
    5) nizoga qadar nizokashlarning o’zaro munosabatlari qanday bo’lganligini bilish;
    6) bevosita nizoda ishtirok etmagan, lekin uning ijobiy xal etilishidan manfaatdor bo’lgan shaxslarning nizoga munosabati.
    Bu kabi strategiya avvalo nizoning chuqurlashib ketmasligi, unga yana ko’plab shaxslarning aralashib ketmasligini ta’minlaydi.
    Tabiiy, mutaxassislar va olimlarni shaxslararo munosabatlar jarayonida turli vaziyatlarda paydo bo’ladigan nizolarni baratarf etish masalasi qiziqtiradi. Rus olim G.N Smirnov turli nizolarni bartaraf etishga imkon beruvchi ikki guruh usullarni taklif etadi – tizimiy hamda shaxslararo.


    5-Mavzu : Ijtimoiy tizimning turli sohalarida uchraydigan konfiliktlar
    Reja:
    1. Shaslararo konfliktlarning o`ziga xosligi.Oiladagi shaxslararo konfliktlar
    2. Pedagogik jarayondagi shaxslararo konfliktlar
    3. Shaxslararo konfliktlar turlari va tipologiyasi.
    Konflikt sub’ektlari va ularning namoyon bo‘lish sohalariga qarab konfliktlarni quyidagi turlarga bo‘lish mumkin: iqtisodiy, siyosiy, millatlararo, turmush, madaniy va ijtimoiy konfliktlar.
    Jamiyatning bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida iqtisodiy konfliktlarning mohiyati va yoyilish darajasi sezilarli darajada o‘zgardi. Negaki, davlat mulkchiligi hukmronlik qilgan va bozor munosabatlari mavjud bo‘lmagan jamiyatda iqtisodiy konfliktlar uchun negiz juda cheklangan va tor bo‘ladi. Bunda Sobiq Ittifoqda ishsizlik, ish tashlashlar, sinflar kurashi bo‘lmagan degan fikrlar targ‘ibot ma’nosida bo‘lmaganligi ma’lum, umumdavlat miqyosida ko‘p yillar davomida iqtisodiy sohada konfliktlar amalda uchramagan yoki juda mahalliy va qisqa muddatli bo‘lgan.
    Bozorga o‘tishda boshqacha manzarani kuzatish mumkin. Mohiyati­ga ko‘ra bozorning o‘zi doimiy konfliktlar uchun maydondir, biroq u raqobat kurashi yoki raqibini siqib chiqarish ko‘rinishida emas, balki, avvalo, dialog, ba’zida sherigini foydali kelishuvga maj­burlovchi turli harakatlar (tahdid solish, shantaj, zo‘rlik) bilan birga ro‘y beradigan savdo bitimlari shaklida yuzaga chiqadi. SHu bilan birga, bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqa kuchli konfliktli vaziyatlar ham yuz beradi: ish tashlashlar, pul muomalasidagi inqi­rozlar va b. Bozor iqtisodi maxsus ishlab chiqilgan qoidalar bilan tartibga solinuvchi, doimo yuzaga keluvchi mehnat konfliktlarini ham taqozo etadi. Garchi mehnat nizolari har qanday ijtimoiy tuzumda mavjud bo‘lsada, ular aynan istagan tovarni (ishchi kuchini ham) oldi-sotdisiga asoslangan bozor iqtisodi uchun ko‘p darajada xosdir.
    Keng ko‘lamdagi iqtisodiy konfliktlarning xususiyati shunda­ki, ularga aholining keng qatlamlari jalb qilinadi. Aviadispet­cherlarning ish tashlashi faqat aviatsiya kompaniyalariga emas, shu­ningdek minglab yo‘lovchilarga ham talluqli. Agar ish tashlash vrach­lar tomonidan amalga oshirilsa, millionlab jabrlanuvchilar paydo bo‘ladi. SHu bois ba’zi turdagi ish tashlashlarni man qilish jamiyat hayotini barqarorlashtirishning muhim vositasi hisoblanadi.
    Siyosiy sohadagi konfliktlar - bu umuman demokratik jamiyat­dagi odatiy voqelikdir. Ularning xususiyati shundaki, ular katta miqyosdagi ijtimoiy hodisalarga, qo‘zg‘olonlarga, ommaviy tartib­sizliklarga, oqibat natijada fuqarolik urushiga aylanishi mumkin. Hozirgi davrdagi ko‘pchilik siyosiy konfliktlar uchun millatlararo jihat xarakterlidir. Deyarli barcha hollarda siyosiy konflikt bir vaqtning o‘zida milliy ham hisoblanadi yoki har qalay uning milliy tomoni bo‘ladi (vatanparvarlik, separatizm yoki diniy harakat).
    Mehnat, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot, ta’lim sohasi­dagi manfaatlar qarama-qarshiligi bilan kechuvchi konfliktlar yuqorida bayon qilingan konfliktlarning ikki turi - iqtisodiy va siyosiy konfliktlar bilan uzviy bog‘liq. Bu konfliktlar bevosita ijtimoiy tuzum tabiatiga bog‘liq emas va ularning ko‘lami unchalik katta emas. Xuddi shunday fikrni kishilar o‘rtasida ularning ish yoki yashash joylarida sodir bo‘ladigan turmush konfliktlariga nisbatan ham bildirish mumkin.
    Konfliktli o‘zaro munosabatlarning aralash variantlari ko‘p uchrab turadi. Masalan, jamoat tashkilotlari (siyosiy partiya, kasaba uyushmasi) bilan davlat organlari o‘rtasidagi konflikt dastlab yuzaga kelganda, xarakterga ega bo‘lmasligi mumkin, biroq keyinchalik huquqiy konfliktga aylanib, u yoki bu qonunchilik normalari (konstitutsiyaviy, ma’muriy, moliyaviy) ta’siriga tushi­shi mumkin. konfliktlarning aralash tiplari fuqarolar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda, ayniqsa, ish joyida yoki turar joyida uzoq davom etuvchi nizolarda uchrab turadi. Masalan, oilaviy janjal sifatida boshlangan konflikt - ma’muriy huquqbuzarlik, hatto jinoyatga (kaltaklash, bezorilik) o‘tishi mumkin. Muassasadagi ma’muriy o‘zaro munosabatlar mehnat, ba’zida huquqning turli sohalari bilan tartibga solinadigan siyosiy konfliktga aylanishi mumkin. Milliy munosabatlar sohasidagi konfliktlar nuqtai nazardan ko‘pincha ko‘p tarmoqli xarakterga ega. Ularga: konstitutsiyaviy, ma’muriy, fuqarolik, jinoiy, protsessual, xalqaro huquq normalari qo‘llaniladi.
    Tegishli huquqiy normalar tabiatiga qarab konflikt­lar tipologiyasiga to‘xtalsak, bunda konflikt sifatida istalgan huquq normasini: vakolat beruvchi, majburiyat yuklovchi yoki man etuvchi normalarni turlicha sharhlash va tushunish yotadi (yoki ularga rioya etmaslik, ularni buzish). Man etuvchi normalar bilan bog‘liq konfliktlar tez-tez bo‘lib turadi. Biroq normaning xarakteri faqat konfliktlar soniga emas, balki, uning sub’ektlariga ham ta’sir qiladi.
    Vakolat beruvchi normada konflikt vakolatli sub’ekt bilan xususiy shaxs - jismoniy yoki shaxs o‘rtasida yuzaga keladi, bunda xususiy shaxsning manfaatlari vakolatli sub’ekt tomonidan buzilgan bo‘ladi yoki shunday bo‘lgan, deb taxmin qilinadi.
    Majburlovchi normani qo‘llash holatida konflikt sub’ektlari doirasi kengroq: u burchli shaxs va davlat o‘rtasida (majburiyat bajarilmagan holda), shuningdek, shu shaxs bilan uning kontragenti o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin. Gap shundaki, majburiyat faqatgina jismoniy va shaxslarnigina bog‘lamaydi, balki davlat ham uning ijrosining kafolati sifatida maydonga chiqadi. Masalan, avtobusdagi nazoratchi o‘z majburiyatini bajarib chiptasiz yo‘lovchi­ni jarimaga tortadi, yo‘lovchi esa jarimadan bosh tortib, janjal­lasha boshlaydi. Agar nazoratchi chiptasiz yo‘lovchi bilan konfliktga kirishishni istamay, uni qo‘yib yuborsa, u avtomatik ravishda davlat bilan bo‘ladigan boshqa konfliktga kiradi.
    Man etuvchi normalarni qo‘llashdagi konfliktlarda tegishli jismoniy yoki shaxs bu normalarni buzadi. Bunga atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi huquqbuzarliklar misol bo‘ladi. Bunday tipologiyaga huquqni qo‘llovchi yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimi bo‘yicha konfliktlarni tasniflash yaqin turadi. Bu tasnif konfliktli vaziyat vujudga kelgan holda bu organlarning kompetensiyasi haqida tasavvur hosil qilish uchun qulay. Bu kompetensiya huquqni muhofaza qiluvchi organlarga nisbatan etarli darajada aniq belgilangan bo‘ladi (sud, arbitraj, prokuratura, militsiya va b.).
    Konfliktlarni organlar tizimi bo‘yicha tasniflash hammadan ham fuqarolar uchun foydali, chunki ular turli nizoli masalalarni hal etish uchun qaerga murojaat etishlari to‘g‘risida aniq ma’lumotga ega bo‘lishlari kerak.
    Jamiyatimiz keng qamrovchi bo’lib u yerda turli xil xarakterdagi shaxslarni uchratishimiz mumkin. SHaxslararo konfliktlar albatta faoliyat turlarida namayon bo’ladi. Masalan guruh misolida ko’ramiz. Tasavvur qiling bir guruhda iqtidorli talantli shaxslarimiz bor. Ular har bir mazmuni yaxshi o’zlashtirib mustaqil fikrlarini bildira oladilar, fikr doiralari keng bo’lganligi sababli u shaxslar o’rtasida to’qnashuv, majoro kelishmovchilik, konfliktlar yuzaga keladi. Har bir guruh a’zosi o’z fikrini to’hriligini isbotlay oladilar bunday holatlarda konfliktni boshqarish o’qituvchi tomonidan bartaraf etiladi. Har bir sohada shaxslar o’rtasida konfliktlarni ko’rishimiz mumkin. SHaxslar o’z ustidan ishlasa, fikrini isbotlay oladimi, ular konfliktlarni yechimini ham topadilar.
    Muloqot Psixologik konfliktlarning yechish va boshqarish usullari. Muloqotdagi ziddiyat shakllari turlichadir. Masalan yuzma-yuz yoki texnik vositalar (telefon telegraf va shunga o’xshash vositalar) bilan amalga oshiriliadi. Oilada konflikt muloqot ayrim a’zolari o’rtasida bo’lishi mumkin.
    O’zaro munosabatlarga kirishilganda konfliktni yuzaga kelishimosligini asosiy sabablari, o’zaro til topishish, bir-birini tushunishdir. Bu jarayonning murakkabligi, kerak bo’lsa, o’zaro til topishishi bir-birini tushuna olish lozim.
    Har qanday faoliyatdan zerikish, garchan mumkin, faqat odam muloqotdan ayniqsa, uning norasmiy,samimiy, bevosita shaklidan charchamaydi, yaxshi suhbatdoshlar doimo ma’naviy jihatdan rag’batlantiriladilar. Aslida har bir insonning ijtimoiy tajribasi, uning insoniy, qiyofasi, fazilatlari, hattoki nuqsonlari ham muloqot jarayonlarining mahsulidir. Har qanday muloqotlarning elemintar funktsiyasi suhbatdoshilarning o’zaro bir-birini tushunishlarini ta’minlashdir. Psixologik konfliktlarni oldini olishda gaplashayotgan odamlar biri gapiradi, ikkinchisi tenglaydi, eshitadi. Muloqotning samaradorligi ana shu ikki qirraning qanchalik o’zaro mosligi, bir-birini to’ldirishga bog’liq ekan noto’g’ri tasavvurlardan bir shuki, odamni muomola yoki muloqatga o’rgatganda, uni faqat gapirishga, mantiqan asoslangan so’zlardan foydalanib ta’sirchan gapirishcha o’rgatishadi. Uning ikkinchi tomoni-tinglash qobiliyatiga diyarli e’tibor berilmaydi. Mashhur amerikalik notiq, psixolog Deyl Karnechi “yaxshi suhbatdan –yaxshi gapirishni biladigan emas, balki yaxshi gapirishni biladigan esas, balki yaxshi tinglashni biladigan suhbatdoshdir” deganda aynan shu qobiliyatlarning insonlarda rivojlangan bo’lishini nazarda tutgan edi. Psixologik muloqot-O’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi o’zaro munosabatiga aytiladi. Pedagoglik jarayondagi aloqalar tizimida o’qituvchi bilan o’quvchi o’rtasidagi muomola –munosabatlar katta o’rin egallaydi.
    O’qituvchi hayotga endigina kirib kelayotgan, barkamol shaxs sifatida shakllanayotgan insonlar-yosh bolalar bilan muloqotda bo’ladi. O’qituvchining biror tasodifiy xatti-harakati natijasida o’quvchilarda u haqda sodir bo’lgan fikr ham ta’lim-tarbiya jarayoniga salbiy ta’sir etishi, o’qituvchining ishini murakkablashtirishi mumkin. Odatda, bunday ziddiyatlar uzoq davom etadi va o’qituvchi foydasiga hal etiladi. O’qituvchi obro’sini saqlayman deb, kattalar ba’zan o’quvchining qadr-qimmatini yerga uradilar, o’quvchidan kechirim surashni talab etadilar, vaholanki bu nizoga o’qituvchining noto’g’ri hatti-harakati sabab bo’lgan. O’qituvchining ishi axloqiy tarbiya talablariga to’g’ri kelmaydi. Bolalar bilan muomola va munosabatlarda ularning har biriga alohida yondashishish lozim. Agar o’qituvchi va o’quvchi bir-birini tinglasa, o’z-o’ziga ham tarbiyalaydi. Demak, tinglash jarayoni ko’pchilik tasavvur qilgani kabi unchalik passiv jarayon esa. Tinglash qobiliyati gapiruvchini ilhomlantiradi, uni ruhlantiradi, yangi fikrlar g’oyalarning shakllanishiga imkoniyat yaratadi. SHuning uchun ma’ruzachi professorning har bir chiqishi va ma’ruzasi agar talabalar tomonidan diqqat bilan tinglasa, bu Psixologik muloqotdan ikkala tomon ham teng yutadi.

    Psixologik oliy ta’lim va Psixologik ilmiy tadqiqotlar sohasida SHarq va Yevropa mamlakatlari bilan aloqa o’rnatish Xorijiy mamalakatlari bilan hamkorlik kontsentsiyasiga quyidagilar keradi:


    - xorijiy mamlakatlardagi Psixologik o’quv va ilmiy tadqiqot markazlari bilan aloqa o’rnatish.
    - Psixologik muommolarni tadqiq qilishda hamkorlikni yo’lga qo’yish.
    - o’qituvchilar aspirantlar, doktoratlarni ilmiy va Psixologik faoliyatga tayyorlash sohasida hamkorlik qilish.
    - Psixologik muammolar bo’yicha halqalararo seminarlar, konferintsiyalar o’tkazish.
    - Psixologik ta’lim va Psixologiya fni sohasida informatsiyalar almashshish, maktablar, Psixologiya o’quv yurtlarining o’quv rejalari, o’quv dasturlari, darsliklar metodik qo’llanmalarni o’zaro almashishi. Psixologik konfliktologiya metodikasi o’qituvchi madaniyatini rivojlantiradi. Metodika o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi ziddiyatlarni hal etishda foydalaniladi.
    Ta’limni insonparvarlashtirishning asosiy yo’nalishlari ta’lim oluvchilarning qobiliyat va ite’dodlarini har tomonlama ochmi va milliy umumbashariy g’oyalar hamda qadriyatlarni singdirish shaxs jamiyat va atrof munosabatlarini yo’g’unlashtirish, o’quvchi va o’qituvchi o’rtasidagi aloqa sermazmun an’ana “ustoz-shogird” munosabatlarini yaxshilashdan iboratdir.
    Demokratlashtirish jarayoni ta’lim muassasalarida o’zini-o’zi boshqarish shaklida o’tishini faollashtirishni o’quv yurtlarini va ta’lim tarbiya uslublarini toplashda mumtaqillikni kengaytirishni taqozo qiladi. Bu yo’nalishda jamoatchilik tashkilotlarniayniqsa,yoshlar va bolalar tarbiyasi bilan bog’liq muassasalarni roli ko’chaytirib borish talab qilinadi. Maktablar, litseylar va oliy ta’lim muassalaridagi ta’lim jarayonni tashkil etishga ilg’or o’quv dasturlari marosimlar, bayram tadbirlarini urf odatlarini pedagoglar yangi munosabatlarni singdirib borishi lozim bo’ladi.
    Bolalarga oliy janob munosabat.
    Insondagi eng yaxshi, olijanob fazilatlarni biri samimiylikdir.deyarli kun ora ishlatiladigan bu so’zning ma’nosiga ko’pincha e’tibor bermaymiz. Aslida arab tilida o’zlashtirilgan samimiyat, samimiy so’zlarini o’zbekchaga o’chirganimizda “boshqalar gapini tinglaydigan hamfikr bo’la oladigan,habardor” degan ma’nolar chiqadi. Odob axloqning yaxshilik deb nomlanuvchi biri bo’lgan samimiylik katta tushancha.
    Samimiyat kishilarning o’zaro munosabat va muloqatida yuza chiqadi. Har kuni qanchadan qancha odamlar bir-birlari bilan muloqatda bo’ladilar.
    Ochiq ko’ngililik bilan beg’araz chin yurakdan moomolalikka nima yetsin. Oliy janob insonlar kattayu-kichikka barobar, ular kunglini olishga intiladi., haqiqatni yoqlaydi, ma’rifatga intiladi, o’zini xurmat qiladi. Bolalar bilan munosabat jarayonida biz to’g’ri so’zlik, oq ko’ngillilik, bag’rikenglik, bilimlilik, beg’arazliliklaridan foydalansak biz tarbiya berayotgan yosh avlodda oliy fazilatlar shakllanib boradi. Bolalarga yaxshilik qilish,fazilatini,salomlashni, kattalarga xurmatni, kichiklarga izzitni, mehr-muhabbat tuyg’ularini shakllatirib borishimiz lozim.
    Ota-bobolarimiz doimo yaxshi niyat, yaxshi orzu-istaklar bilan yashaganlar o’zlaridan yaxshi farzandlar, yaxshi shogirdlar, yaxshi shoirlar, yaxshi nom qoldirishga harakat qilganlar. Yaxshi xulqqa ega bo’lgan kishilirgina odamlarga yaxshilik qila oladilar. Bolalarga oliy janob munosabatlarni: vatanni sevmoq, diyonat, matonat,savob, shijoat, sabr, vijdon, hayo, iffat, sadoqat, do’stlik, kamtarlik, lafz, mardlik, odamiylik, mehnat sevarlik, rostgapirish, to’g’ri so’zlik kabi fazilatlarni ta’lim-tarbiya jarayonida ularni ongiga singdirib borishimiz biz pedagog va ota-onalarini burchimizdir.
    Majburlamagan holda o’qish bizga ma’lumki, ta’lim albatta ta’limni muassasalaridaolibboriladi. Ta’lim muassasalariga:
    -maktabgachcha ta’lim muassasalari
    - umumiy o’rta ta’lim maktablari
    - kasb-hunar kolleji va akademik litseylar
    -oliy o’quv yurtlari
    -maktabdan tashqari ta’lim muassasalari.
    Majburlanmagan holda o’qitishi o’quvchi ixtiyori bilan o’qituvchi hamkorligida olib boriladi. Majburlanmagan holda o’qitish iqtidorli, talantli o’quvchilar o’z hohlagan fanlarini yanada yaxshi o’zlashtirishi uchun, kasb yo’nalishlariga qarab fanlarni to’garaklarda darsdan keiyngi amaliy mashg’ulotlarda davom ettiradilar.
    Hozirgi kunda yoshda ko’proq ta’lim muassasalaridagi dars mashg’ulotlari to’gaganidan so’ng o’zlari qiziqchan mashg’ulotlar bilan shug’ullanadilar. Bularga: kompyuter mashg’ulotlari, o’g’il bolalar ko’proq sport to’garaklariga, duradgorlik, qiz bolalar pazandachilik, zardo’stlik, tikuvchilik, mashg’ulotlariga ixtiyoriy ravishda qatnashadilar.
    Auditoriya mashg’ulotlarida dars o’qituvchi tomonidan talabalarga mukammal tarzda yetkazib berilsa, o’qituvchi talabalarni o’ziga jalb qilolsa, o’quvchilarda fanga nisbatan qiziqio’ vujudga keladi. Va o’quvchilar fanni ixtiyoriy tarzda o’zlashtiradi.
    O’quvchilar o’zlari qiziqqan fanlari yuzasida to’garak mashg’ulotlariga qatnashib, fanni yanada chuqurroq o’rganib o’z sohasining yetuk mutaxassisi bo’lishiga intiladilar

    Download 1,28 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   45




    Download 1,28 Mb.